98
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
xususiyatlari Zoom platformasiga mos keladi:
* 60 daqiqagacha cheksiz guruh uchrashuvlari
* Har bir uchrashuv uchun 300 tagacha ishtirokchi (Zoom-dagi 100 ishtirokchi)
* Hamkasblar va mijozlar
bilan cheksiz suhbat
* Fayl almashish
* Fonni o‘zgartirish
* Jonli subtitrlar
* 5 GB bulutli saqlash (Zoom-da 25 MB)
4.14-rasm.
Shunday qilib, ehtiyojizga qarab Microsoft Teams tizimining Microsoft Teams
Essentials (har bir foydalanuvchi uchun oyiga $ 4), Microsoft 365 Business Basic
(har bir foydalanuvchi uchun oyiga $ 6) yoki Microsoft 365 Business Standard (har
bir foydalanuvchi uchun oyiga $ 12,50) rejalarini tanlashingiz mumkin.
3. Skype
Skype Zoomga nisbattan ordinroq chiqqan platforma hisoblanadi. Dastlab, bu
shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan video chat dasturi edi. Skype ko‘pgina
funksiyalarni bepul taqdim etadi va biznes uchun emas, balki jismoniy shaxslar
uchun videokonferensaloqa platformasi sifatida rivojlanishda davom etmoqda.