• 12.5. Moyli rafinatlarni chuqur parafinsizlashtirish qurilmasi
  • Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet237/307
    Sana04.01.2024
    Hajmi15,32 Mb.
    #130098
    1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   307
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

    12.2-jadval 
    Distillyatli va qoldiq xom-ashyoni fil‘trlash harorati ma‘lumotlari (°С): 
    Distillyat xom-ashyosi 
    Qoldiq xom-ashyo 
    I-chi pog‗ona
    II-chi pog‗ona 
    III-chi pog‗ona 
    —25÷—28 
    —5÷—10 
    0÷—5
    —23÷—25 
    —3÷—5 
    +5÷+8 


    483 
    12.5. Moyli rafinatlarni chuqur parafinsizlashtirish qurilmasi 
    Chuqur parafinsizlashtirish qurilmasi sekin qotuvchi moylarni olish uchun 
    mo‗ljallangan, lekin bu jarayon oddiy parafinszlashtirish jarayonidan farq 
    qiladi, eng so‗nggi bosqichdagi sovutish xladagent sifatida suyultirilgan etandan 
    foydalaniladi [10]. Jarayon keton eritmasida olib boriladi-toluol eng so‗nggi 
    sovutish va fil‘trlash -62 dan-64 °С
    Xomashyo sifatida rafinatning past qaynaydigan moyli fraksiyasi xizmat 
    qiladi. Maqsadli mahsulot-parafinsizlantirilgan moy qotish harorati - 45-55°С 
    gacha, qo‗shimcha mahsulot-gach. Xomashyodan parafinsizlantirilgan moyni 
    chiqishi 55-65% (massasiga)ni tashkil qiladi. Jarayonning natijasida 
    parafinsizlantirilgan moyning ko‗rsatgichi oddiy parafinsizlashtirishga nisbatan 
    keskin o‗zgaradi.
    Qurilmaning asosiy bo‗limlari quyidagilar: kristallizatsiyalash, fil‘trlash, 
    parafinsizlangan moy va gachning eritmalaridan eritgichni regeneratsiyalash. 
    Eritgichni regeneratsiyalash bo‗limi xuddi shunga o‗xshash parafinsizlashtirish 
    qurilmalaridan farq qilmaydi. Kristallashtirish va fil‘trlash bilimlari spetsifik 
    xususiyatga ega bo‗lib, ko‗pincha ikkita xladagentlardan foydalaniladi: 
    xomashyo eritmasini sovutish uchun 33-34°Сgacha bo‗lgan suyultirilgan 
    ammiakdan va 58-60°Сgacha (fil‘trlash harorati) sovutish uchun etandan 
    foydalaniladi. Qurilmaning texnologik sxemasi (kristallizatsiya va fil‘trlash 
    bo‗limlar) 12.3-rasmda keltirilgan. 
    Xomashyo-rafinat nasos (9) yordamida suvli sovutgich (10) orqali 
    birinchi 
    guruhdagi 
    regenerativ 
    kristallizatorlarga 
    (13,14) 
    beriladi 
    (kristallizatorlarning soni qurilmaning o‗tkazish ko‗rsatgichiga bog‗liq), u yerda
    I-chi pog‗onali fil‘trlashdan olinib fil‘trat bilan sovutiladi.
    Xomashyoga ikki nuqtada eritgichlar qo‗shiladi-kristallizatorlardan 
    chiqishda (13 va 16), kristallizatordan (19)- II-chi pog‗onali fil‘tratdan keyin. 
    Eritgich (quruq va nam) nasos (25 va 11) yordamida quruq va ho‗l eritgichlarni 
    qabul qilgichlar orqali uzatiladi (sxemada ko‗rsatilmagan). Birinchi guruhdagi 
    xomashyo 
    regenerativ 
    kristallizatorlarni 
    suspenziyasi 
    ammiakli 


    484 
    kristallizatorlarga (16 va 17) kirib keladi, u yerda qabul qilgichdan (15) kirib 
    keladigan xladagentni bug‗lanishi hisobiga (ammiak yoki propan) 30-32°Сgacha 
    совитилади. 

    Download 15,32 Mb.
    1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   307




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish