arish uchun mo’ljallangan.
IGMP ma’lumotlarni bir vaqtning o’zida tarmoqning bir nechta tugunlariga uzatish uc
hun foydalaniladi, masalan,
tele va radioeshittirishni tashkillashtirish uchun (RFC
3376).
➢ Tarmoqlararo xabarlarni boshqarish protokoli ICMP (Internet
Control Message
Protocol) tarmoqda yordamchi vazifani o’ynaydi va u
IP protokolni to’ldirishga xizmat qiladi.
U paketni uzatishda yuzaga keladigan muammolarni to’g’rilash uchun mo’ljallanmaga
n:
agar paket yo’qolsa,
ICMP uni qayta jo’nata olmaydi.
ICMP protokolining vazifasi boshqacha bo’lib,
u foydalanuvchiga uning paketi bilan yuz bergan nostandart holatlarda xabar berish vo
sitasi hisoblanadi.
Bu vaqtda IP protokol paketni uzatadi va u haqida unutadi.
ICMP protokol esa tarmoq bo’yicha paket harakatini «kuzatadi» va,
agar marshrutizator tomonidan paket tashlab yuborilsa, bu xabar manba-
bog’lamaga yetkaziladi.
Bu orqali jo’natilgan paket va jo’natuvchi o’rtasida teskari aloqa o’rnatiladi.
Hozirgi vaqtda tarmoqlararo birgalikda harakatlanishni
amalga oshiruvchi eng keng
tarqalgan protokol IP protokolining 4-versiyasi (IPv4) hisoblanadi. IP-protikolining 6-
versiyasi (IPv6) bosqichma-bosqicha joriy etilmoqda.