Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
 
 


520 
Xulosa
Neftni birlamchi qayta ishlash va olingan mahsulotlarni qayta ishlash 
natijasida olingan mahsulotlarni yonilg‗i, surkov moyi yoki kimyo sanoatida 
xomashyo sifatida to‗g‗ridan - to‗g‗ri ishlatish mumkin emas Buning uchun 
kerak bo‗lmagan moddalarni ba‘zi bir reagentlar bilan kimyoviy birikmalar 
shaklida chiqazib tashlanadi. Ba‘zan neft mahsulotlarini fizikaviy usul bilan 
uglevodorod tarkibini o‗zgartirmagan holda ma‘lum qismlarga ajratiladi. 
Reaktiv dvigatellarda ishlatiladigan yonilg‗ilar ma‘lum talablarga javob berishi 
zarur. Yonish davrda forsunkalarda qoldiq qolishi man etiladi, qoldiq borgan 
sari ko‗payib, forsunkaga tiqilib qolishi mumkin. Yonish kameralarida qurum 
hosil bo‗lishi man etiladi. Ma‘lumki, neftning uglevodorod tarkibi parafinlardan, 
naftenlardan va aromatik uglevodorodlardan iboratdir. Bular bilan birga har xil 
chiqindi birikmalar, smolasimon moddalar bor. Neftning moylarini olishda 
fraksiya moylarining sifatini pasaytiruvchi birikmalardan erituvchilar yordamida 
tanlab tozalanadi. Surkovlarni sovunli quyuqlashtirgichlar yordamida ishlab 
chiqarish jarayonlari neftkimyoviy jarayonlarni qoldiqsiz ishlab chiqarish 
mumkinligi bilan boshqalardan farq qiladi va quyidagi asosiy bosqichlardan 
tuzilgan: xomashyoni dozirovka qilish, quyuqlashtirgichlarni tayyorlash va 
termokimyoviy dispergatsiyalash, qotishmalarni sovutish, gomogenezatsiyalash, 
fil‘trlash, deaeratsiya va qadoqlash ishlari amalga oshiriladi. Yuqori 
qovushqoqli sovunli-moyli konsentratlarni qizdirish yoki sovutish maxsus 
konstruksiyali issiqlik almashtirish apparatlarida samaralidir. Masalan, quvurli 
qirg‗ich issiqlik almashtirish apparatlarida sirt yuzasi doimo tozalanadi ya‘ni, 
kuchaygan adgeziyani salbiy ta‘sir qilishi bartaraf qilinadi va bundan tashqari 
qovushqoqlikni pasaytiruvchi yuqori siljuvchi kuchlanishlarni qo‗yish mumkin. 
Ko‗p tarmoqli to‗xtovsiz (polu) va ayniqsa to‗xtovsiz texnologik sxemalarda 
ko‗p tarmoqli mahsulotlarni va surkovlarni qayta haydashda nasoslarni to‗g‗ri 
tanlanishi 
muhimdir 
hamda 
tayyor 
mahsulotlarni 
to‗plagichlarning 
konfiguratsiyasi silliq boshqarishda va tayyor mahsulotlarni avtomatik 
tovarlashda muhim hisoblanadi. Surkovlarni tashish uchun qovushqoqligi yuqori 


521 
bo‗lganda rotorli-tishli va vintli nasoslar qo‗llaniladi. Yig‗gich-to‗plagichlar 
sifatida devorlari qizdiriladigan bunkerlardan foydalaniladi qaysiki, surkovlarni 
gomogenizatsiya klapanlari orqali yopiq sirkulyatsiya tizimi bilan jihozlangan. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish