29
ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar
Ta’lim sohasida innovatsion jarayon – bu ta’lim konsepsiyasidagi, o‘quv
dasturlaridagi,
usul va uslublardagi, tarbiya va o‘qitish usullaridagi yangilik va
o‘zgarishlardir. Ta’lim sohasida innovatsion jarayonlar so‘zining tub ma’nosida
pedagogikaning ikkita muhim – o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or
pedagogik
tajribalarni ommalashtirish muammosi va pedagogika fanlari yutuqlarini
amaliyotga tadbiq etish muammosi yotadi.
Shunday ekan, innovatsiyaning
predmeti va innovatsion jarayonlarning tarkibi, mexanizi bir – biriga o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan jarayonlar jamlanmasi tarkibida bo‘lishi kerak. Aynan, innovatsion
faoliyat xizmat ko‘rsatish bozorida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi
raqobatbardoshlikning asosini yaratibgina qolmay, professor – o‘qituvchining kasb
mahoratining o‘sishini, ijodiy izlanishini, amaliy jihatdan ochib beradi.
Shuning
uchun ham, innovatsion faoliyat o‘qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati va
talabalarning o‘quv jarayoniga ijodiy faoliyati bilan uzluksiz bog‘liq.
Innovatsion faoliyat
– yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos
kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi
natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat
Ta’limdagi pedagogning innovatsion faoliyati tuzilishini
tahlil qilishda turli
xil yondashuvlar mavjud. Masalan, A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash
3 bosqichda, ya’ni