INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr
ISSN 2181-4732
36
qo‘zg‘atuvchi moslama uchun zarur bo‘lgan bosimli suv oqimi nasos stansiyasining bosim quvuridan
olinadi. Hozirgi kunda GONlardan sanoatda turli maqsadlarda, jumladan
suyuqliklar, aralashmalar,
suspenziyalar, qattiq jismlarni past sathdan yuqori sathlarga yetkazib berishda muvaffaqiyatli
ravishda foydalanilmoqda.
Bosim ostida GON ga berilayotgan suv oqimi energiyasi unda
oqimning avankameradagi
bosimga nisbatan ancha katta bo‘lgan bosimini yuzaga keltiradi va bu farq loyqaning so‘rilishini va
uning pulpoprovod orqali tashqariga chiqarib tashlanishini ta’minlaydi.
1 – rasm. Nasos stansiyasi avankamerasini loyqa cho‘kmalaridan tozalash qurilmasi
sxemasi:
1 – nasosning so‘rish quvuri; 2 – nasos; 3 – gidrooqimchali nasos; 4 – bosim quvuri;
5 – bosimli
suv berish quvurchasi; 6 – loyqa qo‘zg‘atish uchun suv berish quvurchasi;
7 – loyqani olib ketish quvuri (pulpoprovod); 8 – xizmat ko‘prigi.
Nasos stansiyasining bosim quvuridan berilayotgan suv oqimining bir qismi loyqa
qo‘zg‘atuvchi moslamaga beriladi (2 – rasm).
Bu moslamaning asosiy vazifasi cho‘kib yotgan loyqa qatlamini
bosim ostida kichik
teshiklardan berilayotgan suv oqimi yordamida qo‘zg‘atish va so‘rilish uchun zarur konsistensiya
holiga keltirishdir. So‘rilish GONning konfuzori orqali amalga oshiriladi.
Taklif etilgan ushbu qurilma energiya iste’mol qiladigan maxsus nasosning yo‘qligi,
konstruksiyasining juda soddaligi, uni o‘rnatish va ishlatish uchun minimal xarajatlar talab etilishi
bilan boshqa qurilmalardan ijobiy tomondan katta farq qiladi.