(kreativlik, jamoada ishlash ko‘nikmasi, hissiy barqarorlik, mas’uliyat,
tashabbuskorlik va hok)
sifatida qayd etilmoqda.
“Hard skills” - “qattiq” malakaga ega bo‘lish uchun muayyan kasb bo‘yicha
aniq bilim zarur bo‘ladi va bu ko‘nikmalarning mavjudligi imtihon o‘tkazish
orqali aniqlanadi.
“Soft skills” - “yumshoq” kompetensiyalar
(ijodkorlik, muloqotga kirishishi
layoqati, jamoada ishlash qobiliyati, qat’iyatlilik, tanqidiy fikrlash va hok.)
esa
ko‘p hollarda inson xarakteri va hayotiy tajribasiga bevosita bog‘liq bo‘lganligi
sababli shaxsiy fazilat, xislat, qobiliyat sifatida ham talqin etiladi.
“Soft skills” tushunchasi tadqiqot predmeti (ob’ekti) sifatida ilmiy
muomalaga kirishi ilk marta 1959-1972 yillarda AQSh armiyasi shaxsiy tarkibini
tayyorlash jarayonidagi islohotlar bilan bog‘liq. Askarlarning shaxsiy va jangovor
kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha tadqiqotlarga rahbarlik qilgan psixolog,
ehtiyojlar
nazariyasi
muallifi,
mavzular
bo‘yicha apperseptiv testlarni
baholashning yangi metodikasini ishlab chiqqan professor Devid Makkleland
AQSh davlat departamenti ximatiga xodimlarni tanlash jarayonida ilk marta
“yumshoq” (soft) kompetensiyalar va ularni baholash tushunchasini qo‘llaydi.
XXI asrga qadar ta’lim tizimida yoshlarga asosan “hard skills” – “qattiq”
malaka darajasini berishga e’tibor qaratib kelindi. Ya’ni, muayyan kasbni puxta
egallash, uning sir-asrorlarini to‘liq o‘zlashtirish – shaxsning yetuk mutaxassis
ekanligini belgilovchi asosiy faktor sifatida qayd etilgan.
42
XXI asr pedagogikasi esa zamonaviy dunyoda bu xislatlarning yetarli
emasligi, endilikda tafakkurni rivojlantirish, kreativ makon, muhit, kreativ shaxs,
kreativ mahsulot yaratishga bo‘lgan ehtiyoj asosida ish tutish lozimligini
uqtirmoqda.
Xalqaro ekspertlar tomonidan taqdim etilayotgan tadqiqotlarda o‘rta bo‘g‘in
mutaxassislarining
mehnat
bozoridagi
raqobatbardoshligi
va
kreativ
kompetentliligini oshirish, professional ta’lim jarayonini loyihalashtirishda
“yumshoq” kompetensiyalarni shakllantirishning metodik ta’minotini yaratish
mexanizmlarini takomillashtirish kabi yo‘nalishlarda o‘z aksini topmoqda.
Bir qator nufuzli tadqiqot markazlari o‘z hisobotlarida zamonaviy
professional ta’lim mazmunini “yumshoq” kompetensiyalarni shakllantirishga
yo‘naltirish va modernizatsiyalash, kompetensiyalarga asoslangan innovatsion
ta’lim muhitini yaratish, yoshlarda nostandart tafakkur tarzi va kreativlik
xislatlarini shakllantirish zaruratini e’tirof etib, bu jarayonning pedagogik,
metodologik va ilmiy-nazariy asoslarini taqdim etmoqda.
AQShning Garvard universitetida tashkil etilgan “Career Services” markazi
tomonidan malakali mutaxassisning kasbiy kompetentliligini belgilovchi mezonlar
sifatida nostandart tafakkur tarzi, Singapurning Nan’yan texnologiya universiteti
Biznes maktabida kreativ qobiliyatlar muhim omillar qatorida sanab o‘tilgan.
Kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’lim insonning o‘z shaxsiy manfaatlari uchun
ham, jamiyat, davlat manfaatlari uchun olib boradigan faoliyatining asosiy
sohalarida muvaffaqiyatini ta’minlovchi bilimlar va amaliy faoliyat usullarini
kompleks ravishda o‘zlashtirishiga qaratilgan.
Tayanch kompetensiyalar – insonning jamiyatdagi hayotiy faoliyatidagi
dolzarb va perspektiv ahamiyatga ega bo‘lgan turli sohalariga tegishli bo‘lgan
masalalar, bilimlar, amaliy ma’lumotlar va faoliyat usullaridan iborat bo‘lib, ularni
o‘zlashtirish bir tomondan insonning shaxsiy va ijtimoiy jihatdan muvaffaqiyatli
faoliyatini ta’minlasa, boshqa tomondan, jamiyatning ma’lum bir sifatdagi inson
resurslariga bo‘lgan talablarini qondirishga xizmat qiladi.
43
Xorijiy davlatlar va vatanimiz tadqiqotchilari tomonidan taklif etilayotgan
tayanch, bazaviy, universal kompetensiyalar deb hisoblash mumkin bo‘lgan
kompetensiyalarning turlicha tasniflarida kompetensiyalarning shunday barqaror
guruhlari yetarli darajada aniqravshan belgilab berildiki, ularni egallamasdan
turib,
inson
zamonaviy
jamiyatda
muvaffaqiyat
bilan,
ziddiyatlarsiz,
qaramaqarshiliklarsiz yashashi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Ularga
quyidagilarni kiritish mumkin:
−
|