Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
 


478 
12.3. Ikki pog‗onali fil‘trlab deparafinlashtirish qurilmasi
Ikki pog‗onali fil‘trlashni parafinsizlashtirish qurilmasida moyning past 
haroratli qotish haroratidagi-parafinsizlashtirilgan moy olinadi, ikkinchi 
pog‗onasida esa qo‗shimcha ravishda gachdan yoki petrolatumdan (qo‗shimcha 
mahsulot) moy olinadi. Qurilmaning xomashyo sifatida saralangan rafinat 
tozalash uchun xizmat qiladi; maqsadli mahsaulot - parafinsizlashtirilgan moy 
hisoblanadi. Parafinsizlashtirilgan moyni chiqishi xomashyoga nisbatan -65- 80 
% (massasiga) ni tashkil qiladi. 
Qurilmaning asosiy bo‗linmalari quyidagilar: kristalsizlashtirish, 
fil‘trlash, parafinsizlashtirilgan moyli eritmadan va gachli eritmadan yoki 
petrolatumdan eritgichlarni regeneratsiyalash kiradi. Kristallizatsiyalash va 
fil‘trlash qurilmasining texnologik sxyemasi 12.2-rasmda keltirilgan. 
Xomashyo - rafinat nasos (10) yordamida suvli sovutgich orqali 
regenerativ kristallizatorga (13-16) beriladi, u yerda I-chi pog‗onali fil‘trlash 
natijasida olingan fil‘trat bilan sovitiladi. Kristallizatorning soni qurilmani 
uzatish ko‗rsatgichiga bog‗liq. Xomashyoga sovuq eritgich uchta nuqtada 
qo‗shiladi: kristallizatorlardan chiqishda (13,14 va 15). Eritgich nasos 
yordamida quruq va namli eritgichlarning qabul qilgichlaridan (sxemada 
ko‗rsatilmagan) uzatiladi. Regenerativ kristallizatorlardan xomashyo eritmasi 
ammiakli kristallizatorlarga (18-20) kirib keladi, bu yerda bo‗lgichdan (24) kirib 
keladigan xladagentni bug‗lanishi hisobiga (ammiak yoki propan) fil‘trlanish 
haroratigacha sovutiladi. Moy eritmasida sovutilgan qattiq uglevodorodlarning 
suspenziyasi qabul qilgichga (1), u yerdan vakuumli fil‘trning (2) I-chi 
pog‗onasiga o‗z oqimi bilan kirib keladi. Vakuum fil‘trlaridagi suspenziyaning 
sathi uzatish chizig‗i bilan bog‗langan sathni rostlagich yordamida boshqariladi. 
Fil‘trat I-chi pog‗onada vakuum – qabul qilgichda (7) to‗planadi, u yerdan nasos 
(17) yordamida qarshi oqim bilan xomashyo eritmasiga regenerativ 
katalizatorlar orqali uzatiladi, keyin issiqlik almashtirgich (12) orqali namli 
eritgichni sovutish uchun beriladi va eritgichlarni regeneratsiyalash seksiyasiga 
yo‗naltiriladi. Qoldiq oldindan kristallizatorda sovutilgan (22) sovuq eritgich 


479 
bilan yuviladi. 
Fil‘trlarni I-chi pog‗onasidan olingan qoldiqqa eritgich qo‗shiladi va 
olingan suspenziya yig‗gichda (3) to‗planadi. Bu yerdan suspenziya nasos (9) 
yordamida qabul qilgichga (4) vakuumli fil‘trlarni (5) II-chi pog‗onasini 
ta‘minlash uchun beriladi. Fil‘trat II-chi pog‗onadan vakuum-qabul qilgichga (8) 
kirib keladi, u yerdan nasos (23) yordamida kristallizator (21) orqali
kristallizatordan (20) chiqqan sovutilgan suspenziyani oxirgi marta qo‗shish 
uchun beriladi. Fil‘trni II-chi pog‗onasidan qoldiqqa eritgich qo‗shiladi va 
yig‗gichda (6) to‗planadi; undan keyin suspenziya eritgichni regeneratsiyalash 
bo‗limiga yo‗naltiriladi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish