Amalda, uchinchi turdagi imzoni hisoblash va uni tekshirishning maxsus
algoritmlariga asoslangan raqamli imzo tizimlaridan keng foydalaniladi.
Maxsus ERI algoritmlari raqamli imzoni hisoblash va imzoni tekshirish
qismlaridan iborat. Raqamli imzoni hisoblash qismi imzo qo’yuvchining maxfiy kaliti va
imzolanishi kerak bo’lgan hujjatning xesh qiymatiga boғliq bo’ladi. Imzoni tekshirish
qismi imzo egasining ochiq kalitiga va qabul qilib olingan
hujjatning xesh qiymatiga
boғliq holda amalga oshiriladi.