|
Egаmberdiyevа Sаlimа RаyimоvnаBog'liq 1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.
Egаmberdiyevа Sаlimа Rаyimоvnа
-иқтисод фанлари номзоди, доцент,
E-mаil:
egаmberdiyevа.sаlimа
@bk.ru
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi sh., О‘zbekiston
Annotatsiya. Ushbu maqolada moliyaviy hisobotning konseptual asoslarining yangi tahririga
asosan qishloq xo‘jaligi korxonalari buxgalteriya balansida aktivlarning tarkibi bo‘yicha takliflar
ishlab chiqilgan. Buxgalteriya balansida asosiy vositalarni turlari (klasslari) bo‘yicha
detallashtirish, investitsiyaviy mulklar, kabi moddalarni kiritish taklif etilgan. Maqolada qishloq
xo‘jaligida aktivlar hisobining tashkiliy-uslubiy jihatlari yoritilgan. Xalqaro standartlarga muvofiq,
aktivlarni buxgalteriya balansida tan olinishi tartibi keltirilgan. Korxonalarda kapital investisiyalar
hisobini zamon talablari asosida takomillashtirish maqsadida 21-son buxgalteriya hisobining milliy
standarti(BHMS)da nazarda tutilgan 0800-»Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» tizimi
nomi va maqomini o‘zgartirish yuzasidan tavsiyalar berilgan. Qishloq xo‘jaligida aktivlar hisobini
tashkil etish bo‘yicha xulosalar shakllantirilgan hamda takliflar ishlab chiqilgan. 1-son Buxgalteriya
hisobining xalqaro standartlari (BHXS)- “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” talablariga muvofiq
ravishda korxonalarda, jumladan qishloq xo‘jalik korxonalarida aktivlarning tasnifidan
foydalanish tartibi keltirilgan. Zamonaviylashtirish jarayonlari va ularga kiritilgan kapital
investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar tizimi tarkibiga kiruvchi schyotlar davlatimiz siyosatida
belgilangan innovasion jarayonlarning barcha yo‘nalishlari hamda mos ravishda ularga kiritilgan
kapital investisiyalarni bevosita aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lishini asoslagan.
|
| |