|
Standart ERI algoritmlari standartlari Pdf ko'rish
|
bet | 157/161 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 5,02 Mb. | | #144822 |
Bog'liq Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova PayzullaevnaStandart ERI algoritmlari standartlari
Maxsus ERI standartlari turkumiga:
1. Rossiya ERI standarti: GOST R 34.10-94 va uning elliptik egri chiziqda
takomillashtirilgan varianti GOST R 34.10-2001;
2. Amerika ERI standarti: DSA va uning elliptik egri chiziqda
takomillashtirilgan varianti ECDSA -2000;
3. O’zbekiston Respublikasi standarti: O’zDSt 1092:2005;
algoritmlari misol bo’la oladi
Raqamli imzo bitlar ketma-ketligida ifodalangan biror sondan iborat. SHuning
uchun uni boshqa elektron hujjatlarga ko’chirish yoki o’zgartirish kiritish katta
qiyinchilik tuғdirmaydi. SHuning uchun elektron hujjat almashinuvi tizimida ERI ni
qalbakilashtirishning oldini olish chora - tadbirlari – ERI algoritmining elektron
hujjatlarni qalbakilashtirishga bardoshliligi masalasini yechish talab etiladi.
ERI algoritmining bardoshliligi quydagi uchta masalaning murakkabligi bilan aniqlanadi:
-imzoni qalbakilashtirish, berilgan hujjatga, maxfiy kalitga ega bo’lmagan holda
to’ғri imzo hisoblash;
- imzolangan ma’lumotni tashkil etish, maxfiy kalitga ega bo’lmagan holda to’ғri
imzolangan ma’lumotni topish;
-ma’lumotni almashtirish, bir xil imzoga ega bo’lgan ikkita har xil ma’lumotni
topish.
Keltirilgan ERI algoritmlari standartlari bardoshliliklari diskret logarifimlash va
elliptik egri chiziq ratsional nuqtalari ustida amallar bajarish masalalarining
murakkabligiga asoslangan.
Nazorat savollari
1. Axborot-kommunikatsiya tizimlarida raqamli imzoning elektron xujjatli
ma’lumotlar almashinuvidagi mohiyatini izohlang va u orqali yechiladigan
masalalarga misollar keltiring.
2. Simmetrik shifrlash algoritmi asosida amalga oshirilgan ERI algoritmini bir
martalik qo’llanishli ekanligini tushintiring.
3. Asimmetrik shifrlash algoritmi asosida ERI algoritmini amalga oshirishni
qulaylik va kriptografik kamchiliklarini tushintiring.
4. Ma’sus yaratilgan ERI standart algoritmlarini kriptografik samaralilik
xususiyatlarini izohlang.
|
| |