Kasbiy kompetentlik
– mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi
va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishini ko‘zda tutadi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning
egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va
hatti-harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, “
kompetensiya
”
mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni,
muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni
qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
16
Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis:
o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi;
yangi axborotlarni o‘zlashtiradi;
davr talablarini chuqur anglaydi;
yangi bilimlarni izlab topadi;
ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi.
Kasbiy kompetentlik negizida quyidagi sifatlar aks etadi:
1.
Ijtimoiy kompetentlik
– ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish
ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga
kirisha olish.
2.
Maxsus kompetentlik
– kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga
tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini
real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik
negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ
kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
|