• Monetizatsiya
  • M 2 - M 1 agregati + aholining banklardagi muddatli omonatlari.  M 3




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/147
    Sana24.01.2024
    Hajmi4,02 Mb.
    #144566
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   147
    Bog'liq
    Учк.stt. Toplam Pul va banklar 2023 2

    M 2 - M 1 agregati + aholining banklardagi muddatli omonatlari. 
    M 3 - M 2 agregati + davlat zayomlarining sertifikatlari va 
    obligatsiYalari. 


    64 
    M 4 - M 3 agregati + xorijiy valyutadagi depozitlar. 
    Shuni hisobga olish kerakki, bunday agregatlarning belgilanishi turli 
    mamlakatlarda turlicha amalga oshiriladi. Ushbu agregatlar o’z holicha mamlakat 
    to’lov oboroti sohasida yuz beradigan jarayonlar, jamg’armalar hajmlari
    shuningdek, ushbu jamg’armani amalga oshirishda qo’llanilgan vositalarning 
    sonli ifodasi vositalari hisoblanadi. Ular iqtisodiyotning joriy holatini belgilashga 
    imkon beradi va keyingi vaziyatni prognoz qilishda ko’maklashadi. 
    Pul massasi agregatlari, iqtisodiyot monetizatsiyasi koeffitsientini hisobga olish 
    yordamidagi 
    hisob-kitob 
    eng 
    namunali 
    hisob-kitobdir. 
    Monetizatsiya 
    koeffitsienti iqtisodiyotning pullar bilan ta’minlanishi darajasi yoki tovar 
    aylanishining to’lov vositalari bilan ta’minlanishi darajasini aks ettiradi. Bunday 
    koeffitsient M2 pul agregati summasi va ushbu iqtisodiyotda mavjud bo’lgan 
    xorijiy valyutadagi depozitlarning YAMI hajmiga o’zaro nisbati sifatida hisoblab 
    chiqiladi. Ushbu koeffitsientni hisob-kitob qilishda suratga birdaniga M2 
    agregatini va xorijiy valyutadagi depozitlarni o’z ichiga oladigan M4 pul 
    agregatini qo’yish qulayroq bo’ladi. Ushbu koeffitsient mohiyat idealda birga 
    teng bo’ladi. Shunga qaramasdan, 0,7 yoki 0,8 darajasidagi natijalar yo’l 
    qo’yilishi mumkin mohiyatlar deb hisoblanadi. 
    Naqd pullar tijorat banklaridan chiqib yana tijorat banklariga qaytadi va 
    doimiy aylanishda bo’ladi. Naqd pullarning tijorat bankidan chiqib yana tijorat 
    bankiga qaytib kelish harakati ularning doiraviy aylanmasi deyiladi. Tijorat 
    banklari faqat muomaladan vaqtincha ortiqcha bo’lgan va muomalaga yaroqsiz 
    naqd pullarni Markaziy bank muassasalariga topshirishadi. Naqd pullarning 
    Markaziy bankdan tijorat banklariga chiqishi muomalaga pul chiqarish, ya’ni 
    Markaziy bankning emissiya operatsiyasi, tijorat banklaridan Markaziy bankka 
    qaytib kelish harakati muomaladan pul olish operatsiyasi deyiladi. Naqd pullar 
    aylanishini mamlakatimiz misolida quyidagicha ifodalash mumkin: 
    1. Markaziy bank buyurtmasiga ko’ra, pul fabrikasida ishlab chiqarilgan naqd 
    pullarni Markaziy bank va uning muassasalariga maxsus inkassatorlar apparati 
    orqali yetkazib berish. 
    2. Markaziy bank tijorat banklari buyurtmalariga va pul - kredit siyosati 
    ko’rsatgichlariga asosan tijorat banklariga inkassatorlar orqali naqd pullar 
    yetkazib berish. Markaziy bank hisob - kitob markazlari kassasidan faqat o’z 
    mijozlariga qonunchilikda belgilangan to’lovlar uchun naqd pullar berish. 
    3. Tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan o’zlari xizmat 
    ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan to’lovlarni 
    amalga oshirish uchun naqd pullar berish. 
    4. Korxona va tashkilotlar tomonidan ishchi va xizmatchilarga mehnat haqi
    stipendiya, pensiya va boshqa ijtimoiy nafaqalar berish, shuningdek 
    qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa to’lovlarni amalga oshirish. 
    5. Aholi tomonidan korxona va tashkilotlardan naqd pullarga tovarlar va 
    qimmatli qog’ozlar, lotyereya biletlari harid qilish, ko’rsatilgan turli madaniy va 


    65 
    maishiy xizmatlar, transport, sug’urta, kommunal to’lovlari, jarima va ustamalar 
    hamda boshqa majburiy to’lovlarni amalga oshirish. 
    6. Korxona va tashkilotlar tomonidan naqd pul tushumlarini tijorat bank 
    kassalariga topshirish (inkassaciya qilish). 
    7. Jismoniy shahslar tomonidan tijorat banklaridan naqd pulda kreditlar, 
    omonatlardagi pul qo’yilmalari, dividend va naqd puldagi boshqa 
    daromadlarini olish. 
    8. Jismoniy shahslar tomonidan tijorat banklariga naqd pulda
    kreditlarni qaytarish, omonatlar qo’yish va boshqa to’lovlarni amalga 
    oshirish. 
    9. Tijorat banklari tomonidan muomalaga yaroqsiz va ortiqcha naqd 
    pullarni Markaziy bankka topshirish.

    Download 4,02 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   147




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M 2 - M 1 agregati + aholining banklardagi muddatli omonatlari.  M 3

    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish