|
O‘simlik poyasi balandligini taqsimlanishiBog'liq 1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.O‘simlik poyasi balandligini taqsimlanishi
№
O‘simlik bo‘yi, sm
%
1
Pakana poyali (50-75 sm)
-
2
Kalta poyali (80-90 sm)
31
3
O‘rta poyali (95-100 sm)
47
4
Uzun poyali (100 sm dan yuqori)
22
Jami
100
Nav va namunalarning o‘rganilganda, o‘simlik bo‘yi o‘ta baland bo‘lmadi va yotib qolish
hodisasi kamroq uchradi. Tadqiqot natijasida pakana poyali nav va namunalar aniqlanmadi. Kalta
poyali 85-90 sm nav va namunalardan yotib qolishga chidamlilikda 9-ballga ega bo‘lgan namunalar
31% ni tashkil etganligi kuzatildi. O‘rta poyali 91-100 sm nav va namunalardan yotib qolishga
chidamliligi bo‘yicha 9-ballga ega bo‘lganlari 44% ni, o‘rta poyali 91-100 sm nav va namunalardan
yotib qolishga chidamliligi bo‘yicha 7-ballga ega bo‘lganlari 3% ni tashkil etdi.
Uzun poyali 100 smdan yuqori bo‘lgan nav va namunalardan yotib qolishga chidamliligi
bo‘yicha 9-ballga ega bo‘lganlari 7 % ni, 7 ballga ega bo‘lgani 13 % ni va 5 ballga ega bo‘lgani 2 %
ni tashkil etganligi kuzatildi.
Bu ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishida o‘simlik bo‘yi muhim ahamiyatga ega ekanligi
aniqlandi.
Boshoqning vazni boshoqdagi donning to‘lishishiga o‘zaro uzviy bog‘liq va don to‘lishish
davrida havo harorati 20
0
C bo‘lishi boshoq vazniga ijobiy ta’sir etadi [10]
.
Bir boshoqdagi donlar soni va boshoqdagi don og‘irligi hamda ming dona don vazni o‘zaro
korrelyativ bog‘liqlikka ega. Boshoqdagi donlar soni eng muhim ko‘rsatgichlardan biridir,
o‘simlikning serhosil ekanligi boshoqdagi donlar soni va joylashishiga bog‘liqdir. Masalan, qanchalik
zich va ko‘p bo‘lsa hosildorlik shunchalik oshib boradi. Tajriba maydonida o‘rganilayotgan raqobatli,
nazorat, seleksiya va kolleksiya ko‘chatzorlaridagi arpa nav va duragaylarining barchasi biometrik
tahlil qilinganda boshoq uzunligi, boshoq og‘irligi va bir boshoqdagi donlar soni andoza navlariga
nisbatan yuqori bo‘lganlari tanlab olinadi hamda keyingi bosqichlarga o‘tkaziladi.
Xulosa
Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijalariga ko‘ra, arpa nav va namunalarida duragaylash
natijasida ertapisharlik hususiyatiga ega bo‘lgan 5%, o‘rta pishar 68% va 27% o‘rtacha kech pishar
duragay avlodlari belgilab olindi hamda ertapishar navlar yaratish maqsadida seleksiya ishlarining
keyingi bosqichlariga o‘tkazildi. Arpaning sifat ko‘rsatgichini yaxshilashda mahalliy sharoitda
yaratilgan navlar va xorijdan keltirilgan namunalar o‘rtasida chatishtirish ishlari olib borilganda,
sanoat (ishlab chiqarish va qayta ishlash) talablariga mos ekanligi aniqlandi.
Shuningdek, duragay avlodli arpa namunalarida 85-90 sm kalta poyali namunalar 31% ni
tashkil etgan bo‘lsa, 91-100 sm o‘rta poyali namunalar 44 % ni tashkil etib, yotib qolishga
chidamliligi bo‘yicha barchasida 9-ballga ega bo‘lganligi aniqlandi. Arpa o‘simligining o‘simlik
bo‘yi o‘rta bo‘yli bo‘lib, birinchi bo‘g‘in oralig‘i qisqa bo‘lgan o‘simliklar yotib qolishga chidamli
ekanligini aniqlandi.
|
| |