4.
Tarmoq sathi protokollari.
5.
IP-protokoli.
6.
Transport sathi protokollari. TCP va UDP protokollari.
TCP/IP protokollari stekining tuzilishi
TCP/IP protokoltar steki turli xil tarmoqlarni yagona ma'lumotlar
uzatish tizimiga
birlashtirilgan transport tizimini yaratish uchun mo'ljallangan ierarxik tartibga ega
protokollar to'plamidir. Tarmoqlarning xilma-xilligi OSI
modelining fizik va kanal
sathlarida "mahalliy" tarmoqlarni qurish texnologiyasidagi farq sifatida
tushuniladi. Hozirgi vaqtda TCP/IP protokollari steki Internetdagi asosiy ma'lumotlar uza
tish protokollaridir. Stekning nomi asosiy protokollarning nomlaridan kelib chiqqan: TCP
(Transmission Control Protocol) uztishlarni boshqarish protokoli va IP (Internet
protocol) tarmoqlararo protokol. Ko'pincha birlashtiriladigan tarmoqlarga tarmoq osti deb
ataladi va birlashgan tarmoq intertarmoq yoki Internet deb ataladi.
Internet protokollarining texnik spetsifikatsiyasi RFC (Request
for Comments)ning hujjatlari shaklida chiqariladi. RFCning hujjatlari Internetda, masalan
, http://www.rfc-editor.org saytidada chop etiladi.
TCP/IP protokollari steki modeli 4 ta sathdan iborat (RFC 1122).