Neft bitumlarini olish usullari




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

14.4.Neft bitumlarini olish usullari 
Neft bitumlarini ishlab chiqarishning uch hil usuli mavjud. 
1.Neft qoldiqlarini suv bug‗i yoki inert gaz mavjudligida vakuumda 


538 
haydash yo‗li bilan yig‗ish (o‗ta og‗ir asfalt-smolali neftlarni qayta ishlashda 
qoldiq bitumlari atmosferali haydash yo‗li bilan olinishi mumkin). Ba‘zi bir 
mamlakatlarda gudronni deasfaltizatsiya qilish jarayoni asfalti ham qoldiq 
bitumg hisoblanadi. Boshqa mamlakatlarda uni alohida usul – bitumlarni 
cho‗ktirib ajratib olinadi. 
2.Turli neft qoldiqlarining (mazutlar, gudronlar, yarimgudronlar, 
deasfaltizatsiya asfaltlari, moylarni selektiv tozalash ekstraktlari, qoldiq yoki 
ularning aralashmalarini – krekinglash) 180 - 300°С haroratda havodagi kislorod 
bilan oksidlanishi. 
3.Turli neft qoldiqlarini distillyatlar va oksidlangan yoki qoldiq bitumlar 
va b.lar bilan kompuandirlash+(aralashtirish). 
Bundan tashqari, yuqorida ko‗rsatilgan usullarni qo‗shish ham mumkin. 
Neft bitumlarini ishlab chiqarish uchun vakuumli haydash, oksidlash va 
deasfaltizatsiya jarayonlaridan foydalaniladi. Vakuumli haydash xomashyosi 
odatda mazut hisoblanadi, oksidlash va deasfaltizatsiyalash uchun gudron 
qo‗llaniladi. Tovar bitumlari u yoki bu jarayonning bevosita mahsuloti yoki bir 
va boshqa turli jarayonlar mahsulotlarini kompuandirlash mahsuloti sifatida 
olinadi. Tayyor bitumlar sifati birinchi navbatda xomashyo sifatiga, oksidlangan 
bitumlar uchun esa haroratga, oksidlanish davomiyligiga va havo sarfiga ham 
bog‗liq bo‗ladi. 
Bitum ishlab chiqarish uchun og‗ir smola-asfaltenli neftlarni qayta ishlash 
mahsulotlari quyidagi qoldiqlari eng yaxshi xomashyo bo‗lib xizmat qiladi: 
gudronlar, kreking – qoldiqlar, asfaltlar va moylarni tozalash ekstraktlari. Neftda 
smola-asfalten komponentlari miqdori qancha ko‗p bo‗lsa, asfalten : smola 
nisbati shuncha katta va qattiq parafinlar miqdori qancha kam bo‗lsa, olinadigan 
bitumlar sifati shuncha yuqori va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi shuncha 
oddiy bo‗ladi. Neftlarda parafin miqdorining yuqoriligi bitumlarning 
mustahkamlik va mineral qoplamalarga yopishuvchanligi kabi muhim 
foydalanish ko‗rsatgichlariga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bitum olinadigan neftlar 
yaxshi tuzsizlantirilgan bo‗lishi kerak. 


539 
Qoldiq bitumlardan foydalanish xorijiy amaliyotda keng tarqalgan. 
Shunday qilib, Fransiyada ishlab chiqarilayotgan bitumlarning 85%ni qoldiqlar 
tashkil etadi [21]. Qoldiq bitumlarning oksidlanganlaridan farqli ravishda 
quyidagilar asosiy belgilari hisoblanadi: nisbatan yuqori zichlik, yuqori qattiqlik 
va uzilishga qarshilik ko‗rsatish, harorat o‗zgarishiga ta‘sirchanlik. Ob-havoga 
barqaror bitumlar yuqori smolali (asfaltenli) neftlardan olinadi. 
Qoldiq bitumlarni olish uchun faqatgina naftenli va naften aromatik 
asosli, ya‘ni kam parafin miqdorli og‗ir bo‗lgan ba‘zi navlargina yaroqli.
Qoldiq neftlarni ishlab chiqarish tanlangan neftlarni atmosfera-vakuumli 
haydashga asoslanadi. Bitum AVT vakuum kolonnasi pastidan tovar mahsulot 
sifatida chiqarib olinadi. Ba‘zi hollarda AVT aynan bitum olish uchun qoldiq 
bosim 3 dan 10 mm.rt.ust. gacha ushlab turiladigan qo‗shimcha vakuum 
kolonnasiga ega bo‗ladi. Haydashning asosiy parametrlari: harorat, vakkum 
chuqurligi va suv bug‗i sarfi. Odatda harorat 420°С, qoldiq bosim 30-70 
mm.rt.ust. da ta‘minlanadi. Parafin asosli xomashyo 10 mm.rt.ust. bosimda 
haydaladi, ammo bunda bitum moy bilan birlashadi [22]. Ajratish jarayoni 
rejimini rostlab turli hil penetretsiyali qoldiq bitumlarni olish mumkin.
Xalq xo‗jaligida neft bitumlarining keskin tanqisligi yuqori smolali 
neftlarni bitum ishlab chiqarish uchun o‗zlashtirish va foydalanishni taqozo 
etadi. Cho‗kindi bitumlar (asfaltlar) gudronni deasfaltizatsiya qilish jarayonidan 
olinadi. Chet davlatlarda, masalan, AQSh va Finlyandiyada bitum ishlab 
chiqarishga yoki oksidlangan bitum olish uchun xomashyo ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan xomashyoni deasfaltizatsiya qilish bo‗yicha qurilmalar 
foydalanish qilinadi. Deasfaltizatsiya rejimi (ekstraksiya kolonnada harorat 
gradiyenti, propan/xomashyo nisbati) talab qilinadigan bitum sifatidan kelib 
chiqib rostlab turiladi. Bunday jarayonda deasfaltizat (katalitik kreking, 
gidrokreking uchun xomashyo) qo‗shimcha mahsulot hisoblanadi. Odatda 
jarayon uchun bevosita bitum ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo‗lgan parafin 
asosli yoki aralash asosli neftlardan foydalaniladi. Jarayon bitum ishlab 
chiqarishning xomashyo resurslarini kengaytirishga imkon beradi. 


540 
Deasfaltizatsiya asfalti bitumlari kam miqdorda parafin naftenli 
birikmalar va ko‗p miqdorda smola va asfaltendan tarkib topib, bu ularning 
aynan usha neft gudronini oksidlanishidan olingan, o‗sha yumshash haroratdagi 
bitumlarga nisbatan kichik penetratsiyasi, plastiklik kichik intervali va ko‗p 
cho‗ziluvchanlik, mo‗rtlik harorati va kogeziyasiga olib keladi.
Sobiq SSSR hududida birorta ham bitum ishlab chiqarishga mo‗ljallangan 
deasfaltizatsiya qurilmasi mavjud emas edi. Mavjud bo‗lgan propan 
deasfaltizatsiyasi qurilmalari qoldiq moylar ishlab chiqarishga mo‗ljallangan. 
Bunda asfalt sifati tartibga solinmagan va nazorat qilinmaydi. Deasfaltizatsiya 
asfaltlari bitumlarni: oksidlash; to‗g‗ridan-to‗g‗ri haydalgan gudronni 
kompaundirlash; to‗g‗ridan-to‗g‗ri haydalgan gudron aralashmasini oksidlash; 
asfaltni 100
о
С gacha yumshash haroratida oksidlab keyinchalik uni gudron yoki 
moyni selektiv tozalash ekstrakti bilan suyultirish bilan qayta ishlanishi 
mumkin. 
Chet ellarda maxsus og‗ir neft navlaridan foydalanilishiga qaramay, 
chuqur vakuumli haydash tez-tez bitumning kerakli sifat ko‗rsatgichlarini 
ta‘minlay olmayapti. Vakuum qoldiqlarining qovushqoqligi va haroratga 
ta‘sirchanligini oshirish uchun, xomashyoning keng assortimentidan talab 
qilingan sifatdagi mahsulot olishga imkon beruvchi oksidlash jarayonidan 
foydalaniladi. Oksidlangan bitumlar qoldiq bitumga taqqoslaganda bir hil 
penetratsiyada yuqoriroq yumshash harorati va qovushqoqligiga ega bo‗ladi. 
Ikkilamchi jarayonlarning va ularning qoldiqlaridan bitum ishlab 
chiqarish uchun xomashyo sifatida foydalanishning rivojlanishi bitum ishlab 
chiqarish sanoatida oksidlash jarayonlarining rivojlanishining dastlabki sharti 
hisoblanadi. 
Bitumlarni olishda xomashyoni oksidlash jarayoni radikal – zanjirli 
mexanizm bo‗yicha olib boriladi. Kislorod organik birikma bilan reaksiyaga 
kirishganda vodorodni ajratadi yoki molekulaga kiritadi, yoki u va buni bir 
vaqtda bajaradi. Bunda erkin radikallar va gidroperekislarning oraliq 
mahsulotlar sifatida hosil bo‗lishi yuz beradi. Zanjirli reaksiya kelib chiqadi. 


541 
Zanjirlarning uzilishi radikallarning rekombinatsiyasi natijasida yuz beradi. Bir 
vaqtning o‗zida ko‗plab reaksiyalar kechadi: oksidlangan degidrirlanish, 
dealkillash, 
oksidlangan 
polimerizatsiya, 
polikondensatsiya, 
uning 
mahsulotlarinig keyinchalik zichlanishi bilan olib boriladi. Neft uglevodorodlari 
(moylar) eng ko‗p reaksion qobiliyatli hisoblanib, ular oksidlanish jarayonida 
asosan ikki yo‗nalishda o‗zgaradi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish