Bog'liq Avtomobillar tuzilishi Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
3. Tortish ulash qurilmalari;
4. Egarli tortish ulash qurilmalari . Egarli tirkash qurilmasi avtomobil-tayanchni yarim prisep bilan ulash, yarim
prisepning bir qism massasini tyagach
ramasiga uzatish uchun xizmat qiladi. Egarli tirkash qurilmasi asos plitasi,
egar (tayanch plita) va balansirdan tuzilgan. Asos plitasi avtomobil-tyagach
ramasiga mahkamlangan. Unga tirak balansir yordamida sharnirli ulangan. Tirak
plitaga yarim prisepga tirk a sh u ch u n qamrag ich lar tarzidagi qurilma montaj
qilingan. Yarim prisep tyagachga tirkalganda berkitish kulaki qamragichlarni
prujina yordamida berk holatda tutib turadi. Yarim prisepni ajratish uchun
kulakka ta ’sir etuvchi richag buriladi. Kulak oldinga surilganida yarim prisep
shkvoreni qamragichlardan bemalol chiqadi.
Avtomobil shatakka olish qurilmasi ilmog‘ining erkin yurish yo‘li doimiy
ravishda tekshirib turiladi. Ilmoqning erkin yurish yo‘li 0,5 mm bo‘lishi lozim.
Agar erkin yurish yo‘li kattalashib ketsa, shatakka olish qurilmasi qismlarga
ajratiladi, shaybalari to‘g‘rilanadi va yedirilgan detallari almashtiriladi. Chig‘ir
doim moylab turiladi, zichlagichlari ko‘zdan kechiriladi va trosning holati
tekshirib turiladi. Egarli tirkash qurilmasining tashqi holati va detallarning
mustahkamligi tekshirib boriladi. Agar saqlagich o‘z joyidan chiqib ketsa, u
to‘g‘rilanadi.