18-MAVZU: Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy ma'lumot.
REJA:
1. Tarmoq-maqsad va vazifalari
.
2. Lokal hisoblash tarmog’i.
3. Token-Ring tarmog’i.
Internet tushunchasi. Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko’rsatuvchi
jahon global kompyuter tarmog’idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni
“International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks”
«tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompьyuter tarmoqlarni
birlashtiruvchi axborot tizimi bo’lib, o’zining alohida axborot maydoniga ega bo’lgan
virtual to’plamdan tashkil topadi.
Internet tarmog’i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o’zaro ma’lumotlar
almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog’ining har bir mijozi o’zining
shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin.
Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko’rib chiqish, Nyu-Yorkdagi
Metropoliten muzeyining oxirgi ko’rgazmasiga qo’yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro
anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa
mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog’i mijozlari bilan shaxmat o’ynash
mumkin.