Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/147
Sana24.01.2024
Hajmi4,02 Mb.
#144566
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147
Bog'liq
Учк.stt. Toplam Pul va banklar 2023 2

Ishonchsiz kreditlar. Bu kreditlar bo’yicha qarzlarning to’lanish ehtimoli 
deyarli yo’q. Agar kredit to’liq ta’minlanmagan bo’lsa, eng kamida bitta muammoli 
tavsifga ega bo’lsa, to’lov muddati 180 kundan oshgan bo’lsa hamda kreditni 
“shubhali”deb tasniflab bo’lmasa, bunday aktivlar “ishonchsiz”deb hisoblanadi. Bu 
aktivlar juda past qiymatga ega bo’lib, ularni aktivlar sifatida hisobga olib borish 
maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun banklar bu kreditlarni o’z balanslarida 
zarar sifatida hisobga olishlari mumkin. 
Tijorat banklarining kredit portfeli berilgan ssudalarning ta’minlanganlik darajasiga 
ko’ra quyidagi turlarga ajratilishi mumkin: 


179 
- birinchi darajada ta’minlangan; 
- boshqa ta’minotga ega bo’lgan; 
- to’liq ta’minlanmagan; 
- ta’minlanmagan ssudalarga bo’linadi. 
Birinchi darajada ta’minlangan kreditlar guruhiga to’liq ta’minlangan kreditlar kiradi. 
Ular quyidagilar bilan ta’minlanadi: 
- O’zbekiston Respublikasi hukumati kafolati; 
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kafolati; 
- O’zbekiston Markaziy banki roziligi bilan birinchi sinf xorijiy banklari 
kafolati; 
- Erkin ayirboshlanadigan valyutadagi garov; 
- O’zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog’ozlari ko’rinishidagi garov; 
- standartlashtirilgan qimmatbaho metallar qo’yilmalari ko’rinishidagi 
garov; 
Boshqa ta’minotga ega bo’lgan ssudalar guruhiga quyidagilar bilan ta’minlangan 
kreditlar kiradi: 
- mol-mulk garovi; 
- qimmatli qog’ozlar ko’rinishidagi garov; 
- boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarning kafolat xati va boshqalar kiradi. 
Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalarini to’la-to’kis olib borish ular 
tomonidan kredit siyosatining qay darajada tuzilganligiga bog’liq. 
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda MDHga kiruvchi davlatlar tijorat 
banklarining kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotini tezroq rivojlantirishga 
yo’naltirilgan. Hozirgi vaqtda bu mustaqil davlatlarning banklari aksariyat hollarda 
vositachilik operatsiyalarini o’tkazish uchun ko’proq qisqa muddatli kreditlar 
bermoqdalar. Shu bilan birga, kreditni uzoq muddatga investitsiya qilish banklarga va 
Jamiyat larga katta foyda berishi mumkin. 

Download 4,02 Mb.
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish