• 14.2-rasm. Xom-ashyoni ko‗pikli holatda oksidlash uchun reatorli zmeyevikli bitum qurilmasining texnologik sxemasi
  •  Reaktorli zmeyevikli (quvur ichida quvur) turdagi bitumli qurilma




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet261/307
    Sana04.01.2024
    Hajmi15,32 Mb.
    #130098
    1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   307
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

    14.2. Reaktorli zmeyevikli (quvur ichida quvur) turdagi bitumli qurilma 
    Zmeyevik turidagi reaktorli bitum qurilmasida neftli bitumlarni 
    oksidlanishi sodir bo‗ladi. Bitumni xomashyosi sifatida gudronlar, ko‗p tarkibli 
    gudronlar hamda og‗ir neftning 350
    о
    С dan yuqori bo‗lgan – mazutlari 
    qo‗llaniladi. Yo‗l qurilishiga ishlatiladigan, qurilishga, yopilmalarga va maxsus 
    qovushqoq – bitumlarning yumshatish harorati 130
    о
    С va igna kirib borish 
    chuqurligi 25
    о
    С (100 g, 5 sek)dan 00gacha bo‗lgan mahsulotlar hisoblanadi.
    Yo‗l uchun oksidlangan qovushqoq bitumlarni chiqishi (gudron) chiqishi 
    98%ga yaqin, qurilish uchun 94-96%ni (massasi bo‗yicha) tashkil qiladi.
    Qurilmaning 
    asosiy 
    seksiyalari 
    quyidagilar: 
    zmeyevikli 
    pechda 
    xomashyoni qizdirish; reaktor bloki (zmeyevik turidagi reaktor); gaz va suyuqlik 
    fazasini ajratish; neft mahsulotlarini va suv bug‗larini kondensatsiyalash va 
    sovutish; ajratish; oksidlangan gazsimon mahsulotlarni yoqish kiradi. 
    Qurilmaning texnologik sxemasi 14.2-rasmda keltirilgan. 
    Xomashyo – gudron rezervuardan porshenli nasos (1) yordamida olinadi 
    va 260-270°С haroratda qizdirish uchun zmeyevikning quvurli pechiga uzatadi. 
    Undan keyin mahsulot yig‗gichga (3) to‗planadi. U yerdan mahsulot porshenli 


    526 
    nasos (4) yordamida olinadi va aralashtirgichga (5) beriladi. U yerga porshenli 
    nasos (9) yordamida retsirkulyatsiya oksidlangan mahsulot beriladi va 
    kompressor yordamida (8) 0,7-0,8 MPada havo siqiladi.
    14.2-rasm. Xom-ashyoni ko‗pikli holatda oksidlash uchun reatorli zmeyevikli bitum 
    qurilmasining texnologik sxemasi: 
    1, 4, 9, 12, 15 – nasoslar; 2- pech; 3- yig‗gich; 5- aralashtirgich; 6- reaktor; 7- havoli 
    resiver; 8- kompressor; 10- bug‗latgich; 11, 13- havoli sovutuvchi apparat; 14- ajratgich; 16- 
    o‗txona. 
    Hosil bo‗lgan aralashma aralashtirgichdan (5) reaktorga uzatiladi (6). 
    Reaktor umumiy tik quvurli zmeyevik ko‗rinishda bo‗ladi, uzunligi 150-400 m. 
    Xomashyoni kislorod bilan oksidlanishi aralashtirgichda (5) boshlanadi (ko‗pikli 
    tizimda) va reaktorning zmeyevikida (6) davom etadi. Reaktorning (6) quvurlar 
    oralig‗idagi oksidlanish reaksiyasining ekzotermik issiqlikligini olish uchun 
    unga shamollatgich yordamida havo uzatiladi. Reaksiya mahsulotlarini 
    aralashmasi reaktordan (6) bug‗latgichga (10) to‗planadi va u yerda suyuqlikdan 
    gaz ajratib olinadi. Ishlangan havo, gazsimon oksidlangan mahsulotlar, neft 
    mahsulotlarining va suvning bug‗lari II–chi havoli sovutish apparati orqali 
    ajratgichga (14) yo‗naltiriladi. Ajratgichning yuqori qismi orqali ishlangan 
    havo, 
    oksidlangan 
    gazsimon 
    mahsulotlar 
    hamda 
    suvning 
    va 
    neft 
    mahsulotlarining kondensatsiyalanmagan bug‗lari o‗txonaga (16) atmosferaga 
    beriladigan oksidlangan gazlarni yoqib yuborish uchun beriladi. Neft 
    mahsulotlarining bug‗larini asosiy kondensatsiyalangan qismi (quvilgan yoki 


    527 
    qora solyar) ajratgichning (14) pastki qismida to‗lanadi, u yerdan markazdan 
    qochma (yoki porshenli) yordamida sovutgich orqali yig‗gichga beriladi. 

    Download 15,32 Mb.
    1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   307




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Reaktorli zmeyevikli (quvur ichida quvur) turdagi bitumli qurilma

    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish