|
Raqamli texnologiyalar vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 1/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 164,53 Kb. | | #231514 |
Bog'liq BMI Тўйчиев Нодир
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKT sohasida Kasb Ta’limi fakulteti
“Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi
Davlat tashkiloti faoliyatini yoritib beruvchi
veb saytni ishlab chiqish.
(Xavfsiz daryo boshqarmasi misolida)
Toshkent - 2024 yil
MUNDARIJA
KIRISH
|
|
I BOB WEB SAYTLARNI ISHLAB CHIQISH VA RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
|
|
1.1.
|
Korporativ jamiyatda web saytlarning o‘rni
|
|
1.2.
|
Zamonaviy veb saytlarni ishlab chiqishda AKT va dasturlash tillarining ahamiyati
|
|
1.3.
|
Davlat tashkilotlari faoliyatini yoritib beruvchi web-saytlarning tahlili
|
|
II BOB “__________.uz” WEB-SAYTINI ISHLAB CHIQISH
|
|
2.1
|
Web-sayt ishlab chiqishning arxitekturasi
|
|
2.2
|
Web-saytni ishlab chiqishda foydalaniladigan dasturlash tillari
|
|
2.3
|
Web-saytning ichki va tashqi tuzilmasi
|
|
III BOB “_______.uz” WEB SAYTDAN FOYDALANISH YO‘RIQNOMASI
|
|
3.1
|
“_______.uz” web saytini tajriba-sinovidan o‘tkazish
|
|
3.2
|
“_______.uz” web saytini ishlash yo‘riqnomasi
|
|
3.3
|
“_______.uz” web saytini tajriba-sinov natijasi
|
|
IV BOB HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
|
|
4.1
|
Radiatsiya ta'sirining inson organizmga va atrof-muhitga zararli ta'siri.
|
|
4.2
|
Insonni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish usullari va vositalari.
|
|
XULOSA
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
|
|
ILOVA
|
|
Annotatsiya
Ushbu bitiruv malakaviy ishida “Davlat tashkiloti faoliyati”ni yotib beruvchi web-sayt ishlab chiqish tushunchasi hamda uni qay tartibda qurish bilan birgalikda asosiy faoliyatlarni raqamlashtirish va ommaga qanday ko‘rinishda uzatishni targ‘ib qiluvchi ma’lumot va amaliy ishlar keltirilgan.
Bu mavzuni yoritishda zamonaviy dasturlash tillari va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tashkilotning faoliyati, maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti hamda mazkur web saytdan ko‘zlangan maqsad tushuntirib o‘tildi.
Shu o‘rinda rivojlanga xorijiy davlatlardagi davlat tashkilotlari faoliyatlari qanday ko‘rinishda ommaga targ‘ib etilayotgani bilan bir qatorda Respublikamizda faoliyat yurituvchi va bevosita tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda faoliyat yurituvchi davlat tashkilotining internet tarmog‘ida qamrovni oshirish va jahon standartlariga mos keluvchi web sayt ishlab chiqish bo‘yicha izlanishlar olib borildi.
Annotation
In this graduation thesis, the concept of developing a website covering the "Activities of the State Organization" and how to build it together with the information and practical work promoting the digitization of the main activities and how to transmit them to the public are presented.
In covering this topic, using modern programming languages and information communication technologies, the activity, purpose, tasks, object and subject of the organization, as well as the intended purpose of this website were explained.
At this point, it is necessary to increase the coverage of the Internet network of the state organization that operates in our Republic and works directly with business entities, as well as how the activities of state organizations in foreign countries are promoted to the public, and the development of a website that meets world standards. researches were carried out.
Kirish
Hozirgi kunda web saytlarning o‘rni hayotimizning har sohasida katta ahamiyatga ega. Ularning o‘rni va ulardan osonlik bilan foydalanishning bir nechta muhim jihatlari mavjud Web saytlar, odamlar uchun o‘zgaruvchan ma’lumotlardan, yangiliklardan va so‘nggi voqealardan osonlik bilan foydalanish imkonini beradi. Eng so‘nggi yangiliklarni, sohalar bo‘yicha ma’lumotlarni va mavjud axborotlarni o‘qish, kuzatish va izlash imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Web saytlar orqali insonlar, turli sohalardagi malumotlarga oson kirishadi. Bu saytlar orqali o‘quvchi, talabalar, o‘qituvchilar va o‘z-o‘zini o‘zlashtirayotgan insonlar yangi bilimlar va sohalarda bo‘lgan rivojlanishlardan xabardor bo‘lishlari va o‘rganishlari hech kimga sir emas.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘idagi ommaviy axborot monitoringi chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish, axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 9-son, 223-modda) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov zimmasiga yuklansin.
|
| |