Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/61
Sana26.01.2024
Hajmi8,39 Mb.
#146274
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Bog'liq
AX OMTMamarajabova X

Ishlab chiqarish ta’limi 
bo‘yicha direktor o‘rinbosari: 
S.Ravshanov 
№ 12 -Mavzu: Kompyutеr sistеmalari va tarmoqlarida 
havfsizlik modеllari 
O‘quv mashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modeli 
Mashg‘ulot 
vaqti-80 daqiqa 
O‘quvchilar soni: 26 –31 gacha 
Mashg‘ulot 
shakli va turi 
Amaliy-yangi bilimlarni egallash bO‘yicha O‘quv 
mashg‘uloti 
O‘quv 
mashg‘ulot 
rejasi 
1. 
Tarmoq xavfsizligi 
2. 
Xavfsizlik nima uchun muhim 
3. 
Xavfsizlik bo‘yicha amaliy tayyorgarliklar 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: O‘quvchilarga Kompyutеr sistеmalari va 
tarmoqlarida havfsizlik 
modеllari bO‘yicha bilim va kO‘nikmalarini 
shakllantirish 
Mashg‘ulotdan kutilayotgan 
natijalar
O‘quvchilarda kompyuter 
sistemalari 
va 
tarmoqlarida 
havfsizlik modellari 
bO‘yicha 
kO‘nikmalarni shakllantirish. 
Pedagogik vazifalar
- Tarmoq 
xavfsizligi 
bO‘yicha 
kO‘rsatmalar beradi; 
- Xavfsizlikning muhumlik jihatlarini 
yoritib beradi; 
- Xavfsizlikni tashkil etish 
bO‘yicha amaliy kO‘rsatmalar 
beradi. 
O‘quv faoliyati natijalari: 
- Tarmoq 
xavfsizligi 
bO‘yicha 
kO‘nikmaga ega bO‘ladilar; 
- Xavfsizlikning muhumlik jihatlarini 
aytib bera oladilar; 
- Xavfsizlikni tashkil etish bO‘yicha 
amaliy kO‘rsatmalarni egallaydilar. 
O‘qitish metodlari 
Axborotli kichik ma’ruza, tushuntirish, 
namoyish etish, aqliy hujum 
O‘qitish vositalari 
O‘MT,ma’ruzalar matni, kompyuter, 
videoproektor, slayd 
O‘quv faoliyatini tashkil etish 
shakllari 
guruhli, juftlikda 
O‘qitish sharoiti 
Maxsus jixozlangan o‘quv xona 
(kompyuter o‘quv xonasi) 
Qaytar aloqaning yO‘l va 
vositalarining yO‘l va vositalari 
Tezkor so‘rov, savol-javob, test, misol 
va mashqlar, berilgan o‘quv 
topshiriqlarini baholash 


O‘QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI 
Ta’lim 
shakli Ish 
bosqichlari 
va vaqti 
Faoliyat mazmuni 
O‘qituvchining 
O‘quvchi- 
ning 
O‘quv 
mashg‘ulo 
-tiga kirish 
(5 daqiqa) 
Tashkiliy qism: 
O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi va 
davomatini tekshirish 
Mashg‘ulotga 
tayyorlanadi 
Tayanch bilimlarni faollashtirish 
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda 
o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga tezkor 
savol-javob 
metodidan foydalangan 
holda 
o‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi 
va o‘quvchilar diqqati jamlab olinadi (1-ilova) 
Maqsad va vazifalarni belgilanishi 
2.Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va 
o‘qitish natijalari bilan tanishtiriladi; 3.Mashg‘ulot
guruhli 
birgalikda
O‘rganish 
shaklida O‘tkazilishini va baholash mezonlarini 
ma’lum qiladi (2-ilova); 
Ta’lim oluvchining bilimlarini faollashtirish 
4.Tezkor so‘rov, savol-javob, 
aqliy hujum 
texnikalari orqali bilimlarni faollashtiradi; 
Savollarga 
javob 
beradilar 
2. Asosiy 
bosqich 
(65 
daqiqa) 
Yozib 
oladilar 
Guruhlarga 
bO‘linadilar. 
Javob 
beradilar 
Diqqat 
qiladilar 
Guruhlarda 
ishlaydilar 
Yangi o‘quv metodlari bayoni: 
5. 
Amaliy mashg‘ulotlarning rejasi va tuzilishiga 
muofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha 
xarakatlar tartibini bayon etadi. 
6. 
Mavzu bo‘yicha PowerPoint tartibida namoish va 
sharxlar bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy 
holatlarni bayon qiladi 
Yangi o‘quv materialini mustahkamlash 
7.Mustahkamlash uchun savollar beriladi. 
Fikr 
almashadilar 
3. 
Yakuniy 
bosqich 
(10 daqiqa) 

Mashg‘ulot yakuni: 
1. 
O‘tilgan mavzu umumlashtiriladi, faol ishtirok 
etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va 
rag‘batlantiradi; 
Uyga vazifa berilishi: 
Mustaqil 
ishlash 
uchun 
adabiyotlar 
bilan 
tanishtiriladi; 
2. 
Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish 
yuzasidan yo‘riqnoma beriladi 
O‘z- O‘zini 
O‘zaro 
baholashni 
O‘tkazadilar. 
Topshiriqni 
yozadilar 
Maxsus fan o‘qituvchisi: 
Mamaradjabova Xurshida 


O‘tilgan mavzularni takrorlash: 
O‘tgan dars 
yuzasidan tezkor savol-javob 
metodidan 
foydalanib savol-javob O‘tkaziladi. 
1. 
Ma'lumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalanish 
2. 
Ma'lumotlarni aloqa tizimlarida himoyalash 
3. 
Elеktron hujjatlarning yuridik ahamiyatini himoyalash 
1-ilova 
Baholash mezoni 
Guruhda ishlashni baholash jadvali 
2-ilova 


Guruh 
Javobning 
aniqligi va 
toliqligi (2- 
5 ball) 
Taqdim etilgan 
axborot 
yaqqolligi (2-5 
ball) 
Guruhning 
har bir 
a’zosi 
faolligi (2-5 
ball) 
Umumiy 
ball miqdori 
(2+3+4) 
Baho 
(5/4) 








Har bir guruh mezonlar bo‘yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini 
baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab boradi: 
5 ball - «a’lo»; 4– «yaxshi»; 3 – «qoniqarli»; 2 ball – «qoniqarsiz». 
Dars yakuni O‘qituvchi O‘tgan yangi mavzu bO‘yicha tushunmagan savollarga 
javob beradi,darsni mustahkamlashdagi O‘quvchilar javobini muhokama qilib, 
O‘quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi. 
Darsga faol ishtirok etgan O‘quvchilarni O‘qituvchi baholaydi 
O‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari 
86-100 % 
5 baho “a`lo” 
71 - 85% 
4 baho “yaxshi” 
55 – 70% 
3 baho «qoniqarli» 


Yangi mavzu bayoni 
№-_12_-Mavzu: Kompyutеr sistеmalari va tarmoqlarida havfsizlik 
modеllari. 
Reja: 
1. Tarmoq xavfsizligi 
2. 
Xavfsizlik nima uchun muhim
3. Xavfsizlik bo‘yicha amaliy 
tayyorgarliklar 1 Tarmoq xavfsizligi 
Yillar davomida tashkilotlar kichik shaharcha aholisi uylarining 
eshiklarini qulflamagandek tarmoq xavfsizligiga e’tiborsiz edi. Internet va 
global tarmoqning keng tarqalishi tarmoqqa bo‘lgan bunday munosabatga o‘z 
ta’sirini o‘tkazishi natijasida ochiq eshiklar yopiladigan va qulflanadigan bo‘ldi. 
2 Xavfsizlik nima uchun muhim? 
Xavfsizlik muhimdir, chunki kompyuter tizimlari va tarmoqlari 
himoyalanishi zarur bo‘lgan keng spektrdagi axborot va resurslarni o‘zida 
saqlaydi. Siz Internet orqali xarid qilish uchun o‘z kredit kartangizdan 
foydalanganingizda siz shartnoma tuzayotgan vaqtda internetdagi sotuvchi sizga 
xavfsiz aloqa ta’minlayotganiga ishonasiz va Siz berayotgan ma’lumotlar uchun 
hech qanday xavf yo‘qligiga ishonch bildirasiz Bugungi kundagi 
identifikatsiyaga tahdid yuqori bo‘lgan davrda tashkilot xodimlari Xavfsizlik 
bo‘limiga o‘zining ijtimoiy himoya nomeri yoki oilaga oid axborot kabi shaxsiy 
ma’lumotlari himoyadaligiga ishonadi. Talaba tajriba natijalarini kiritayotganida 
har gal kompyuterda ishlash imkoni borligi va dastur ishlayotganiga ishonch 
hosil qiladi. Bular nima uchun tarmoq xavfsizligi zarurligini namoyon etuvchi 
ba’zi 
sabablardir. 
Bu 
va 
boshqa 
sabablarni 
quyidagi
guruhlarga 
ajratishimiz 
mumkin: 
1. Axborot va resurslarni shunday himoyasiki, bunda tijorat yoki tashkilotlar 
muammo va uzilishlarsiz o‘z faoliyatini saqlab qoladi. 
2. Tibbiy yozuvlar kabi shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlanishi 
kafolatlanadi 
3. Identifikatsiya va kredit kartalarini o‘g‘irlanishidan himoya etadi. 
4. Ish jarayonlari oqimini oila a’zolari, talabalar va tashkilot xodimlarining 
ishlashi va o‘yinlar o‘ynashida to‘xtash va buzilishlar yuz bermaydigan etib, 
engillashtiradi. 
5. Kompyuter xakerlarini keyingi zararli hujumlar uyushtirishdan to‘xtatadi. 3 
Xavfsizlik bo‘yicha amaliy tayyorgarliklar 
Hujumlardan amaliy himoyalanish mustahkamlikni oshirish jarayonidagi 
qadamdir. Mustahkamlikni oshirish o‘z tarkibiga tarmoq himoyasi va operatsion 
tizim usullari orqali hujumni to‘xtatish yoki oldini olish 


uchun belgilangan 
vazifalarni qabul qiladi. Siz ishlayotgan 
tizimni 
mustahkamlash yo‘lida bir nechta umumiy qadamlar mavjud: 
1. Operatsion tizim va tarmoq himoyasi imkoniyatlari bo‘yicha imkoni 
boricha ko‘proq ma’lumot bilishga intiling va ulardan foydalanishni 
o‘rganing. 
2. Yangi hujumlar va ularni qayta ishlash uchun himoya tashklotlarining veb 
sahifalarida tez-tez maslaxat olib turing. 
3. Operatsion tizimni ishlatishingiz uchun absolyut zarur bo‘lgan xizmat va 
jarayonlarnigina yuriting va kerak bo‘lmaydiganlarini o‘chirib tashlang, 
chunki bunda hujumchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan ochiq TCP/UDP 
portlar va operatsion tizim dasturlari va jarayonlari sonini kamaytiradi (hujum 
maydonini kamaytirish deb ham ataladi). 
4. Imkon bo‘lsa, alohida server, fayrvol va marshrutizatorlardan foydalaning. 
Ko‘p funksiya bajaradigan kompyuter va tarmoq qurilmalari hujumchilar uchun 
ko‘p ochiq darchalar yaratishi mumkin. Masalan, internet, DNS va 
marshrutizatsiya funksiyalarini yagona serverda jamlamang. Alohida server va 
qurilmalarni boshqarish ham soddaroq, himoya etish ham osonroq. 
5. Operatsion tizimning foydalanuvchi login va parollari, himoyalangan 
guruhlar, huquqlar, himoyalanish siyosatlari, loginni o‘chirish, himoya 
protokollari, shifrlash va autentifikatsiya kabi himoya uchun mo‘ljallangan 
imkoniyatlarini o‘rganing va ulardan foydalaning. 
Hujumchilarga qarshi imkoni boricha ko‘proq to‘siqlar qo‘ying. 
6. Muntazam ravishda himoya tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
darchalarning joyini aniqlash va shu erga yo‘naltirilgan himoyalash kabi 
usullar qanday o‘rnatilganini tekshirib boring. 
7. Foydalanuvchilarni ongli ravishda himoyalanishga o‘rgatib boring. 
8. Hujum yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun doimiy ravishda operatsion 
tizimni nazorat qilib boring. 
9. Bir operatsion tizim, masalan, Mac OS X boshqa operatsion tizim, misol 
uchun, 
Windows 7 dan hujumga kamroq moyil, deb, xato qilmang. Barcha 
operatsion tizimlar o‘z nozik tomonlariga ega va hujumchilar barcha turdagi 
operatsion tizimlarga hujum uyushtirish uchun zararli dasturlar yozishadi. 
Android va iOS kabi mobil operatsion tizimlar ham bundan mustasno emas. 
Masalan, Android asosidagi smartfon va planshetlar chiqqanining birinchi 


yilidayoq ularga bo‘lgan hujumlar soni asosan dastur yuklash orqali hujum 
hisobiga 400 foizga oshdi. iOS mobil qurilmalariga bo‘lgan hujumlar Android 
qurilmalariga nisbatan ko‘p bo‘lmaganiga qaramasdan, ularga bo‘lgan hurujlar 
ham o‘sdi. 
Operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalanish 
Operatsion tizimlar tizim mustahkamligini ta’minlovchi ko‘p 
imkoniyatlarga ega. Sozlash mumkin bo‘lgan imkoniyatlarning ba’zilari 
quyidagilardir: 
1. Tarmoq tizimida ro‘yxatdan o‘tgan har bir foydalanuvchi tizimga 
mustahkam parolь bilan kirishni talab eting. 
2. Foydalanuvchilar tarmoqqa kirishi vaqtida autentifikatsiya va shifrlashning 
operatsion tizimlaringiz taklif eta oladigan eng mukammal shakllaridan 
foydalaning. 
3. Tarmoq ulanishlari uchun raqamli sertifikatsiyali himoyadan foydalaning. 
Raqamli sertifikatsiya tarmoq kompyuterlari o‘rtasida uzatish asl ekanligini 
tekshirish, ya’ni ulanayotgan qurilmalar haqiqatda o‘zligi ekanligiga ishonch 
hosil qilish uchun zarur. 
4. Jild va fayllar xavfsizligi uchun huquqlarni sozlab qo‘ying. 
5. Umumiy foydalanish huquqlari kabi umumiy foydalaniladigan resurs 
himoyasidan flydalaning. 
6. Foydalanuvchilar uchun “qiyin” parolь talabi va tarmoqqa ma’lum marta kira 
olmagandan keyin foydalanuvchi hisob yozuvini bloklash kabi xavfsizlik 
siyosatini o‘rnating. 
7. Simsiz tarmoq uchun tizimda mavjud eng yuqori himoya darajasini 
o‘rnating. 
8. Uzoqdan ulanishlar, ayniqsa simsiz tarmoqlar xavsizligi uchun Virtual 
xususiy tarmoq – VPNdan foydalaning. 
9. Muntazam ehtiyot uchun nusxalash kabi buzilishdan keyin tiklash 
texnologiyalaridan foydalaning. 
Mavjud tarmoqlar 
Hatto ko‘p narsani biladigan odamlar ham ba’zida uyga ishdan nozik 
ma’lumotni olib kelishi va operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan 
foydalana olmasligi mumkin. Bir misol – yuqori lavozimda ishlovchi havfsizlik 
xizmati ofitseri mahfiy fayllarni uyda ular bilan ishlash uchun olib kelgan, 
deylik. Bu fayllar etarlicha himoyalanmagan va ihtiyoriy odam, shuningdek, 


Internet orqali hujum uyushtiruvchi yoki chet el razvedka agentligining josusi 
tomonidan ochib ko‘rish mumkin. 
Boshqa bir misolda kompaniyaning server administratori o‘z uyidan 
uzoqdan ulanish usuli bilan serverga ba’zi texnik xizmatlar ko‘rsatish uchun 
kirgan. Afsuski, uning uy kompyuteri virus tekshiruvchi dasturdagi yangilanish 
xizmatining vaqti tugagan sababli virus bilan zararlangan edi. Natijada virus 
serverga o‘tib ketdi. 
Tarmoq xavfsizligi imkoniyatlaridan foydalanish 
Siz tarmoqda ishlata oladigan bir nechta mustahkamlash usullari mavjud. 
Ulardan ba’zi usullar maxsus tarmoq uskunalaridan foydalanishni talab etadi, 
boshqalari esa o‘z ichiga dasturiy ta’minotni oladi. Tarmoqni mustahkamlash 
usullarining eng oddiylari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1. tarmoqning ma’lum qismlariga kim kirganini nazorat qilish uchun tarmoqni 
kommutator 
va 
marshrutizator 
asosida 
loyihalash; 
2. tarmoq fayrvollari va opersion tizim fayrvollaridan foydalanish; 
3. xavfsizroq simli tarmoqlarni loyihalashda yulduzsimon tarmoq 
topologiyasidan
foydalanish; 
4. tarmoqdagi faollikni muntazam nazorat qilish. 
Mustahkamlash uchun topshiriqlar 
1. 
Operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalanish 
2. 
Mavjud tarmoqlar 
3. 
Tarmoq xavfsizligi imkoniyatlaridan foydalanish 
Uyga vazifa 
1. 
Tarmoq xavfsizligi imkoniyatlaridan foydalanish 
2. 
Operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalanish 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. 
Axborot 
texnologiyasi. 
Axborotlarni 
kriptografik 
muxofazasi. 
Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi” O‘zbekiston Davlat standarti. O‘zDSt 
1105:2006 


Vizual-didaktik resurslar 


“Tasdiqlayman” 

Download 8,39 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish