• Axborot texnologiyalari
  • Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/161
    Sana24.01.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #144822
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna

    III-bosqich. 
    Yakuniy 
    bosqich. 
    (10 daqiqa) 
    Mashg’ulot yakuni: 
    1.Faol 
    ishtirok 
    etgan 
    o’quvchilrni 
    javoblarini 
    izohlab 
    baholanadi 
    va 
    rag’batlantiriladi. 
    Uyga vazifa berilishi: 
    2.Kelgusi mashg’ulotga tayyorgarlik 
    ko’rish uchun topshiriqlar va 
    foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati 
    beriladi. 
    Baholar bilan 
    tanishtiriladi. 
    Eshitadilar va 
    topshiriqni yozib 
    oladilar. 
     


    1-Mavzu:Axborot va uning turlari. Axborotning bit o‘lchov birligi. Axborot 
    xususiyatlari. 
    Reja: 
    1. «Axborot texnologiyalari» haqida tusuncha. 
    2. «Axborot texnologiyasi» fanining mohiyatini
    3. Axborot texnologiyasidan foydalanish 
    4. Axboriy jarayonlar va informatika fani. 
    5. Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha 
     
    Yangi o'quv fani bo'lgan «Axborot texnologiyalari» fanida axborotlar, ularning 
    xossalari, axborot tizimlari va vazifalari, axborotlarni qayta ishlash, axborotlaming 
    amaliy ahamiyati va boshqa xususiyatlari o'rgatiladi. «Axborot texnologiyasi» fani 
    matematika, fizika, informatika va boshqa qator fanlar bilan bevosita bog'liq. 
    «Axborot texnologiyalari» iborasidagi «texnologiya» so'zi lotincha «thexnos» — san'at, 
    hunar, soha va «logos» — fan degan ma'noni bildiradi. Ya'ni texnologiya — biror 
    vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko'rinishini bildiradi. 
    Axborot texnologiyalari axborotlarni yig'ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va 
    vositalari majmuidir. 
    Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojianishini belgilovchi ichki va 
    tashqi omillar mavjud bo'lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: 
    Ichki omillar — bu axborotlaming paydo bo'lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, 
    axborotlar bilan turii amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k. 
    Tashqi omillar — bu axborot texnologiyasining texnik-uskunaviy vositalar orqali 
    axborotlar bilan turii vazifalami amalga oshirish-ni bildiradi.
    Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga 
    harakat qilamiz. Siz biror ma'lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit'a)da 
    yashovchi o'rtog'ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, deylik. Buni turii yo'llar orqali amalga 
    oshirishingiz mumkin. Siz o'rtog'ingizga o'z fikringizni (o'z navbatida, o'rtog'ingiz ham 
    sizgajavoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin: 
    1) aloqa bo'limi orqali (yozma ravishda); 
    2) telefon tarmoqlari orqali (og'zaki); 
    3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali. 
    Hayotiy tajriba shuni ko'rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo'ladi va 
    natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o'zingiz belgilab olasiz. 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarish-dan oldin uni amalga 
    oshirish uchun ketadigan mablag'larni chamalab ko'rishingiz lozim, aks holda uni amalga 
    oshira olmasligingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko'rsatilgan usullardan foydalanish 
    uzatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog'liq. 


    Pirovardida, o'zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon (hech bo'lmaganda arzonrog'i) va 
    sifati yuqori bo'lgan usuini belgilab olasiz. 
    Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1- va 2-bandda ko'rsatilgan usullar bilan 
    yoshligingizdayoq tanishib olgansiz va undan foydalanishni yaxshi bilasiz. Zamonaviy 
    telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot ko'nikma va 
    malakalariga bog'liq. Shuning uchun dastlab zamonaviy telekommunikatsiya 
    vositalarining o'zi nimaligini bilib olishingiz kerak. 
    Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlarijuda keng tizim bo'lib, unga 
    «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanidan ma'lum bo'lgan kompyuter
    multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan 
    tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot 
    tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma'lumotlar ombori, ma'lumotlar 
    omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi. 
    XX asming 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojianib ketdi. 
    Bizning asrimiz, ya'ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz 
    atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy 
    xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni 
    qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasawur qilish qiyin. 
    Hozirgi kunda har bir tashkilot, o'quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha 
    sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samaradoriigini oshirish maqsadida 
    boshqaruvjarayonlarini ma'lum darajada avtomatlashtirishga oid muammolarni yechish 
    bilan shug'ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, 
    ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko'radi 
    va pirovardida o'zida avtomatlashtirish uchun kerak bo'ladigan texnikjihozlami xarid 
    qiladi. Albatta, tashkilotlarga o'matilgan avtomatlashtirish jihozlari yildan-yilga 
    yangilanib, texnikjihatdan takomillashtirib boriladi. 
    XX asming so'nggi o'n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish 
    juda rivojiandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta 
    ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o'z navbatidajamiyatning har 
    bir a'zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini, uning qoida va 
    qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi. 
    Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so'ng, axborotlashtirish va axborot 
    texnologiyalaridan 
    foydalanish 
    yo'nalishida 
    katta 
    tadbirlar 
    amalga 
    oshirildi. 
    Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunda bu dasturning tub 
    mohiyati bayon etilgan. Shuningdek, so'nggi 5—6 yil ichida bu sohada qabul qilingan 
    qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insoniy orzu-niyatga 
    aylangamigidan dalolat beradi. 
    Endi «Axborot texnologiyasi» fanining mohiyatini yoritishga o'tamiz. 

    Download 5,02 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish