• Tadqiqot usullari
  • Tadqiqot natijalari
  • Qarshi muhandislik-iqtisodiyot




    Download 26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/157
    Sana01.08.2024
    Hajmi26 Mb.
    #269016
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   157
    Bog'liq
    1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.

    .
    Tadqiqot maqsadi.
    Respublikaning janubiy mintaqalari sug‘oriladigan maydonlari tuproq-
    iqlim sharoitlariga mos arpaning ertapishar va tashqi muhitning noqulay omillariga va yotib qolishga 
    chidamli, hosildor, donning texnologik sifat ko‘rsatkichlari sanoat talablariga javob beradigan arpa 
    navini yaratish. 
    Tadqiqot usullari 
     
    Dala va laboratoriya tajribalari Butunrossiya O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti uslubiy 
    qo‘llanmasi (1985) asosida amalga oshirilgan.
    Tajriba maydonlarining tahlili uchun tuproq namunalari «Методы агрохимических, 
    агрофизических и микробиологических исследований в поливных хлопковых районах» (1963) 
    usullari bo‘yicha olingan. Tadqiqotlar Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti markaziy tajriba 
    xo‘jaligida olib borilgan. Fenologik kuzatuvlar va biometrik tahlillar esa Qishloq xo‘jalik ekinlari 
    navlarini sinash davlat komissiyasining uslubiy qo‘llanmasi (1989) bo‘yicha olib borilgan. 
    O‘simlik va don tarkibidagi texnologik sifat ko‘rsatgichlari, natura, 1000 dona don massasi va 
    boshqa ko‘rsatgichlar Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyalarida uslublar 
    bo‘yicha aniqlangan. 
    Tadqiqot natijalari 
     
    Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida arpa navlarining istiqbolli navlarini yaratish, 
    tanlash borasida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Institutda xalqaro tashkilotlar va ilmiy-
    tadqiqot institutlaridan keltirilgan hamda mahalliy navlardan hosildorlik va sifat ko‘rsatgichlari 
    yuqori, tashqi muhitning noqulay sharoitlari ta’siriga chidamli bo‘lgan nav va namunalar ustida 
    seleksiya ishlari olib borilib, chatishtirish ishlari o‘tkazildi. 
    2022-yil hosili uchun jami 27 ta kombinatsiyada 81 ta duragaylar ekib o‘rganilib, shundan
    18 ta kombinatsiyada F1 bo‘g‘inida, 9 ta kombinatsiyada F2-F4 bo‘g‘inlarida seleksiya ishlarini olib 
    borildi. 
    Duragay ko‘chatzorida ekilgan arpa namunalari dala va laboratoriya sharoitlarida ham ota-ona 
    formalariga bog‘liqligi, o‘simliklar tashqi ko‘rinishi, o‘simliklarning bo‘yi, o‘simliklarining yotib 
    qolishga, kasalliklarga chidamliligi, boshoq tuzilishi, boshoq uzunligi, boshoqdagi boshoqchalarning 
    joylashishi (zichligi) hamda donining yirikligi, ming dona don vazni va boshqa ko‘rsatgichlari 
    atroflicha baholandi. 
    Bundan tashqari, yangi arpa navlarini yaratish maqsadida chatishtirish va duragay avlodlarni 
    sinash ko‘chatzorlarida 2023-yil hosili uchun 12 ta kombinatsiyada 60 ta boshoqlar mahalliy va 
    xorijdan keltirilgan arpa nav va namunalari ham chatishtirildi (1-jadval). 
    Fenologik kuzatishlar bo‘yicha rivojlanish fazalarining to‘liq (75 foiz) o‘tishi oyning qaysi 
    kuniga to‘g‘ri kelish sanasi dala jurnalga yozib borildi. Buning uchun o‘simliklarni har kuni
    kuzatildi [6-7]
    .


     INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr 
    ISSN 2181-4732 
    115 
    Tajribada navlarni ekish muddatlari ham hisobga olindi. Shular asosida va o‘rganilgan 
    duragaylarni ayrim rivojlanish fazalari orasidagi davrlarning (fazalararo davr) davomiyligi asosida 
    vegetatsiya davri hamda tezpisharligi aniqlandi. 
    Arpaning F
    1
    duragay avlodlarida unib chiqish-boshoqlash davri 143-147 kun oralig‘ida 
    bo‘lganligi kuzatildi. Duragaylarning to‘liq pishish 182-185 kunga to‘g‘ri kelganligi qayd qilindi. 
    Duragay avlodlari orasidan ertapisharlik hususiyatiga ega bo‘lgan 5%, o‘rta pishar 68% va 27% 
    o‘rtacha kech pishar duragay avlodlari belgilab olindi va ertapishar navlar yaratish maqsadida 
    seleksiya ishlarining keyin bosqichlariga o‘tkazildi. 
    Bundan tashqari arpaning 45 ta duragay avlodlaridan ota va ona formalardan ko‘rsatkichlari 
    ustun bo‘lgan o‘simlik boshoqlari tanlab olindi hamda tashqi agronomik belgi va xususiyatlariga 
    ko‘ra seleksiyaning keyingi bosqichlariga o‘tkaziladi. 
    1-jadval 

    Download 26 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   157




    Download 26 Mb.
    Pdf ko'rish