6
ISHCHI DASTUR
Kirish
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
7
fevraldagi
PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar
Strategiyasi”da milliy kadrlarning raqobatbardoshligi va umumjahon amaliyotiga
asoslangan oliy ta’lim milliy tizimining sifati oshishiga, Bolonya jarayoni
ishtirokchi mamlakatlari diplomlarini o‘zaro
tan olishga, o‘qituvchi va talabalar
bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 1999 yil 19-
iyundagi Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqish belgilab
qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi
PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da oliy ta’lim
jarayonlariga
raqamli texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy
faoliyatga keng jalb etish, korrupsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik
ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan
talabalar ulushini oshirish, kredit-modul
tizimini joriy etish, o‘quv rejalarida amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan
mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish bo‘yicha
aniq vazifalar belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi Farmoni bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030
yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi"ga ko‘ra mamlakatdagi oliy ta’lim bilan qamrov
darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali,
kreativ va tizimli
fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning
intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida
shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish belgilangan.
Shuningdek,
mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning
dunyoqarashini o‘zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis
kadrlarni tayyorlashni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Respublikada ta’lim tizimini
mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga
katta ahamiyat
7
berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va tarbiya berish tizimi
islohatlar talablari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb
etadi. Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash,
Davlat talablari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini
takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir.
Ushbu dasturda pedagogning kasbiy kompetentligining
nazariy asoslari,
pedagog kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni, kasbiy kompetensiyalarni
rivojlantirish omillari, innovatsion ta’lim muhiti sharoitida pedagogning kasbiy
kompetensiyalarini
rivojlantirish,
pedagogning
kasbiy
kompetensiyalarini
rivojlantirishning
pedagogik-psixologik
yo‘nalishlari,
pedagog
kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirish hususiyatlari hamda pedagogning kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik
troektoriyalari bayon
etilgan.