Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/61
Sana26.01.2024
Hajmi8,39 Mb.
#146274
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61
Bog'liq
AX OMTMamarajabova X

Ishlab chiqarish ta’limi 
bo‘yicha direktor o‘rinbosari: 
S.Ravshanov 
Dars o‘tiladigan guruh 
Mashg‘ulot o‘tkaziladigan sana 
№ 13 -Mavzu: Axborot xavfsizligining texnik tizimi 
O‘quv mashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modeli 
Mashg‘ulot 
vaqti-80 daqiqa 
O‘quvchilar soni: 26 –31 gacha 
Mashg‘ulot 
shakli va turi 
Amaliy-yangi bilimlarni egallash bO‘yicha O‘quv 
mashg‘uloti 
O‘quv 
mashg‘ulot 
rejasi 
1. Axborot tizimlariga va ularning xavfsizligiga qO‘yilgan 
talablar 
2. 
Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash
3. 
Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari
4. 
Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: O‘quvchilarga Axborot xavfsizligining texnik 
tizimi bO‘yicha bilim va kO‘nikmalarini shakllantirish 
Mashg‘ulotdan kutilayotgan 
natijalar
Axborot xavfsizligining texnik talablari bO‘yicha 
O‘quvchilarda amaliy kO‘nikmalar shakllantirish 
Pedagogik vazifalar
- Axborot tizimlarida xavfsizlikni 
ta’minlashga 
qO‘yiladigan 
talablar bilan tanishtiradi; 
- Axborot tizimlari himoya tizimini 
baholashni O‘rgatadi; 
- Axborot
xavfsizligi boshqaruvining amaliy 
qoidalari bilan 
tanishtiradi 
va 
tasniflaydi. 
O‘quv faoliyati natijalari: 
- Axborot 
tizimlarida 
xavfsizlikni 
ta’minlashga 
qO‘yiladigan 
talablarini yoritib bera oladilar; 
- Axborot tizimlari himoya tizimini 
baholash bO‘yicha amaliy kO‘nikmani 
egallaydilar; 
- Axborot xavfsizligi boshqaruvining 
amaliy qoidalarini aytib bera oladilar 
va tasniflab beradilar.. 
O‘qitish metodlari 
Axborotli kichik ma’ruza, tushuntirish, 
namoyish etish, aqliy hujum 
O‘qitish vositalari 
O‘MT,ma’ruzalar matni, kompyuter, 
videoproektor, slayd 
O‘quv faoliyatini tashkil etish 
shakllari 
guruhli, juftlikda 
O‘qitish sharoiti 
Maxsus jixozlangan o‘quv xona 
(kompyuter o‘quv xonasi) 
Qaytar aloqaning yO‘l va 
vositalarining yO‘l va vositalari 
Tezkor so‘rov, savol-javob, test, misol 
va mashqlar, berilgan o‘quv 
topshiriqlarini baholash 


O‘QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI 
Ta’lim 
shakli Ish 
bosqichlari 
va vaqti 
Faoliyat mazmuni 
O‘qituvchining 
O‘quvchi- 
ning 
O‘quv 
mashg‘ulo 
-tiga kirish 
(5 daqiqa) 
Tashkiliy qism: 
O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi va 
davomatini tekshirish 
Mashg‘ulotga 
tayyorlanadi 
Tayanch bilimlarni faollashtirish 
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda 
o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga savollar 
beriladi, ularni baholaydi (1-ilova) 
Maqsad va vazifalarni belgilanishi 
2.Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va 
o‘qitish natijalari bilan tanishtiriladi; 
3.O‘quv ishlarida o‘quvchilarni baholash mezoni 
va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi (2-ilova); 
Ta’lim oluvchining bilimlarini faollashtirish 
4.Tezkor so‘rov, savol-javob, 
aqliy hujum 
texnikalari orqali bilimlarni faollashtiradi; 
Yangi o‘quv metodlari bayoni: 
5. 
Amaliy mashg‘ulotlarning rejasi va tuzilishiga 
muofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha 
xarakatlar tartibini bayon etadi. 
6. 
Mavzu bo‘yicha PowerPoint tartibida namoish va 
sharxlar bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy 
holatlarni bayon qiladi 
Yangi o‘quv materialini mustahkamlash 
7.Mustahkamlash uchun savollar beriladi. 
Savollarga 
javob 
beradilar 
Yozib 
oladilar 
2. Asosiy 
bosqich 
Guruhlarga 
bO‘linadilar. 
Javob 
beradilar 
(65 
daqiqa) 
Diqqat 
qiladilar 
Guruhlarda 
ishlaydilar 
Fikr 
almashadilar 
3. 
Yakuniy 
bosqich 
(10 daqiqa) 

Mashg‘ulot yakuni: 
1.O‘tilgan mavzu umumlashtiriladi, faol ishtirok 
etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va 
rag‘batlantiradi; 
Uyga vazifa berilishi: 
O‘z- O‘zini 
O‘zaro 
baholashni 
O‘tkazadilar. 
Topshiriqni 
yozadilar 
Mustaqil 
ishlash 
uchun 
adabiyotlar 
bilan 
tanishtiriladi; 
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish 
yuzasidan yo‘riqnoma beriladi 
Maxsus fan o‘qituvchisi: 
Mamaradjabova Xurshida 
O


O‘tilgan mavzularni takrorlash: 
O‘tgan dars 
yuzasidan 
―Aqliy hujum ― metodidan 
foydalanib savol-javob O‘tkaziladi. 
1. 
Operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalanish 
2. 
Mavjud tarmoqlar 
3. 
Tarmoq xavfsizligi imkoniyatlaridan foydalanish 
1- 
ilova 


2-ilova 
Baholash mezoni 
O‘quvchilarni dars jarayoni davomidagi ishtirokidan kelib chiqib, ularni 
baholash bo‘yicha o‘quvchilarni baholash mezonlari bilan tanishtiriladi: 
№ 
Baholash mazmuni 
Ballar 
Og‘zaki so‘rov quyidagi mezonlar 
asosida baholanadi 
Amaliy ish quyidagi 
mezonlar asosida baholanadi 
1. Mavzu atroflicha to‘liq, asosiy fikr 
va tuchunchalar o‘zlashtirilishiga 
erishilsa 
Berigan topshiriq og‘zaki va 
yozma nutq me‘yorlariga amal 
qilingan holda to‘g‘ri 
bajarilsa 

2. 
Маvzu asosan, asosiy fikr va 
tushunchalar qisman 
o‘zlashtirilishiga erishilsa 
Topshiriqni bajarishda 4 
tagacha xatolikka yo‘l qo‘yilsa 


Mavzu qisman o‘zlashtirilishiga 
erishilsa 
Topshiriqni bajarishda 7-8 
tagacha xatolikka yo‘l qo‘yilsa 


Mavzuning ba‘zi elementlarini 
o‘zlashtirilishiga erishilsa 
Topshiriqni bajarishda 8 
tadan ortiq xatolikka yo‘l 
qo‘yilsa 


Mavzuning O‘zlashtirilishi 
yuqoridagi talablar darajasida 
bO‘lmasa 



Yangi mavzu bayoni 
№-_13_-Mavzu: Axborot xavfsizligining texnik tizimi 
Reja: 
1. Axborot tizimlariga va ularning xavfsizligiga qO‘yilgan talablar 
2. 
Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash
3. 
Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari
4. 
Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi
1 Axborot tizimlariga va ularning xavfsizligiga qO‘yilgan talablar 
AT yaratilib ishga tushirilgandan sO‘ng uning asosiy ob’ekti axborot 
hisoblanadi. Tashkilotning barcha axborot resurlari, faoliyat kO‘rsatayotgan AT 
bilan bog‘liq ravishda ishlaydi.Axborot resursi tashkilotdagi barcha xujjatlar, 
shaxsiy ma’lumotlar vaxar xil turdagi axborotlarni O‘z ichiga oladi. SHunday 
ekan ATda asosiy himoyalanishi zarur bO‘lgan ob’ekt – buaxborotdir. Bundan 
tashqari ATning tO‘liq va samarali ishini ta’minlash uchun boshqa 
komponentlari (texnik, dasturiy vositalar) ning ham himoyasini ta’minlash zarur. 
Himoyani ta’minlashning hamma uchun umumiy bO‘lgan usul yoki algoritmi 
mavjud emas, shu sababli himoyani ta’minlash kompleks vositalar va chora 
tadbirlardan iborat xavfsizlik tizimini yaratishni kO‘zda tutadi. 
Xavfsizlik tiziminiyaratishdan oldin axborot xavfsizligiga bO‘lgan 
tahdidlarni, axborotlarning ruxsatsiz chiqib ketish va ruxsatsiz foydalanish 
yO‘llarini 
aniqlash 
lozim.Axborot 
xavfsizligiga 
bO‘lgan 
tahdidlar 
saqlanayotgan, uzatilayotgan va qayta ishlanayotgan axborotlar ruxsatsiz 
foydalanish, O‘g‘irlash va O‘zgartirishdan iborat bO‘lgan har qanday 
jarayondir. 
2 Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash 
Xavfsizlik tizimi axborot xavfsizligiga bO‘lgan tahdidlarni aniqlashi va 
ularning oldini olishi va quyidagi vazifalarni bajarishi zarur[34]: 
Axborotlarni tO‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatishda butunligi 
ta’minlash; 
Foydalanuvchilarning axborot resurslaridan vakolati doirasida foydalanishni 
ta’minlash; 
Axborotlarni O‘chirish, O‘zgartirish, nusxalash, O‘g‘irlashdan va shu kabi 
ruxsat etilmagan faoliyatlarni cheklash; 
ATlardagi shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash; 
Xavfsizlik tizimi ATlarining samaradorligini aniqlashning muhim 
kO‘rsatkichi hisoblanadi.AT xavfsizlik tizimitizimdagi mavjud axborot 
xavfsizligini ta’minlashmexanizmlarning tizim axborot resurslariga bO‘lgan 
taxdidlarga mosligi tushuniladi.Axborot xavfsizligiga bO‘lgan taxdidlar esa 
axborotning maxfiylik, tO‘lalik va foydalanishga ruxsat kabixususiyatlarini 
buzishga bO‘lgan xarakatlardir. 


ATlarda qO‘llaniladigan texnik va dasturiy vositalarga qarab turli xildagi 
taxdidlar bO‘lishi mumkin. Ushbu xurujlar vaqt O‘tishi bilan yangicha yO‘llar 
orqali amalga oshiraveriladi, shuning uchun tizim xavfsizligi ham doim 
yangilanib yangicha xavflarga tayyor turishi lozim. Tizimda har bir xavf uchun 
alohida xavfni bartaraf etuvchi mexanizm mavjud bO‘lishi lozim.Bu shart AT 
himoyalanganligining birinchi omili hisoblanadi.Ikkinchi omil mavjud 
mexanizmlarning yetarlicha mustaxkam bO‘lishi, mustaxkamlik xurujlar 
yangicha yO‘llar orqali amalga oshirilganda mexanizmning qay darajada 
qarshilik kO‘rsatishidir. Uchinchi omil esa xurujlar muvaffaqqiyatli amalga 
oshirilganda ATga qay darajada zarar yetkazishni aniqlashdir. 
Amaliyotda keltirilgan omillarni oldindan baholash va tahlil qilish juda 
murakkabdir.Korxona yoki tashkilot ATning himoyalanganligini baholash uchun 
axborot xavfsizligi auditi O‘tkazilishi zarur. 
3 Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari 
Korxona axborot xavfsizligi auditi axborot xavfsizligini ta’minlashning, 
uni tashkil etishning samarali choralaridan biridir. Axborot tizimi auditi 
korxonaning axborot xavfsizligi xolatini baxolaydi, tizimnmng zaif tomonlarini 
aniqlaydi, xavfsizlik tizimining axborot tizimiga mosligini hamda korxona 
axborot xavfsizligining kelajakdagi rivojlanish strategiyasini belgilab beradi. 
Korxona axborot tizimi axborot xavfsizligining talablariga javob berishi 
kerak. Ushbu talablar asosida korxonada axborot xavfsizligi kontseptsiyasi 
ishlab chiqilishi kerak. Bu kontseptsiyalar quyidagi ctandartlar asosida ishlab 
chiqiladi[34]: 
Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash. ISO 15408 [15]. Ushbu 
standartda axborot tizimini yaratishda kafolatli xavfsizlik va unga qO‘yilgan 
talablar batafsil yoritilgan. Lekin ushbu standartni xavfsizlikni baholashning 
universal kompleksi sifatida foydalanib bO‘lmaydi, bunda axborot tizimi 
xavfsizligining administrativ va ma’muriy huququiy masalalari kO‘zda 
tutilmagan. 
Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari. ISO/IEC 17799 (BS 7799- 
1:2000) [16]. Ushbu standart Britaniya standartlashtirish instituti (BSI) 
tomonidan ishlab chiqilgan va ikki qismdan iborat. Birinchi qismi (BS 7799 part 
1//Code of practice for Information Security Management)2000 yil Xalqaro 
Standartlashtirish tashkiloti tomonidan tasdiqlangan (ISO/IEC 17799). Ushbu 
standartda tashkilotning axborot xavfsizligini boshqarish tizimini yaratishning 
120 dan ortiq mexanizmlari yoritilgan. Bu mexanizmlar shu yO‘nalishdagi jaxon 
tajribasidan olingan namunalar bO‘lib, har qanday yO‘nalishdagi va hajmdagi 
tashkilotlarga qO‘llash mumkin. 
Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi. ISO/IEC 27001 (BS 7799- 
2:2002) [16]. Ushbu standart BS 7799 ning ikkinchi qismi (BS 7799 part 
2//Information Security management) bO‘lib, bunda axborot xavfsizligini 
boshqarish tizimini yaratishga, foydalanishga topshirishga, monitoring 
O‘tkazishga, qO‘llab quvvatlashga va takomillashtirishga qO‘yilgan talablar 
yoritilgan. 


Huquqiy choralar 
Tashkiliy choralar 
Administratoriya 
Texnik vositalar 
Axborot 
Dasturiy vositalar 
Ushbu standartlar asosida korxona yoki tashkilotlar O‘zining axborot 
xavfsizligi strategiyasini ishlab chiqishi mumkin. Bu strategiyada yordamida 
mavjudxavfsizlik 
tizimining 
xolatini 
aniqlash, 
axborotlar 
qiymatiga 
qarabxavfsizligini ta’minlash darajasini aniqlash,mavjud va amalga oshirilishi 
mumkin bO‘lgan xurujlarni aniqlash va ularga mos xavfsizlik mexanizmlari 
keltiriladi. Bundan tashqari audit O‘tkazilishi natijasidaaxborot xavfsizligini 
ta’minlash usul va metodlari ham aniqlanadi va joriy etiladi. 
4 Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi 
ATlarda xavfsizlikni ta’minlash kompleks chora tadbirlardan iboratdir, 
chunki xurujlar qaysi yO‘l bilan amalga oshirilishi aniq bO‘lmaydi, shu sababli 
xavfsizlik tizimi har qanday kO‘rinishdagi xurujlarga tayyor turishi zarur. 
AT xavfsizlik tizimini quyidagicha izohlash mumkin(Rasm 1.2.)[34]: 
AT xavfsizlik tizimi 
Xuquqiy choralaraxborotga ruxsat etilmagan murojaat qilishni amalga 
oshirishga intilayotgan shaxs yO‘lida turadigan ximoyadir, bu g‘arazli niyatli 
shaxsning ruxsat etilmagan maxfiy axborotlardan foydalanganda uning 
oqibatlarini kO‘rsatib beruvchi xujjatlardir. Axborotni ximoya qilishning bu 
jixati axborotni uzatishda va qayta ishlashdan yuridik meyorlarga rioya qilishni 
zarurligi bilan bog‘langandir. Axborotni ximoya qilishni xuquqiy meyorlariga 
mamlakatda xarakatda bO‘lgan qonunlar, buyruqlar va boshqa meyoriy 
dalolatnomalar tegishlidir, ular cheklangan miqdorda ishlatadigan axborot bilan 
murojaat qilish qoidalarini reglamentlaydi. Bu bilan ular axborotni ruxsat 
etilmagan ishlatishga tO‘siqlik kiladilar va buzg‘unchilarni ushlab turadigan 
omil xisoblanadi. 
Tashkiliy choralarmaxfiy ob’ektlarga jismoniy tomondan zarar yetkazish, 
ish faoliyatiga aralashish va O‘g‘irlanishi mumkin bO‘lgan yO‘llarni kuzatish, 
qO‘riqlashni amalga oshirishdir. Tashkilotda maxfiy ob’ektlar qO‘riqlanishi, 
begona shaxslarning kirishiga yO‘l qO‘ymaslik, agar begona 


shaxslar kirgan taqdirda ham ularni zudlik bilan aniqlash vositalarini O‘rnatish 
ya’ni signalizatsiyalar, video-kuzatuv uskunalari. Maxfiy axborot yoki xujjatlarni 
maxsus seyflarda saqlanishini tashkil qilish, axborot resurslari saqlanadigan 
hududlarga maxsus chegaralar O‘rnatish. Tashkiliy choralarga yana tabiiy 
ofatlar rO‘y bergan xolatlarda axborot xavfsizligini ta’minlash choralari ham 
kiradi.Tashkiliy choralarga ishchi xodimlar bilan ishlash, ishga olish ham kiradi 
bunda yangi xodimlarni tekshirish, ularni maxfiy axborot bilan ishlash tartibi 
bilan tanishtirish, uni qayta ishlash qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik 
choralari bilan tanishtirish va x.k. 
Administrativ choralar tizim resurslaridan foydalanish va ular ustidagi 
jarayonlarni amalga oshirishda foydalanuvchilarni guruhlarga bO‘lish hamda 
ularga rollar berish ishlarini amalga oshiradi.Foydalanuvchining roli deganda 
ma’lum axborot ustida ma’lum bir jarayonni amalga oshirishga berilgan ruxsat 
tushuniladi. Bundan tashqari maxfiy kalitlar va sertifikatlarniboshqarishni tashkil 
etishdir. 
Dasturiy vositalar ATlarni himoyalashda asosiysi sanaladi, yuqoridagi 
keltirilgan vositalarni buzib O‘tganda ham dasturiy vositalarxavflarga 
bardoshliligi bilan himoyani bartaraf etishi mumkin.Axborotni himoyalashda 
dasturiy vositalar ikki guruhga bO‘linadi. Birinchisi nokriptografik dasturiy 
vositalar antiviruslar, antispamlar va fayrvollardir. Antiviruslar tizim faoliyatiga 
halal beruvchi, tizimdagi ma’lumotlarni O‘g‘irlovchi va O‘zgartiruvchi 
dasturlarni aniqlash hamda faoliyatini tO‘xtashish uchun ishlatiladi.Fayrvollar 
kompyutertarmoqlarga qO‘yiladigan filtrlardir, bular tarmoqlardan tizimga 
ruxsatsiz kirish va keraksiz axborotlar oqimini tO‘xtatish uchun ishlatiladi. 
Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari – axborotni 
muhofaza qilish funksiyalarini (foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va 
autentifikatsiya qilish, resurslardan foydalana olishni cheklash, voqealarni qayd 
qilish, axborotni kriptografik himoyalash va shu kabilar) bajaradigan (mustaqil 
yoki boshqa vositalar bilan birgalikda) turli elektron qurilmalar va maxsus 
dasturlardir. 


Mustahkamlash uchun topshiriqlar 
1. Axborot tizimlariga va ularning xavfsizligiga qO‘yilgan talablar 
2. 
Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash
3. 
Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari
4. 
Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi 
Uyga vazifa
1. 
Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash 
2. 
Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari 
3. 
Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. 
Axborot 
texnologiyasi. 
Axborotlarni 
kriptografik 
muxofazasi. 
Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi” O‘zbekiston Davlat standarti. O‘zDSt 
1105:2006 
Vizual-didaktik resurslar 


“Tasdiqlayman” 

Download 8,39 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61




Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish