turdagi axborot bilan ishlash (yig'ish, saqlash va h.k.) uchun har xil texnik
xarakteristikalarga ega bo'lgan axborot qurilmalari kerak bo'ladi.
Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojianishi va o'ta kuchli
protsessorii kompyuteriaming yaratilishi axborotlami qayta ishlash imkoniyatlarini
kengaytirmoqda.
Interfeys kompyuterning imkoniyatlarini kengaytimvchi qurilma bo'lib,
uning
asosiy vazifasi tashqi qurilmalardan kiritiladigan ma'lumot (signal)larni kompyuterda
qayta ishlash uchun quiay holga keltirishdan iborat.
Hozirgi kunda ta'lim sohasida o'qitishni avtomatlashtirishga katta e'tibor berilmoqda.
Chunki zamonaviy o'qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy
natijalar beradi. O'qitishni avtomatlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot
texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilami kiritish mumkin:
a) ta'lim tizimining barcha pog'onalarida axborotlashtirishning yetakchi bo'g'inligini
ta'minlash;
b) barcha sohalar bo'yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojiantirishni loyihalash
va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;
d) axborotlashtirish sohalarida me'yoriy bazalarni yaratish (koordinatsiyalar,
metodlar,
ilmiy-metodikbiriashmalarvah.k.);
e) texnik ta'minotni — kompyuteriar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari
(fotoapparatdan mikroskopgacha), ularga xizmat ko'rsatish uchun kerakli materiallami
yaratish;
f) telekommunikatsiya (havo orqali, yerning sun'iy yo'ldoshlari
va boshqa aloqa
kanallari) tarmoqlari;
g)
ta'minot
resurslari
(dasturiy
ta'minot,
internetdagi
axborotlar
majmui,
ma'lumotnomalarvah.k.).
Axborot texnologiyasidan foydalanish va uni biror-bir sohaga tatbiq etish o'z ichiga qator
vazifalami oladi. Quyida axborotlashgan faoliyat obyektiari haqida gap yuritamiz.
Bunday obyektiarga sonlar (o'lchash va modellashtirish natijala-ri), matniar,
tasviriy axborotning statistikva dinamik ifodalari, rasmlar, chizmalar va annimatsiyalar,
ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa va boshqalar) kiradi.
Foydalanuvchining mustaqil va ongli ravishda olib boradigan
faoliyatiga axborot
obyektiarini yaratish, kerakli axborot obyektiarini izlash, axborotlami yig'ish, tahlil qilish
va ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli ko'rinishda tasvirlash,
axborot obyektiarini
(matn, suhbat, rasm, o'yin va boshqa ko'rinishda) uzatish, modellashtirish, loyihalash,
obyektiami rejalashtirish va boshqalar kiradi.
Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallami ongli va rejali amalga
oshirishda o'zlashtiriladi. Bujarayon quyidagilami o'z ichiga oladi:
• kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va
ovoz eshittirish qurilmasi, skaner,
raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti,
musiqali klaviatura
kabilar hamda ularning dasturiy ta'minoti;
• uskunaviy, dasturiy ta'minot;
• virtual matn konstmktoriari, multiplikatsiyalar,
musiqalar, fizik modellar, geografik
xaritalar, ekran protsessoriari va h.k.;
• axborotlar majmui — ma'lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va h.k.;
• texnik ko'mkmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan
ma'lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o'zlashtirish va h.k.)