shifrlar deb nomlanadi. Ikkinchisida esa, ochiq matn bir necha bitdan iborat
bo‘lgan bloklarga bo‘linadi. Bunday algoritmlar blokli algoritmlar yoki blokli
shifrlar
deb
nomlanadi.
Blokli
shifrlashning
zamonaviy
kompyuter
algoritmlarida, odatda, blok uzunligi 64 bitni tashkil etadi. Simmetriyali
tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud:
1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-
birlariga uzatishlari mumkin?
2) Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi?
Simmetrik kalit bilan shifrlash sxemasini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Ali
(A) va Vali (V) nomli korrespondentlar bir-biri bilan xabar almashishmoqchi.
Korrespondentlarning har biri o‘zining maxfiy kalitiga ega, bu kalitdan xabarni
tarmoq
orqali yuborishdan
avval ma’lumotlarni shifrlashda
foydalanishi mumkin. Shifrlash sxemasini ko‘rimliroq tasvirlash uchun, kalitni
oddiy kalit, shifrlangan xabarni esa konvertga solingan hujjat ko‘rinishida
tasvirlaymiz. Shifrlash va qayta shifrlash jarayoni quyidagi rasmda
tasvirlangan.
Foydalanuvchi A o‘zining maxfiy kaliti bilan xabarni shifrlaydi va
xabarni tarmoq orqali jo‘natadi, qabul qiluvchi V (xuddi shunday maxfiy
kalitdan foydalanib) xabarni qayta tiklaydi.
Rasmda sxemaning simmetrik ekanligi ko‘rinib turibdi. Chap va o‘ng tomondagi
foydalanuvchilar bir xil (simmetrik) kalitlardan foydalanishmoqda, shuning uchun
bunday turdagi shifrlash simmetrik kalit yordamida shifrlash deb yuritiladi.
Kriptosistemada simmetrik kriptografiya ishlatiladi. Xabar jo‘natuvchi va qabul
qiluvchi incryption va decryption ikkita bir xil namunali kalit ishlatadi.
Kalitlarning ikkita vazifasi bor. Bular incryption va decryptionni ko‘zatish yoki
boshqarish bo‘lishi mumkin.
Simmetrik kalitlar maxfiy kalitlar ham deyiladi. Chunki bular
foydalanuvchi tomonidan maxfiy va himoyalangan bo‘lishiga asoslangan. Agar
buzib kiruvchi kalitlarga ega bo‘lganida u xabarni deshifrlay olardi. Simmetrik
incryption kaliti ma’lumot almashuvchi har bir juft foydalanuvchi ikkita bir xil
namunali kalitga ega bo‘lishi kerak. Bu shuni bildiradiki, A va B ma’lumot
almashishni xoxlasa ularning ikkalasi ham ikkita bir xil kalitga ega bo‘lishi
shart. Agar A- B va C bilan ham shu usulda muloqat qilmoqchi bo‘lsa, ularning
barida ikkita bir xil kalit bo‘lishi kerak.Bu qisqa vaqt ichida yuzlab do‘stlar bilan
muloqat qila olish imkoniyatini kamaytiradi. Kerakli odamga zarur kalitlarni
saqlash qiyin vazifa to‘g‘diradi
1
.
Agar 10 ta odam bir-biri bilan maxfiy muloqat qilmoqchi bo‘lsa, ularning har biri
45 tadan kalitga ixtiyoj sezadi. Agar bu 100 ta odamni tashkil qilsa, bu
ko‘rsatkich 4950 taga yetadi. Bu raqamlarni quyidagi formula bilan topish
mumkin
1
.
N= n *(n-1)/2.
2 An’anaviy (klassik) shifrlash
An’anaviy (klassik) shifrlash usullariga o‘rinlarini almashtirish shifrlari,
oddiy va murakkab almashtirish shifrlari va ularning kombinatsiyalari va
modifikatsiyalari kiradi. Ta’kidlash joizki, o‘rinlarini almashtirish shifrlari va
almashtirish shifrlarining kombinatsiyalari amaliyotda qo‘llanilayotgan har xil
turdagi simmetrik shifrlarni tashkil etadi.
O‘rinlarini almashtirish shifrlarida shifrlanadigan matnning harflari shu
matn bloki ichida ma’lum qoidalar bo‘yicha o‘rin almashtiriladi. O‘rinlarini
almashtirish shifrlari eng sodda va eng qadimiy hisoblanadi.
3 Shifrlovchi jadvallar
Shifrlovchi jadvallar. Tiklanish (XIV asr oxirlari) davrining boshlarida
o‘rinlarini almashtirish shifrlarida shifrlovchi jadvallardan foydalanilgan.
1
Shon Harris. ALL IN ONE CISSP. McGraw-Hill. 2013.
Shifrlovchi jadvallarning kaliti sifatida: jadvalning o‘lchami; o‘rin
almashtirishni belgilovchi so‘z yoki jumla; jadval tuzilishining xususiyati.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar
1.
Simmetrik shifrlash algoritmlari
2.
An’anaviy (klassik) shifrlash
3.
Shifrlovchi jadvallar
Uyga vazifa
Simmetrik kalit yordamida shifrlash tizimi
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Axborot
texnologiyasi.
Axborotlarni
kriptografik
muxofazasi.
Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi” O‘zbekiston Davlat standarti. O‘zDSt
1105:2006
Vizual-didaktik resurslar
|