14.4- rasm. Penetratsiya harakati va ―ideal‖ bitum qovushqoqligiga haroratning ta‘siri.
1 - yo‗l
Asfaltbeton tarkibidagi bitum biriktiruvchining ish qobiliyati -
534
ko‗chishning kuchlanishi, siqilish va haroratlar farqining davriy ta‘sirida yo‗l
qoplamasi bitumining plastikligi va cho‗ziluvchanligiga ko‗p jihatdan
bog‗liqdir. Bitumning murakkab tuzilishi va mutaxassislarning ―ideal‖ bitum
haqida turlicha ta‘riflari tufayli uning sifat ko‗rsatgichlariga nisbatan talablar har
doim xam aniq emas [19]. Shuning uchun ham 14.2-14.6 jadvallarda keltirilgan
ma‘lumotlarni taqqoslashdan ko‗rinib turibdiki, turli mamlakatlar uchun bu
ko‗rsatgichlar bir-biridan farq qiladi.
14.5-rasm.«Ideal» bitum penetratsiyasi va qovushqoqligining belgilangan юклама
davomiyligiga bog‗liqligi.
So‗nggi yillarda Yevropada ishlab chiqariladigan asosiy mahsulotlarga
bo‗lgan talablarni bir xillashtirishga bo‗lgan aniq tendensiya kuzatildi. Shuning
uchun Yevropa ittifoqi Yevropa standartlashtirish tashkiloti(CEN)ga barcha
sanoat mahsulotlariga, jumladan, bitum materiallariga milliy standartlarni
uyg‗unlashtirishga buyruq bergan. CEN tashkiloti tarkibiga ko‗plab Yevropa
mamlakatlarining standartlashtirish bo‗yicha tashkilotlari kiradi.
Ularning
har biri bitum materialiga nisbatan o‗z standartlariga ega, biroq bugungi kundagi
masala – har bir mamlakat uchun yagona bo‗lgan meyorni, bir vaqtning o‗zida
ularning har birining sharoitini (ob-havo, yo‗l harakati intensivligi va yo‗l
qurilishi bo‗yicha mamlakatlarga xos amaliyotni) hisobga olgan holda
yaratishdir.
535
Bitumlar markalari shunday tanlanganki, Yevropada ishlatiladigan barcha
bitum navlarini ifodalaydi. Eng qattiq marka penetratsiyaning 20 0,1 mm
qiymatiga ega, chunki undan qattiqroq mahsulotlar yo‗l qurilishida kamdan-kam
ishlatiladi. Normativga ikki maxsus 30/45 va 40/60 marakalari ham kiritilgan,
ular asosiy serialar bilan kesishadi.
Yuqorida aytilgan normativga muvofiq majburiy nazorat qilinadigan sifat
ko‗rsatgichlari 25
о
С dagi penetratsiya, yumshash harorati, chaqnash harorati,
toluolga aralashuvchanligi va yupqa qavatda qizdirib sinash hisoblanadi.
Penetratsiyaga sinash bitumlarni klassifikatsiyalashga xizmat qilib, bitumning
qattiqligini tavsiflaydi va bitum qattiqligini turli xil yuklamalarda hisoblashga
yordam beradi. Yumshash haroratidan bitumning deformatsiyaga nisbatan
barqarorligini ifodalashda foydalaniladi va u penetratsiya bilan birga bitumning
issiqlikka ta‘sirchanligini tavsiflaydi. Asfalt aralashmasini tayyorlashda
bitumning qattiqligini ifodalash uchun tajribaning uch xil usulidan foydalanish
mumkin: RTFOT(yuzani yangilashda yapqa qatlamda qizdirib tekshirish),
TFOT (yupqa qavatni qizdirish bilan sinash) yoki RFT (aylanuvchi kolbada
qizdirish va havo uzatilishi bilan sinash, Germaniyada foydalaniladi).
Bu sinovlar bir-biriga juda o‗xshash va ular yordamida bir hil natijalarni
olish mumkin, aksincha holatlarda esa RTFOT usuliga ustunlik beriladi. Yupqa
qavatda qizdirib sinashda massa o‗zgarishi normativi yordamida, tarkibida juda
ko‗p yengil fraksiyalar bo‗lgan bitumlar qo‗llanilishining oldini olishga harakat
qilinadi. Bu bir vaqtning o‗zida mehnat xavfsizligi ko‗rsatgichi ham hisoblanadi,
chunki u issiq bitumdan chiqadigan bug‗ miqdorini cheklaydi va shunday qilib
asfaltbeton zavodida va asfaltni yotqizishda ishlaydigan ishchilarni zararli
ta‘sirlardan saqlaydi.
Bitumlarning qotishga moyilligi yupqa qavatda qizdirilgandan so‗ng
kirish chuqurligi ko‗rsatgichiga minimal talab bilan cheklanadi. Asfaltni
tayyorlashda bitumning haddan tashqari qattiqlashishi asfalt qoplamasining
mo‗rt bo‗lishiga olib kelishi mumkin. Yupqa qavatda qizdirib tekshirishdan
keyin
yumshash
haroratini
normallashtirish
bitumning
deformatsion
536
barqarorligiga bo‗lgan minimal talabni belgilaydi.
Chaqnash haroratini aniqlash bitumni tashish va saqlash shartlarini
ta‘minlashga qaratilgan xavfsizlikni tekshirish hisoblanadi. Tajriba ochiq
idishda olib borilib, bu amaliyot Yevropa mamlakatlarining ko‗pchiligida qabul
qilingan, biroq hozirda uni yopiq idishda aniqlash usuliga almashtirish
imkoniyati masalasi ko‗rib chiqilmoqda. Eruvchanlikni aniqlash bitumda koks
yoki boshqa keraksiz moddalar yo‗qligini kafolatlovchi, bitumning tozaligini
tekshirish uchun xizmat qiladi. Majburiy tekshiruvlardan tashqari qo‗shimcha
ixtiyoriy tekshiruvlar ham nazarda tutilgan bo‗lib, ba‘zi mamlakatlar uchun
kerakli va bajarilishi shart bo‗lgan tekshirishlar qatoriga kiritilishi mumkin.
Bitumning kimyoviy tarkibini xarakterlovchi, ammo uning hech qanday
funksional xossalarini belgilamaydigan parafin miqdorini tekshirish, barcha
mamlakatlar tomonidan ma‘qullanmadi, bu qo‗shimcha va vaqtinchalik talab va
keyingi normativlarda bekor qilinishi kabi qarama-qarshi fikrlarga olib keldi.
60°C dagi dinamik qovushqoqlik shimoliy mamlakatlarda yumshash
haroratining o‗rniga bitumning deformatsiyalanish mezoni hisoblanadi. Tajriba
yumshash harorati hisoblangan empirik xarakterini emas, moddanig
fundamental xossasini aniqlaydi, bunda asfaltning deformatsion barqarorligi
bilan qovushqoqlik korrelyatsiyasi ham yumshash harorati ko‗rsatgichidan
foydalanishga nisbatan birmuncha yaxshiroq. Biroq markaziy va janubiy
Yevropa mamlakatlarida qovushqoqlikni aniqlashdan deyarli foydalanilmagan,
shuning uchun ham yumshash harorati majburiy talabga, 60°C da
qovushqoqlikni sinash esa qo‗shimcha ixtiyoriy deb qabul qilingan.
Kinematik
qovushqoqlik
bitumning
nasoslarda
135°Cdagi
haydaluvchanligini va mineral materiallar bilan aralashuvchanligini tavsiflaydi,
60°Cdagi dinamik qovushqoqlik va kirib borish chuqurligi bilan birgalikda esa
bitumning issiqlikka ta‘sirchanligini tavsiflaydi. Fraas bo‗yicha mo‗rtlik harorati
bitumning manfiy haroratlarda haroratga barqarorligini tavsiflaydi. Chunki
janubiy Yevropa mamlakatlarida bunday tajriba aktual hisoblanmaydi, bu
ko‗rsatgich qo‗shimcha ko‗rsatgichlar qatoriga kiritilgan.
537
Bitumning qotishini nazorat qilish uchun, asosida ushbu yupqa qatlamda
qizdirish usuli yotuvchi boshqa imkoniyat ham mavjud. Baholovchi parametrlar
sifatida to‗rt variant ichidan tanlash taklif qilingan (14.6 jadvalga qaraymiz).
Har
birida
qizdirishdan
so‗ng
yumshash
haroratining
o‗zgarishi
normallashtiriladi. Bundan tashqari, uchta variantda mo‗rtlik harorati qiymati va
bu variantlarning ikkitasida qo‗shimcha ravishda – bitumning penetratsiya
indeksi normallashtiriladi.
Normativga penetratsiya indeksini qo‗shish uzoq muhokama qilinib, oxir
oqibatda u penetratsiya va yumshash haroratiga bilvosita talablar orqali
normativga kiritilgan. Buning sababi shu bo‗ldiki, penetratsiya indeksini
aniqlash unga normativ sifatida kiritilgan penetratsiya va yumshash harorati
ustidan hech qanday ustunlik bermaydi. Bundan tashqari, penetratsiya va
yumshash harorati normativi bitumning issiqlikka ta‘sirchanligini tavsiflaydigan
qilib belgilangan bir vaqtda penetratsiya indeksining o‗zi bitum sifatini
kafolatlamaydi.
Bitumni cho‗zilishga sinash normativga kiritilmagan edi, chunki u
o‗zining bugungi holatida barcha asosiy markalarda cho‗ziluvchanlik 100 sm
dan oshishi sababli, funksional sinovlar qatoriga kiritilishi juda qiyin.
Tishlashishni sinash bitum normasiga emas ko‗proq asfalt aralashmasi
sinoviga taalluqli deb qaraldi, chunki chet el mutaxassislarining fikriga ko‗ra
[20] tishlashishga sinash natijalari biriktiruvchining xossalariga nisbatan toshli
komponentlarga ko‗proq bog‗liq bo‗ladi. Mo‗rtlik haroratini aniqlash uchun
sinash ixtiyoriy hisoblanadi. Yangi umumevropa normativlari MDHda ham
qabul qilinmaganligiga qaramay yo‗l bitumlarini ishlab chiqaruvchilar ularni
bilishlari va ma‘lum darajada ularni hisobga olishlari kerak. Bundan tashqari,
o‗z mahsulotlarini Yevropa mamlakatlariga yetkazib berishda ularda qabul
qilingan normativlar bo‗yicha tekshiruvdan o‗tkazishga majbur bo‗ladilar.
|