Parol – elektron pochtangiz uchun kalit so’z. Parol imkon qadar esingizdan
chiqmaydigan, birov topa olmaydigan, har qanday klaviaturada (ayniqsa, qo’l
telefoni klaviaturasida) ham tersa bo’ladigan harf va raqamlar to’plami bo’lishi
kerak.
Povtorite
parol –
parolni
takroran
yozing
(aniqlik
uchun).
Mobilniy telefon – qo’l telefoningizning raqami. Bu narsa
parol esingizdan chiqib
qolsa, uni SMS xabar yordamida tiklash uchun kerak. Biroq, telefon raqamingizni
oshkor qilgingiz kelmasa, «U menya net mobilnogo telefona» (menda qo’l telefoni
yo’q) degan linkni bosishingiz mumkin.
Barcha ma’lumotlar to’ldirilgach, «Zaregistrirovatsya» (Ro’yxatdano’tilsin)
tugmasi bosiladi.
Agar telefon raqamingizni kiritgan bo’lsangiz, «Zaregistrirovatsya» tugmasi
bosilgach, shu raqamga SMS-xabar yuboriladi. SMS-xabarda kelgan tasdiqlash
kodini endi ochilgan (SMS-xabardagi kodni kiriting)
oynasiga yozib, «Gotovo»
(Tayyor) tugmasi bosiladi. SMS-xabardagi kod tasdiqlangan zahoti yangi ochilgan
pochta
qutingiz ochilib, undan foydalana boshlaysiz. Pochta
qutingizning bosh
sahifasida «Vxodyashie»
(«Kelgan xatlar») bo’limi ochiladi. Unda Mayl.ru pochta xizmatidan kelgan
«Mayl.ru ga xush kelibsiz» hamda «Mayl.ru.ning mobil versiyasi» deb nomlangan
ikkita xat turgan bo’ladi. Ularni o’qib, Mayl.ru pochta
qutisi va uning eng yangi
imkoniyatlari haqida to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
Pochta bilan ishlash sahifasi bir nechta bo’limdan iborat. Chap ta’rafda