Kislotalar, gidrokislotalar, asfaltogenli kislotalar, uglevodorodlar




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

14.5.Kislotalar, gidrokislotalar, asfaltogenli kislotalar, uglevodorodlar, 
smolalar, asfaltenlar, karbenlar va karboidlar 
Oksidlanish jarayonida smola va asfaltenlarning hosil bo‗lishi ma‘lum 
darajada olingan bitumning xossalarini belgilaydi. Xomashyo tabiati va 
konsistensiyasiga bog‗liq ravishda oksidlangan bitumning sifati o‗zgaradi. Eng 
yaxshi navli oksidlangan bitumlarni yuqori smolali kam parafinli neftlar 
qoldiqlaridan, asosan gudrondan olinadi. 
Gudronni oksidlash jarayoniga ta‘sir qiluvchi asosiy omillar 
quyidagilardir: xomashyo – neftning xususiyatlari, gudronning dastlabki 
yumshash harorati, unda moylar, parafinli va naftenli birikmalar, asfaltenlarning 
miqdori, harorat, havo sarfi, oksidlanish davomiyligi, shuningdek reaktorda 
suyuqlik bosimi va sathi. 
Jarayon harorati. Oksidlanish harorati qanchalik yuqori bo‗lsa, jarayon 
shunchalik tez kechadi. Ammo haddan tashqari yuqori haroratda karbenlar va 
karboidlar hosil bo‗lish reaksiyasi tezlashadi. Yuqori smolali asfalt neftlar va 
aralash neftlardan olingan qoldiqlar 250-280°С da, parafinli neft qoldiqlari 270-
290°С da oksidlanadi. Xomashyo tabiatidan va bitumning talab qilinadigan 
xossalaridan kelib chiqib oksidlanishning mos haroratini tanlash kerak bo‗ladi; 
ko‗pchilik xomashyo turlari uchun iqtisodiy maqsadga muvofiqligini hisobga 
olgan holda u 250°С ga yaqin [1]. 
Bosim. Reaksiya zonasida bosimni oshirish oksidlanish jarayoni 
intensifikatsiyasi va oksidlangan bitum sifatining yaxshilanishiga yordam 
beradi. 
Kolonna 
turidagi 
reaktorlarda 
yo‗l 
bitumlarini 
bitumlar 


542 
cho‗ziluvchanligining tezda pasayishi tufayli 0,4 MPa dan yuqori bosimlarda 
olish maqsadga muvofiqdir. 
Bosim ostida oksidlash moy miqdori kam bo‗lgan xomashyolardan 
foydalanish va bunda yetarlicha yuqori cho‗ziluvchanlikka, penetratsiyaga va 
plastiklik intervaliga ega bo‗lgan bitumlarni olishga imkon beradi. 
Havo sarfi. Havo sarfi, uning tarqalish darajasi va oksidlovchi kolonna 
kesimi bo‗ylab taqsimlanishi jarayon intensivligiga va bitumlar xossalariga katta 
ta‘sir ko‗rsatadi. 1t xomashyo uchun havo sarfining ma‘lum qiymatgacha (1,4 
m
3
/min) oshishi bilan jarayonning samaradorligi oshadi, uning keyingi yanada 
oshirilishi bilan havodagi kisloroddan foydalanish darajasi yomonlashadi va 
samaradorlik pasayadi; bunda oksidlangan bitumlarning issiqlikka barqarorligi 
oshadi. 
Neftning qoldiq fraksiyalarini havo bilan oksidlash jarayoni sanoat 
amaliyotida turli xildagi apparatlarda amalga oshiriladi: davriy ishlovchi 
kublarda, serpantin quvurli reaktorlarda va uzluksiz ishlovchi bo‗shliqli 
kolonnalarda. 
Kubdа – ishchi zonasining diametriga nisbatining katta bo‗lmagan 
qiymatidagi (1,5 atrofida) bo‗shliqli silindrik apparatda oksidlash – eski 
qurilmalarda yoki bitumning kam massali navlarini ishlab chiqarishda amalga 
oshiriladi. Bu usul chet mamlakatlarda ham qo‗llaniladi. 
Quvurlari tik joylashgan quvurli reaktorda oksidlash – havoning turbulent 
oqimida yuz beradi. Havoning va oksidlanadigan xomashyoning harakati – bir 
yo‗naltishda. Reaksiyaga kiritilgan gaz suyuqlik aralashmasi reaktordan 
bug‗latgichga tushadi va u yerda gaz va suyuqlikka ajraladi. Gazlar 
bug‗latgichning yuqori qismidan, suyuq faza esa bug‗latgich pastki qismidan 
chiqarib olinadi. 
Kolonnali apparatlarda oksidlash. So‗nggi yillarda ichi bo‗sh oksidlovchi 
kolonnalar uzluksiz ishlovchi bitum qurilmalari reaktorlari sifatida keng 
qo‗llanilmoqda. Uzluksiz ishlovchi oksidlovchi kolonna (14.6 rasm) yuqori ish 
unumdorligi, oddiy tuzilishi bilan tavsiflanadi, u foydalanish jarayonida oson 


543 
boshqariladi. Qurilmada bir nechta bir xil kolonnalarning mavjudligi ishga 
moslashuvchanlikni ta‘minlab, u ishlab chiqariladigan bitumning keng 
assortimentlarida va uning davriy o‗zgarishlarida juda muhimdir. Kolonna 
turidagi apparatlarda oksidlash jarayonining afzalligi kolonnaga tushuvchi 
xomashyo haroratining o‗zgarishi hisobiga oksidlashning issiqlik rejimini 
barqarorlashtirish, past bosimli kompressorlarni qo‗llash imkoniyati va yuqori 
darajada avtomatlashtirish imkoniyatidir. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kislotalar, gidrokislotalar, asfaltogenli kislotalar, uglevodorodlar

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish