50
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
3-ma’ruza. RAQAMLI TA’LIM RESURSLARI VA DASTURIY
MAHSULOTLARI (2 soat)
Reja:
3.1. Raqamli ta’lim resurslari: ta’lim platformalari, portallar va saytlar
3.2. Ochiq ta’lim resurslari
3.1. Raqamli ta’lim resurslari: ta’lim platformalari, portallar va saytlar
"Ta’lim platformasi", "Ta’lim portali", "Onlayn ta’lim platformasi" – bu
o‘qituvchilar, ota-onalar, talabalar uchun o‘quv resurslari to‘plamini, ya’ni ta’lim
sifatini qo‘llab-quvvatlash va boshqarish uchun ma’lumot, vositalar va manbalarni
taqdim etadigan interaktiv onlayn xizmatlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Bu Internet
orqali ta’lim olishni ta’minlaydigan keng qamrovli, sodda va intuitiv tizimdir.
Ta’lim platformalarining standart vositalari quyidagilarni qo‘llab-quvvatlaydigan
dasturiy ta’minotni o‘z ichiga oladi:
−
ta’lim mazmunini yaratish;
−
kontentni yetkazib berish, ishlatish va takomillashtirish;
−
kerakli ma’lumotlarni qidirish;
−
kontent va ta’limni boshqarish;
−
masofaviy va aralash ta’limni tashkil qilish uchun jamoalarni yaratish;
−
ta’lim jarayonining borishi to‘g‘risida hisobot va tahlil qilish.
Ko‘pgina portallarda hamkasblar bilan blog yoki maqola formatida tajriba
almashish imkoniyati mavjud.
Platformada joylashtirilgan ta’lim mazmuni darsda
yoki mustaqil faoliyatda
foydalanish uchun tayyor kurslar yoki kurs bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Masalan:
matematika kursida matn, infografika, testlar,
topshiriqlar, krossvordlar, videolar,
rasmlar va grafikalar to‘plamlari, davomat va ishlash jurnallari mavjud.
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi
aloqa elektron pochta, xabar
almashish, munozarali forumlarni tashkil etish, e’lonlar taxtalarini shakllantirish va
blog yuritish orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim jarayonini boshqarish, masalan, baholash testlari
orqali talabalarning
rivojlanishini qayd etadigan va kuzatadigan tizimlar tomonidan ta’minlanadi.
Bundan tashqari, o‘qituvchi talaba, uning davomati, jadvali,
elektron portfolio
haqida ma’lumot to‘playdi.
Ta’lim platformalari, portallari va saytlarining quyidagilarga imkoniyatlari
mavjud:
−
ta’lim jarayonini tashkil etishga tubdan yangi
pedagogik yondashuvlarni
ishlab chiqish;
−
pedagogik dasturlarni ishlab chiqish va moslashtirish jarayonini
soddalashtirish (platformada mavjud bo‘lgan bilimlar bazasi, ta’lim
portallari va saytlariga havolalar orqali elektron ta’lim resurslari, shuningdek
o‘rnatilgan instrumental tizimlarga kirish imkoniyati);