Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/161
Sana24.01.2024
Hajmi5,02 Mb.
#144822
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   161
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna

Internetga bog’lanish. Internet tarmog’iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik 
tola, sun’iy yo’ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon 
liniyasi) bo’yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, ya’ni uzib-
ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko’rinishida amalga oshiriladi. 
Internet tarmog’iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari 
yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem 
qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu 
dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans 
tugatgandan so’ng telefon tarmog’i bo’shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi 
foydalaniishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug’i 
shundaki, ular Internetga to’g’ridan to’g’ri ulanishga imkon beradi. 
Telefon liniyasi orqali «CHaqiruv» bo’yicha Internetga bog’lanish Internet 
xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o’rtasida amalga oshiriladi. Bunda 
foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida Internetga 
to’g’ridan-to’g’ri ulanadi. 


Internet tarmog’iga nafaqat kabel yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki 
mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin. Internet tarmog’iga simsiz 
ulanish kompьyuter orqali yoki mobil telefonning o’zida amalga oshiriladi. Agar 
kompьyuter orqali Internetga simsiz ulanish kerak bo’lsa, u holda kompьyuterdan 
tashqari Internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator yoki provayderning simsiz 
ishlovchi modemi yoki xuddi shu vazifani bajaruvchi mobil telefon apparati zarur.
Agar mobil telefonning o’zida turib Internetga bog’lanish yoki undan foydalanish 
kerak bo’lsa, u holda Internet xizmatlarini ko’rsatuvchi mobil operatorning mijozi 
bo’lishingiz va unda GPRS xizmati yoqilgan bo’lishi talab qilinadi. Mobil aloqa 
vositalari yordamida Internetdan foydalanilganda WAP texnologiyasi internetdan simsiz 
foydalanish imkonini beradi. Mobil aloqa tarmoqlarida so’rovlarni va ma’lumotlarni 
uzatish uchun GPRS transport xizmatidan foydalaniladi. 
 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1. Tarmoq-maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
2. Lokal hisoblash tarmog’ deb nimaga aytiladi? 
3. Mijoz server tarmog’i nima? 

Download 5,02 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   161




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish