|
ARPA NAV VA DURAGAYLARI HAMDA SELEKSIYa IShLARIBog'liq 1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.ARPA NAV VA DURAGAYLARI HAMDA SELEKSIYa IShLARI
Sarmanov Sherzod Shermaxmatovich
1
-
qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),
katta ilmiy xodim,
navruzbek2007@gmail.ru
Mirzaev Nuriddin Fayzullaevich
2
- qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),
mnuriddin2020@gmail.ru
Jo‘raev Xusniddin Madatovich
3
-magistrant,
navruzbek2007@gmail.ru
1
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qarshi sh., O‘zbekiston
2
“TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Qarshi sh., O‘zbekiston
3
Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent sh., Oʻzbekiston
Annotatsiya. Mamlakatimizda yetishtirilgan arpa hosilining 10-15% oziq-ovqat sanoati
uchun xomashyo sifatida ishlatiladi, arpa doni tarkibida odam organizmida tez hazm bo‘ladigan
karbonsuvlar, har xil aminokislotalar, oqsil va mineral moddalar ko‘p saqlanadi. G‘allachilikda don
hosildorligi va sifatini oshirishda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlardan, birinchi navbatda, yuqori
mahsuldor navlardan foydalanish ularni biologik xususiyatlarini o‘rganib, ular bilan to‘g‘ri
munosabatda bo‘lish ijobiy natijalarga erishish mumkin. Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot
institutida arpa navlarining istiqbolli navlarini yaratish, tanlash borasida bir qancha ilmiy
izlanishlar olib borilmoqda. 2022-yil hosili uchun jami 27 ta kombinatsiyada 81 ta duragaylar ekib
o‘rganilib, shundan 18 ta kombinatsiyada F1 bo‘g‘inida, 9 ta kombinatsiyada F2-F4 bo‘g‘inlarida
seleksiya ishlarini olib borilib, duragaylarni kuzatish natijasida ertapisharlik hususiyatiga ega
bo‘lgan 5%, o‘rta pishar 68% va 27% o‘rtacha kech pishar duragay avlodlari belgilab olindi hamda
seleksiyaning keying bosqichlari uchun 48 ta duragay avlodlari tanlab olindi.
Kalit so‘zlar: аrpa, don, seleksiya, do‘ragaylar, nav, namuna, manba, sifat, oqsil, natura,
hosildorlik, kasallik, chidamlilik.
УДК:
633.16; 633.256
|
| |