Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Nazorat savollari 
1. Neft yonilg‗ilarini qanday turlarga bo‗linadi? 
2. Azot birikmalari esa, dvigatellarda qurumlar hosil qiladimi? 
3.Moylarni sovunlanishi yoki moyli kislotani neytrallanishi surkovlarni 
olish qaysi jarayondan boshlanadi? 
4. Qizdirishda korpuslarni qo‗shish ketma-ketlik tartibi – teskari 
jarayonlarini izohlab bering? 
5.Texnologik oqimlarni yo‗nalishiga bog‗liq holda jihozlarni qavatli 
joylashtirish kompanovkasi ko‗proq qo‗llanilishini izohlab bering?
6.Kontaktor moylarini sovunlanish bosqichida qurilmalarni har xil turdagi 
sovunli surkovlarni ishlab chiqarishda qo‗llanilishini asoslang?
7.Sovunli surkovlarni ko‗p tarmoqli to‗xtovsiz ishlab chiqarish 
qurilmasining tarkibiga izoh bering? 
8. Sanoat sharoitida quruq sovunlarda surkovlarni ko‗p tarmoqli 
to‗xtovsiz ishlab chiqarish jarayonlarining olib borish tartibini tushintiring? 
9. Sanoat sharoitida quruq sovunlarda surkovlarni ko‗p tarmoqli 
to‗xtovsiz ishlab chiqarish qurilma qqanday seksiyalardan tashkil topgan? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


522 
XIV bob. BITUM, TEXNIK UGLEVODORODLARNI VA BOSHQA 
MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH
14.1. Kolonna turidagi uzluksiz ishlaydigan bitumli qurilma 
Kolonna turidagi to‗xtovsiz ishlaydigan bitumli qurilma oksidlangan 
neftli bitumlarini olish uchun mo‗ljallangan. Xomashyo sifatida gudronlar (neft 
chiqindisi), ko‗p fraksiyali gudronlar, neft qoldiqlarini deasfaltizatsiya asfaltlari, 
termik kreking qoldiqlari va ularni aralashmasi, og‗ir neft uchun-mazutlar 
(qoramoy yoki neft qoldig‗i, harorati 350
0
Сdan yuqori)dan foydalaniladi. Yo‗l 
qurilishiga ishlatiladigan, qurilishga, yopilmalarga va maxsus qovushqoq-
bitumlar yumshatish harorati 130
0
С va uning kirib borish chuqurligi 25
0
С (100 
g, 5 sek)dan 00gacha bo‗lgan mahsulotlar hisoblanadi.
Qovushqoq yo‗l bitumlarini 9 ta markasi ishlanadi (GOST 22245-76) 
25
0
С igna yumshatish harorati 33
0
С (KiSh bo‗yicha), 25
0
Сda cho‗ziluvchanligi 
40 sm, mo‗rtlik harorati minus 10
0
С dan past. Qurilishda qo‗llaniladigan 
bitumlar uchta markada ishlab chiqariladi: yopilmalar uchun-uchta markada 
(GOST 9548-74), maxsus izolyatsiya ishlari uchun uchta markada (GOST 9812-
74), lak-buyoq mahsulotlari, shinalar, elektr-texnik va boshqa sohalar uchun 
(GOST 21822-76) maxsus bitumlar ishlab chiqariladi. Kirish chuqurligi (40-
300) – 0,1 mm va 0
0
Сdan yuqori haroratda 13-0,1 mm.
Yo‗l uchun oksidlangan qovushqoq bitumlarni chiqishi (gudron) 98%ga 
yaqin, qurilish uchun 94-96%ni (massasi bo‗yicha) tashkil qiladi.
Xomashyo-gudron-vakuum kolonnasidan issiqlik almashtirgichga (1) 
beriladi va undan keyin oksidlantiruvchi kolonnaning yuqori qismidan (4) (xom 
ashyoning sathidan 1 metr pastdan) kirib keladi. Oksidlovchi kolonnaning 
pastidan komprescor (3) yordamida havoli resiver yordamida (2) siqilgan havo 
(motochnik-orqali) uzatiladi. Gudron pastga harakatlanadi, havo yuqoriga va 
ularning juda yaqin kontaktida xomashyoni oksidlanish jarayoni boradi. 
Oksidlanish natijasida moy smolaga o‗tadi, smola esa – asfaltenga o‗tadi. 
Havodagi kislorod xomashyo tarkibidagi vodorod bilan o‗zaro reaksiyalanadi va 
suv bug‗larini hosil qiladi. Vodorodning yo‗qotilishini o‗sishi xomashyoni 


523 
polimerlanishi va quyuqlashishi bilan kuzatiladi.
Qurilmaning tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiradi: xomashyoni 
kerakli haroratgacha tayyorlash (vakuum qurilmasidan to‗g‗ri kirib keladigan 
gudronni qayta ishlash, issiq almashtirgichlarda neftni qizdirish issiqligidan 
kerakli haroratgacha sovutish); kolonnalardagi oksidlanish (to‗xtovsiz 
ishlaydigan kolonna turidagi reaktor); neft mahsulotlarini, suvlarni, past 
malekulyar al‘degidlarni, ketonlarni, spirtlarni va kislotalarni bug‗larini 
kondensatsiyalash hamda ularni sovutish; gazsimon mahsulotlarni oksidlab 
yoqish. Qurilmaning texnologik sxemasi 14.1-rasmda keltirilgan. Kislorodning 
asosiy qismi suv bug‗lari ko‗rinishida gaz bilan chiqib ketadi va kam miqdorda 
– uglerod ikki oksidi va is gazi ko‗rinishida yoki boshqa birikmalar ko‗rinishida 
bo‗ladi. 
Oksidlangan bitumdagi kimyoviy bog‗langan kislorod quyidagi holatda 
taqsimlanadi: 40% dan 60% gacha (massasi bo‗yicha) murakkab efir guruhi 
ko‗rinishida (COOR), qolgani taxminan quyidagiga teng: gidrooksid bilan (ОН), 
karbosilikat (COOR) va karbonil (=СО) guruhlari shaklida bo‗ladi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish