Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov
Jamoliddin Bekturdiyevich
mis, o‘zgarmas tok generatoriga kollektor yo‘q, murakkab yakor chulg‘ami
o‘rniga o‘ralishi oson bo‘lgan stator cho‘lg‘amlari ishlatiladi. Uyg‘otish
chulg‘ami ham yaxlit bitta g‘altakdan iborat. O‘zgarmas tok generatorlarining
solishtirma quvvati (ya’ni 1 kg massasiga to‘g‘ri keladigan quvvat) 45 Vt/kg dan
oshmagan holda, o‘zgaruvchan tok generatorlaridagi bu ko‘rsatkich 15O Vt/kgdan
ortib ketdi.
Aylanuvchi yoki rotorli uyg‘otish chulg‘amli (kontaktli)
uch fazali
generatorlar ikki asosiy qismdan tuzilgan: startyor va rotor. Korpus o‘zaklariga
fazaviy chulg‘am g‘altaklari o‘rnatilgan. Ularning soni uch karra ko‘p. Bu
chulg‘amlar fazoda biri ikkinchisiga nisbatan 120ga surilgan. Fazaviy g‘altak
simning boshi a, v va s izolyatsiyalangan qismlarga, oxiri esa “nolinchi”
nuqta
hosil qilib o‘zaro ulanadi. Fazaviy g‘altaklarning bunday ulanishi
uchburchak