RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILI SIFATIDA. (4 soat) Reja:
1.
Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnika – pedagog
xulqining boshqarish omili sifatida.
2.
O‘qituvchi faoliyatida pedagogik texnikaning axamiyati. Pedagogik
texnikaning asosiy komponentlari. Pedagogik texnikani shakllantirish yo‘llari.
3.
Tinglovchilar diqqatini o‘ziga tortish usullari. Auditoriyani boshqarish
psixologiyasi, tinglovchilarga ta’sir etish va ishontirish usullari.
4.
Pedagog faoliyatiga qo‘yiladigan baho darajasi – pedagogik kvalimetriya.
Pedagogik deontologiya, pedagogik boshqaruv va texnika o‘qituvchi faoliyatini
samarali tashkil etishning asosiy shakli.
Tayanch tushunchalar: Pedagogik texnika, o‘qituvchi professionalizmi, pantomimika, mimika, jest, nutq, “relaksopediya”, muloqot. Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnika – pedagog xulqining boshqarish omili sifatida . Pedagog kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish tizimida “Kasbiy kompetensiyalarni
rivojlantirish” moduli negizida tinglovchilarni
pedagogik mahorat asoslar bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Zero,
tinglovchilar tomonidan pedagogik mahoratning tarkibiy elementlari bilan
tanishtirish, ularda pedagogik texnika, nutq madaniyati, pedagogik deontologiya,
kommunikativ qobiliyat, pedagogik nizo, shuningdek, zamonaviy pedagogning
imidji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning o‘zlashtirilishi va mazkur bilimlar negizida
zarur malakalarning o‘zlashtirilishi oliy ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan
pedagogik jarayon sifatini yaxshilash, samaradorligini ta’minlashni kafolatlaydi.
O‘qituvchining kasbiy pedagogik professionalizmi - pedagogik mahorati va
o‘z kasbiy faoliyatini yuqori saviyada tashkil qila olishni ta’minlovchi, o‘qituvchi-
pedagog shaxs xususiyatlarini yig‘indisidir. Shunday muhim xususiyatlarga
o‘qituvchi faoliyatining insonparvarlikka yo‘naltirilganligi, uning kasbiy bilimlari,
pedagogik qobiliyatlari va pedagogik texnikasi
(o‘z-o‘zini boshqara olish ko‘nikma lari va tinglovchilar bilan uzaro hamkorlik qila olish malakasi) kiradi.
Bu
50
pedagogik mahorat tizimidagi o‘zini tashqi ta’sirlarsiz rivojlantira olish
xususiyatiga ega to‘rtta o‘zaro bogliq jixatlardir. Shundan kelib chiqib ta’kidlash
mumkinki,