Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov
Jamoliddin Bekturdiyevich
Reja:
1. O‘zgaruvchan tok generatorlarining ishlash prinsipi,
2. Doimiy
magnitlar
yordamida
o‘yg‘otiladigan o‘zgaruvchan tok
generatorlari,
3. O‘zgarmas tok generatorlarining ishlash prinspi,
4. O‘zgarmas tok generatorlarining tuzilishi va ishlashi.
O‘zgaruvchan tok generatorlarning ishlash prinspi.
Elektr toki hosil qiladigan mashina elektr generatori
deb ataladi.
Generatorda mexanikaviy energiya elektr energiyaga aylanadi.
Zamonaviy
avtotraktor elektr jihozlarida generator elektr energiyaning asosiy manbai
hisoblanadi, bunda manba faqat iste’molchilarni tok bilan ta’minlab
qolmasdan,
akkumulyator batareyasini ham zaryadlaydi.neratorlarga quyidagi talablar
quyiladi: tuzilishining oddiy bo‘lishi,
uzoqqa chidamlilik, ishonchli ishlashi,
gabarit o‘lchamlari kichik va massasi yengil bo‘lishi,
tayyorlanishi arzonga
tushishi, dvigatel sekin aylanishda ishlayotganda kerakli zaryad tokini bera olishi,
aylanish chastotasi oshganda tokni o‘z-o‘zidan cheklay olishi. Keyingi vaqtda
o‘zgaruvchan elektr toki ishlab chiqaradigan generatorlar tobora kengroq tarqalib
bormoqda, chunki ular o‘zgarmas tok generatorlariga
nisbatan yuqoridagi
talablarga yaxshi javob beradi. O‘zgaruvchan tok generatorlarining keng
tarqalishi,
shuningdek
mamlakatimiz
elektr
sanoati
yuqori
darajada
yuksalganligini bildiradi. Chunki sanoatimiz avtotraktor
elektr jihozlarining
yangi-yangi asboblarini muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirib bormoqda. Uyg‘otish
usuliga qarab o‘zgaruvchan tok generatorlari doimiy magnitlar yordamida
uyg‘otiladigan generatorlar va elektromagnitlar yordamida uyg‘otiladigan
generatorlarga bo‘linadi.