|
GIDROARALASHMALARNI HAYDAB BERADIGAN GIDROOQIMCHALIBog'liq 1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.
GIDROARALASHMALARNI HAYDAB BERADIGAN GIDROOQIMCHALI
NASOSNING ASOSIY PARAMETRLARINI ANIQLASH
Urishev Bobaraim
1
- texnika fanlari doktori, professor,
E-mail: bob-urishev@mail.ru
Juraev Sanjar Rashidovich
2
–
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent,
E-mail: r.juraev.sanjar@gmail.com
Urishova Dilafro‘z Boboraimovna
1
– doktorant
1
Qarshi mihandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi sh., O‘zbekiston
2
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent sh., O‘zbekiston
Annotatsiya. Maqolada nasos stansiyalar suv qabul qilish inshooti (avankamera va suv qabul
qilish kameralari) tubini loyqa bosishi bilan bog‘liq muammolar yechimlarini topish bog‘liq
masalalar muhokama qilingan. Nasos stansiyasi avankamerasini stansiyasining ishlash davrida ham
nasos agregatlarini to‘xtatmasdan loyqa cho‘kmalaridan tozalash bo‘yicha gidrooqimchali
nasosdan foydalanishga asoslangan yangi qurilma taklif etilgan. Gidrooqimchali nasosning toza suv
va loyqa – suv, ya’ni gidroaralashmalarni haydab berish bo‘yicha napor – suv sarfi xarakteristikasini
ifodalovchi yangi analitik tenglamalari olingan. Olingan analitik ifoda yordamida gidrooqimchali
nasosning napor – suv sarfi xarakteristikasini hisoblash natijalari boshqa tadqiqotchilar tomonidan
olingan natijalarga mos kelishi grafiklarni taqqoslash natijasida aniqlangan. Nasos stansiyasi
avankamerasidan loyqa – suv aralashmalarini gidrooqimchali nasos yordamida chiqarib tashlash
jarayonining napor – suv sarfi xarakteristikalari qiymatlari aniqlangan.
Kalit so‘zlar
:
gidrooqimchali nasos, avankamera, gidroaralashma, nasos napori, nasos suv
sarfi, konfuzor, diffuzor, aralashtirish kamerasi, pulpoprovod.
|
| |