71
deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo’lib, ular tez orada pulga
aylanishi mumkin.Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davri
uchun miqdoriy o’zgarishlarini
bilish uchun, shuningdek, pul massasi hajmi va
o’sish suratlarinitartibga solish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli
xil ko’rsatkichlar (pul agregatlari) dan foydalaniladi.
Pul agregatlarini qurish uchun moddiy ne’matlarning likvidliligi darajasiga
qarab ularning bosqichma-bosqich joylashtirilishi asos qilib olingan.
Moddiy
ne’matlarning likvidliligi deganda ushbu ne’matlarning tez va unchalik ko’p
zararlarsiz pulga aylanishi qobiliyati tushuniladi. Moddiy ne’matlarning
likvidliligi vaqt bilan o’lchanadi. Moddiy ne’matni pulga aylantirish uchun
qanchalik kam vaqt talab qilinsa, uning likvidliligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Naqd pullar mutloq likvidlilikka ega, chunki ularni pulga aylantirish uchun zarur
bo’ladigan vaqt nulga tengdir.
Muomaladagi
naqd pullar M
o
agregatini tashkil etadi. Naqd pullar banknotalar,
g’azna pattalari (biletlari) (agar mamlakatda ikkita emissiya markazi mavjud
bo’lsa) va metall tangalardan iborat bo’ladi. Metall tangalar naqd pullarning juda
kam qismini (rivojlangan mamlakatlarda 2%-3% ni) tashkil qiladi.
Ularni
keyinchalik yombiga aylantirib sotishga yo’l qo’ymaslik uchun odatda arzon
metallardan zarb qilinadi. Shuning uchun tanganing real qiymati nominal
qiymatidan birmuncha pastroq bo’ladi.
M
o
agregatini pul bazasidan farqlash zarur. Pul
bazasi tarkibiga tijorat
banklarining markaziy bankdagi majburiy zaxiralari kiradi. M
o
agregatining
tarkibiga tijorat banklarining markaziy bankdagi majburiy zaxiralari rasman
kirmaydi.
M
o
agregatiga kamroq likvidli mablag’larni izchillik bilan qo’sha borish bilan M
1
,
M
2
, M
3
... MN gacha bo’lgan agregatlar olinadi.
Pul agregatlarining soni va tarkibi mamlakat kredit tizimining o’ziga xos
xususiyatlari va tuzilishiga hamda uning moliya bozorlarining rivojlanish
darajasiga bog’liqdir.
Pul massasi alohida elementlardan iborat bo’lib,
bunday elementlar pul
massasining holatini baholash jarayonida qo’llaniladi va uni tartibga solish
uslublari va hajmlarini birmuncha aniqroq tanlashga imkon beradi.
Ushbu pul agregatlari asosan to’lovning turli shakllarda ifodalangan u yoki
boshqa vositalarini hisobga olish asosida ajratiladi. Odatda,
har bir agregat
nominal raqamga ega bo’ladi. Raqamning o’sib borishi bilan ushbu agregat
yordamida hisobga olinadigan vositalar soni ham oshadi.
Shunday qilib, katta sonli koeffitsientli agregat kichik indeksli (raqamli)
agregatlarda hisobga olingan barcha pul mablag’larini o’z ichiga oladi. Faqat
muomalada bo’lgan naqd pul mablag’larini hisobga oladigan M
o
pul agregati o’z
ma’nosi va mohiyatga ko’ra birinchi bo’lib hisoblanadi.
M1 - muomaladagi naqd pul mablag’lari (Ya’ni, M
o
agregati),
korxonalarning
hisob-kitob, joriy va maxsus hisobvaraqlaridagi mablag’lari, sug’urta
kompaniyalari mablag’lari, aholining tijorat banklaridagi «talab qilib