|
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
|
bet | 2/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 164,53 Kb. | | #231514 |
Bog'liq BMI Тўйчиев НодирO‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-dekabr, 807-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 807-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga kiritilayotgan qo‘shimchalar
1. Quyidagi tahrirdagi 41 va 42-bandlar qo‘shilsin:
“41. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida keltirilgan holatlar veb-sayt va (yoki) veb-sayt sahifasida joylashtirilgan axborotga ushbu veb-sayt foydalanuvchilari tomonidan qoldirilgan sharhlar matnida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjyerlarda aniqlansa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi tomonidan veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek blogerga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlarni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.
42. Veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek blogerga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlarni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibi 21-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
2. Quyidagi mazmundagi 21-ilova qo‘shilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga
21-ILOVA
Veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek blogerga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish
TARTIBI
1. Mazkur Tartib veb-sayt va (yoki) veb-sayt sahifasida joylashtirilgan axborotga ushbu veb-sayt foydalanuvchilari tomonidan qoldirilgan sharhlar matnida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjyerlarda (keyingi o‘rinlarda axborot resurslari deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlar aniqlangan holatda veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek blogerga ushbu axborotlarni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Tartibning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish imkoni mavjud bo‘lgan axborot resurslariga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
messenjer — foydalanuvchilarning onlayn rejimda Internet jahon axborot tarmog‘i orqali matn, audio, audiovizual va boshqa xabarlar va materiallar, boshqa ma’lumotlar orqali darhol almashish, tarqatish va uzatish, shuningdek ular o‘rtasidagi masofadan muloqot uchun mo‘ljallangan dastur, mobil ilova yoki veb-xizmat;
|
| |