35
malakalarni
shakllantirishga
yo‘naltirilgan
shakllantirishga (real
mexnat
faoliyatiga yo‘naltirilgan)
Ta’lim mazmuni
Davlat ta’lim standartini
amalga oshiradi
Kasbiy-ta’limiy
dasturlar ni
o‘zlashtirishga
qaratilgan
individual
yo‘nalish.
Tez
moslanuvchan
talimning
natijaviyligiga
erishishga
yo‘naltirilgan
Ta’limni tashkil
etish shakllari
Ta’limni
sinf-dars,
auditoriyada tashkil etish.
Ko‘nikmani
rivojlantirishga
yo‘naltirilgan amaliyot
Individual , juftlikda, kichik
guruhlarda
va katta guruhlarda
ishlash
Pedagogik
jarayonni tashkil
etish va amalga
oshirish metodlari
Qatiy
dastur
asosida
o‘qitishning
sinf-dars
tizimi doirasidagi bilim va
ko‘nikmalarni
shakllantirishga
yo‘naltirilgan metodlar
Kasbiy-ta’limiy
dasturlarni
modullar
asosida
o‘zlashtirishning individual va
kompetentlik
yondashuviga
yo‘naltirilgan
muammoli-
faoliyatli metodlari
Pedagoglar
faoliyatining
jarayondagi o‘rni
“Nasihatgo‘y”, “axborot
beruvchi”, baholovchi”
“Hamkor”,
“maslahatchi”,
“yordamchi”, “vositachi”
Ta’lim oluvchilar
faoliyatining
jarayondagi o‘rni
“Tinglovchi”,
“qabul
qiluvchi”,
“xotirasida
saqlovchi ”
“Hamkor”,
“tajriba
o‘tkazuvchi”,
“tadqiqotchi”,
“konstruktor-yaratuvchi”
Ta’lim muassasasini
boshqarish
tuzilmasi
Tuzilma ta’lim muassasasi
faoliyatini
yuritishga
yo‘naltirilgan
Tuzilma
ta’lim muassasasini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan
Ta’lim natijalarini
nazorat qilish va
baholash
Bilim,
ko‘nikma
va
malakalarning
shakllan-
ganligini
tekshirishga
yo‘naltirilgan (nazoratlar,
testlar va hokazo)
Mutaxassisning
kasbiy
kompetensiyasini va
shaxsiy
sifatlarini
rivojlanish darajasini
aniqlashga hamda baholash ham
talim
olish
xarakteriga
yo‘naltirilgan
Keltirilgan tavsiflarni tahlil etish natijasida ta’limga kompetentlik
yondashuvining shakllanish shart-sharoitlarini aniqlab olish mumkin:
–
bilimlar izlanish va fikrlash faoliyatlari, ijod jarayoni mahsuli sifatida turli
xil shakllarda tizimli, fanlararo hamda umumlashtirilgan holda beriladi;
–
pedagog “boshqaruvchi”, “hamkor” sifatida namoyon bo‘ladi, ya’ni,
hamkorlik qilish, demokratik ravishda ta’sir o‘tkazish, yordam berish, ruhlantirish,
36
talabaning shaxsiy tashabbuslariga e’tiborli bo‘lish, uning shaxsini rivojlantirishga
intilish pozitsiyasini egallaydi;
–
talaba pedagoglar va boshqa talabalar bilan faol hamkorlik qilishga, bir-
birini qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro
ma’suliyatlilik
muhitini yaratishga
yo‘naltirilgan;
–
ta’lim oluvchilar uchun ta’lim va tarbiyani tashkil etishning guruhli
shakllari orqali shaxslararo munosabatlar va muloqatning xilma-xil shakllarini
amaliy ravishda o‘zlashtirishlari, hamkorlikda ishlash va ijod qilish quvonchini his
etishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi;
–
harakat va xulq-atvorlarning oldindan belgilab qo‘yilgan namunasiga
mosligini baholashdan voz kechish.
Inson
tabiatidan kelib chiqqan holda, pedagogik jarayonning mazmuniy
tuzilmasini aks ettiradigan, ta’limning maqsadini qo‘yishdan boshlab to natijaga
erishishgacha bo‘lgan faoliyatni tashkil etishning barcha bosqichlari loyihalanadi.
Jamoaviy-individual ravishda tafakkur etish texnologiyasida
rivojlantiruvchi
makon–tabiiy ijtimoiy muhit hisoblanadi, unda umumlashtirilgan (jamoa),
shaxslararo (qiziqishlarga ko‘ra ijodiy birlashmalar), kasbiy (predmetli
mazmun)dan iborat bo‘lgan munosabatlar tizimida bilim olish va o‘quv-kasbiy
faoliyatga oid muammolar hal etiladi, shuningdek, hayotiy muammoli vaziyatlarni
boshdan kechirib ko‘riladi.
Kompetentli yondashuvning mohiyati, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, u
insonda
mustaqil
ravishda
bilimlarni
egallash
faoliyatini tashkillashtirish, refleksiya,
ijodkorlik,
jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zini boshqara olish
ko‘nikmalarini egallash, o‘z-o‘zini uyushtirish va
rivojlantirish
kabi
qobiliyat
va
layoqatlarni
shakllantirishni ta’minlaydi.
Shuningdek bunga kasbiy
kompetentlikni shakllantirishning didaktik modelini
tuzish uchun nazariy-metodologik asos sifatida olingan o‘z-o‘zini rivojlantirish
nazariyasi ham to‘la-to‘kis mos keladi.