• 13.9-rasm. Sovunli surkovlarni ko‗p tarmoqli to‗xtovsiz ishlab chiqarish qurilmasining texnologik sxemasi
  •  Sovunli surkovlarni ko‗p tarmoqli to‗xtovsiz ishlab chiqarish




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet256/307
    Sana04.01.2024
    Hajmi15,32 Mb.
    #130098
    1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   307
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

    13.6. Sovunli surkovlarni ko‗p tarmoqli to‗xtovsiz ishlab chiqarish 
    qurilmasi
    Ko‗p tarmoqli to‗xtovsiz ishlab chiqarish qurilmasini davriy va to‗xtovsiz 
    usullari afzal hisoblanadi, sovunli surkovlarni ishlab chiqarish spetsifikasi 
    hisobga olinadi va tayyor mahsulotlarni opitimal sifatda ishlab chiqarishni 
    maksimal imkoniyatini ta‘minlaydi. Bu qurilma yordamida stearin va 12-
    oksistearin kislotalarda tabiiy va sintetik moylar asosida har qanday turdagi 
    sovunli surkovlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Yoyilish muhiti sifatida neftli 
    va sintetik moylardan foydalanish mumkin hamda ularni (uni qo‗llash sohasi, 
    surkovlarni qo‗llash va unga qo‗yilgan talablarga bog‗liq holda) aralashmasidan 
    foydalanish mumkin. 
    Qurilmaning asosiy seksiyalariga quyidagilar kiradi: xom-ashyoni 
    tayyorlash va namlangan sovunli-moyli reaksiya aralashmasini tayyorlash; suvni 
    bug‗lantirish va quyuqlashtirgichni moyda termik-mexanik yoyish; eritmani 
    sovutish va kristallizatsiyalash; pardozlash jarayonlari. Yarim mahsulotlarni va 
    tayyor surkovlarni sifatini nazorat qilish uchun zamonaviy jihozlar va 
    qurilmalarni texnologik sxemasi 13.9-rasmda keltirilgan. 
    Tayyorlangan xom-ashyolarning komponentlari qabul-qilgichlardan 
    dozirovka nasoslari (6) yordamida katta aylantirish qorigichli reaktorga (1) 
    beriladi, u yerda kam qovushqoqli suspenziyani jadal qorishishini yaratishni 
    imkoniyat bo‗ladi.


    517 
    13.9-rasm. Sovunli surkovlarni ko‗p tarmoqli to‗xtovsiz ishlab chiqarish qurilmasining 
    texnologik sxemasi:
    1,15-reaktorlar; 2-nasoslar; 3-5-xom-ashyolarni qabul qilgichlar; 6-dozirovka 
    nasoslari; 7-gomogenlash klapanlari; 8-рН-metr; 9-bug‗lantirish apparati; 10-kondensator; 
    11-quvurli issiqlik almashtirgich; 12-nam-o‗lchagich; 13-vakuum nasos; 14-qirg‗ichli 
    qizdirgich; 16-aralashtirgich; 17-qirqichli sovutgich; 18,21-yig‗gich-to‗plagich; 19-
    gomogenlash, fil‘trlash va deaeratsiyalash qurilmasi; 20-reologik xossalarini nazorat qilish 
    qurilmasi. 
     
     
    Sovunlangan reaksiya aralashmasi parallel harakatlanuvchi reaktorlarning 
    (1) birida o‗zgaruvchan holda tayyorlanadi, dozirovka nasosi (6) yordamida 
    bug‗lantirish apparatiga (9) beriladi. Issiqlik almashtirgich (11) orqali keladigan 
    aralashmani ko‗p karrali sirkulyatsiyasi yordamida vakuumda aralashma to‗liq 
    suvsizlantiriladi. Namning tarkibi nam o‗lchagich (12) yordamida nazorat 
    qilinadi.
    Suvsizlantirilgan aralashma sirkulyatsiya konturidan nasos (6) yordamida 
    qirg‗ichli qizdirgich (14) (suvsizlantirilgan mahsulotning yuqori qovushqoqligi 
    hisobiga) orqali reaktorga (15) termik ishlov uchun qayta haydaladi. 


    518 
    Reaktor qirg‗ichli-parrakli qoruvchi qurilma bilan jihozlangan. Reaktorda 
    (15) surkovga termik ishlov berishda haroratning qiymati vaqtni texnologik 
    xaritasi bo‗yicha nazorat qilinadi. Undan keyin qotiruvchi qurilmada ishlayotgan 
    apparatga moyning qolgan qismi haydaladi. Aralashmaning harorati 175 - 
    185°С gacha pasaytiriladi, shunday haroratda izotermik kristallashtirish olib 
    boriladi. Agarda surkovni qisman 160-165°С gacha sovutish talab qilinsa, keyin 
    nasos (6) yordamida aralashtirgichd an (16) qo‗shilma kiritiladi. Qo‗shilma 
    konsentratini uzatish birinchi pog‗onada sovutgichda (17) sovitilgandan keyin 
    beriladi. Shu bilan reaktorda (15) davriy sikl tugallanadi. Undan keyin 
    reaktorning (15) tarkibidagi dozirovka nasosi (6) yordamida qirg‗ichli 
    sovutgichga (17), qurilmaga (19) (gomogenizatsiyalash, fil‘trlash va 
    dearatsiyalash) va yig‗gich-to‗plagichga (21) tayyor surkov beriladi. Surkovning 
    sifati qurilma (20) yordamida nazorat qilinadi. Konditsiyalanmagan surkov 
    to‗plagichda (18) yig‗iladi, u yerdan qo‗shimcha ishlovga berilishi mumkin. 
    Davriy ishlaydigan reaktorlarning soni (15) va ularni hajmi shunday 
    tartibda tanlanadiki, belgilangan ishlab chiqarishda suvsizlantirish tugunining 
    to‗xtovsiz ishini ta‘minlashi hamda reaktordagi (15) hamma apparatlarni ishi 
    ta‘minlansin. Qurilmaning ishlab chiqarish unumdorligi 2 ming.t.dan 10 
    ming.t.gacha /yil. 

    Download 15,32 Mb.
    1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   307




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Sovunli surkovlarni ko‗p tarmoqli to‗xtovsiz ishlab chiqarish

    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish