Bitumlar sifatiga qo‗yilgan talablar




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

14.3. Bitumlar sifatiga qo‗yilgan talablar 
Bitumlar, ayniqsa yo‗l qurilish bitumlariga qo‗yiladigan talablar turli xil 
bo‗ladi. Yo‗l qurilish bitumlari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 


528 
а) yuqori haroratlarda mustahkamligini saqlash, ya‘ni issiqlikka chidamli 
bo‗lishi; 
b) manfiy haroratlarda elastikligini saqlash, ya‘ni sovuqqa chidamli 
bo‗lishi; 
v) harakatlanayotgan transport ta‘sirida siqilish, zarba, va uzilishga 
qarshilik ko‗rsata olishi; 
g) mineral materiallarning quruq va ho‗l yuzasi bilan yaxshi yopishishni 
ta‘minlash; 
d) uzoq vaqt davomida boshlang‗ich qovushqoqligini va mustaxkamligini 
saqlash. 
 
Qurilish bitumlari elastikligi kamroq bo‗lishi mumkin, ammo ular 
qattiqroq bo‗ladi. Neft bitumlarini xalq xo‗jaligida qo‗llash uchun yaroqliligini 
belgilovchi asosiy xususiyatlari quyidagilar: harorat o‗zgarganda plastiklikning 
kam o‗zgarishi; yuqori qovushqoqlik va mustahkamlash xususiyati; barqarorlik 
va 
uzoq 
vaqtga 
yaroqlilik;bino 
va 
mahsulotlarning 
yozda 
kerakli 
mustahkamligini ta‘minlovchi issiqlikka (yuqori yumshatuvchi haroratga) 
chidamlilik; past haroratlarda yetarlicha plastiklik va elastiklikni saqlovchi 
qayishqoqlik. 
Bitumlarning xossalari komponent tarkibiga bog‗liq bo‗ladi, uning 
optimal 
qiymatiga 
asfaltenlar, 
smolalar 
va 
moylarning 
aromatik 
uglevodorodlarning kerakli miqdori bilan ma‘lum bir mos nisbatlarida erishish 
mumkin. Shunday ekan, bitumlarning xossalari dastlabki neftning xossalari 
bilan aniqlanadi va dastlabki xomashyo aralashmasini tanlash hamda 
oksidlanuvchi tuzilmani hosil bo‗lishi jarayoni bilan rostlanadi. 
Bitumlar sifatini belgilovchi asosiy ishlatish xossalari quyidagilardir 
[1,18]: 
1.Texnik xossalari – standart tolali o‗tkazuvchanligi (penetratsiya), 
yumshatish harorati, penetratsiya indeksi, cho‗ziluvchanlik, mo‗rtlik harorati. 
Bular bitumlar sifatining asosiy ko‗rsatgichlari hisoblanadi. Tolaning kirish 


529 
chuqurligi (penetretsiya) va yumshatish harorati bitumning qattiqligi, 
cho‗ziluvchanligi – uning elastikligini tavsiflaydi. Quyida ularni batafsilroq 
ko‗rib chiqamiz. 
2.Fizik-kimyoviy xossalari – barqarorlik, zichlik, sirt tarangligi 
hisoblanadi; 
3.Reologik xossalari – tarqaluvchanlik, qovushqoqlik, egiluvchanlik 
moduli, deformatsiya moduli. Bitumlarning reologik xossalari ularni pechlarda 
qizdirganda, aralashmalarni tayyorlashda, joylashtirishda, asfaltbeton va boshqa 
qoplamalarning uzoq vaqt xizmat qilishi davomida sezilarli darajada 
o‗zgarmasligi kerak; 
4.Issiqlik xossalari – solishtirma issiqlik sig‗imi, issiqlik o‗tkazuvchanlik 
koeffitsiyenti, hajmiy kengayish koeffitsiyenti, chaqnash harorati. Ular 
bitumlardan issiqlik izolyatsiya materiallari sifatida foydalanish imkoniyatini 
belgilaydi. Chaqnash haroratiga ko‗ra xomashyoda va tayyor bitumda past 
haroratda qaynovchi fraksiyalar mavjudligi haqida, shuningdek bitumlarni 
ishlab chiqarish va foydalanish davomidagi portlash yoki yonish xavfi 
to‗g‗risida xulosa qilish mumkin. 
5.Dielektrik xossalari – teshib o‗tish kuchlanishi, solishtirma elektr 
o‗tkazuvchanlik, 
dielektrik 
yo‗qotishlarning 
burchak 
tangensi.Bu 
ko‗rsatgichlarning o‗zgarishiga ko‗ra bitumlarning adgeziya xossalarini nazorat 
qilish mumkin. Qoidaga ko‗ra, dielektrik o‗tkazuvchanlikning oshishi bilan ular 
yaxshilanadi; 
6.Optik xossalari – refraksiyalash koeffitsiyenti, bitum qorishmalarining 
yorug‗lik yutuvchanligi. Bu xossalari bitumlarning tarkibiy guruhlarini 
chuqurroq o‗rganishga imkon beradi. 
7.Suv 
va 
aralashtirgichlarga 
nisbati. 
Organik 
aralashtirgichlar 
aralashuvchanligiga ko‗ra bitumlarning tozaligi haqida ma‘lumot beradi. Bitum 
qanchalik xloroformga, benzolga aralashuvchi mahsulotlardan ko‗p tashkil 
topsa, unda uning xossalarini yomonlashtiruvchi shunchalik kam qo‗shimchalar 
mavjud bo‗ladi. Suvda eruvchanlik uning gidrofob xossalarini va barqarorligini 


530 
tavsiflaydi. 
8. Bitumni qizdirish davomida massasini yo‗qotishi, qizdirishdan keyin 
penetratsiyaning va bitumni yumshash haroratining o‗zgarishi. Bu xossalar turli 
inshootlarda, ayniqsa yul qoplamalarida uzoq vaqt xizmat qilish uchun 
mo‗ljallangan bitumlar uchun juda katta ahamiyatga ega. Ular xossalarning vaqt 
bo‗yicha barqarorligini tavsiflaydi; 
9. Adgeziya va kogeziya.Bular bog‗lovchi materiallar kabi, bitumlar 
sifatining muhim ko‗rsatgichlaridan biridir. 
Yo‗l qoplamalari ma‘lum ishlatish davri uchun eng ko‗p extimolli 
transport yuklamalarining turlari va diapazonlarini hisobga olgan holda 
loyihalanishi kerak. Oxirgi yillarda transportlar harakatining jadallashuvi tez 
o‗sib, shinalariga ko‗p bosim beruvchi og‗ir yukli avtomobillardan foydalanish 
hisobiga yo‗l qoplamalariga beriladigan yuklamalar ko‗paydi. Bu asfaltbeton 
qoplamalarining o‗yiqlar, yoriqlar hosil bo‗lishi va uning tarkibigi kiruvchi 
materiallarning chiqib ketishi ko‗rinishida namoyon bo‗ladi va tez buzilishiga 
olib keladi. Quyida yo‗llarni foydalanish qilish ehtimoli bo‗lgan atrof muhitning 
ma‘lum bir harorat intervalida bitum va asosan asfaltbeton dispers fazalari bilan 
sodir bo‗luvchi jarayonlar ko‗rsatilgan (14.1 rasm). 

Download 15,32 Mb.
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bitumlar sifatiga qo‗yilgan talablar

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish