Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

ijtimoiy­fuqarolik sohasidagi kompetensiyalar -
sub’ektning ijtimoiy 
faolligini va fuqarolik ma’suliyatini, uning demokratik institutlar faoliyatida va
uni yaxshilashda hamda jamiyatning siyosiy hayotida ishtirokini va hokazolarni 
ta’minlaydi; 
− 
ijtimoiy munosabatlar sohasidagi kompetensiyalar - 
yozma va og‘zaki 
hamda tillararo (ya’ni bir necha tillarni bilishlik) muloqotni yaxshi bilishni,
shaxslararo samarali va ziddiyatlarsiz o‘zaro munosabatlarni oqilona amalga 
oshirishni, o‘zgacha fikrlaydiganlarga nisbatan bag‘rikenglikni, boshqa madaniyat 
va diniy e’tiqodlarni to‘g‘ri qabul qilish va hurmat bilan qaray bilishni va 
hokazolarni ta’minlaydi;
− 
axborot 
sohasidagi 
kompetensiyalar 

yangi 
axborot 
va 
telekommunikatsion texnologiyalarning ahamiyatini tushunish, ularni egallash va 
o‘z o‘rnida qo‘llay bilish, turli axborot manbalaridan foydalana bilish, yaxlit 
axborot muhitida ishlashga tayyorlik, axborotga nisbatan tanqidiy munosabatda 
bo‘la olishni va hokazolarni ta’minlaydi;
− 
ijtimoiy­individual sohadagi kompetensiyalar – 
oilaviy ­qarindoshchilik va 
shaxsiy 
munosabatlarni 
to‘g‘ri o‘rnata olish, o‘zining sog‘lig‘i va 
ma’naviy­axloqiy xislatlariga ongli va ma’suliyatli ravishda munosabatda bo‘lish, 
bo‘sh vaqtini o‘tkazish usullarini to‘g‘ri tanlay bilish va hokazolarni ta’minlaydi;
− 
kasbiy­mehnat 
sohasidagi 
kompetensiyalar 

mehnat 
bozoridagi 
vaziyatlarni tahlil qila bilish, o‘zining kasbiy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olish, 
mehnat munosabatlaridagi qonun­qoidalar va axloqiy me’yorlarni bilish, o‘z 
kasbiy faoliyatiga tegishli chuqur bilimlarga va keng dunyoqarashga ega bo‘lish, 


44 
amaliy vazifalarni hal etishda o‘z bilim va tajribalarini epchillik bilan mohirona 
qo‘llay olish, kasbiy­axloqiy sifatlarga ega bo‘lish va hokazolarni ta’minlaydi;
− 
tizimli kompetensiyalar - 
kasbiy jihatdan ham, shaxsiy va ijtimoiy hayotida 
ham mustaqil ravishda o‘qish­o‘rganishga, jismoniy va psixik jihatlardan 
o‘z­o‘zini boshqara olish va o‘z­o‘zini takomillashtira olish malakalarini 
egallashga qodirlik va hokazolarni ta’minlaydi.
Tayanch kompetensiyalarni belgilashda jamiyat ehtiyojlari yoki ijtimoiy 
buyurtma muhim asos va yo‘llanma bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlab 
o‘tish lozimki, demokratik, fuqarolik jamiyatida ijtimoiy buyurtma davlat va 
jamiyat manfaatlariga ham, shaxsiy manfaatlarga ham birday mos bo‘lishi kerak. 
Ijtimoiy buyurtma asosida belgilangan tayanch kompetensiyalar o‘z navbatida 
ta’limning maqsadi va natijasi sifatidagi kompetentlikni tashkil etadigan tarkibiy 
qismlarni belgilab beradi.
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning yakdillik bilan ta’kidlashlaricha, kompetentlik 
– shaxsning murakkab, yaxlit bir butun, ko‘p omilli, ko‘pqirrali sifatidir. 
Kompetentlikning vujudga kelishi uchun quyidagi sifatlar poydevor, asos bo‘lib 
xizmat qiladi: 
1)
ma’lum fan sohasidagi bilim, ko‘nikma va malakalar; 
2)
mustaqil faoliyatdagi amaliy tajriba.
Biroq, bilim, ko‘nikma va malakalarga asoslanganligi bilan, kompetentlik 
ularning o‘zidangina iborat emas. Kompetentlik shaxsning “bilim, ko‘nikma va 
malakalar” asosida shakllangan sifati bo‘lib, ularni muayyan vaziyatda, amaliy 
faoliyatda qo‘llay olishga qodirligidir. Kompetentlik muayyan sohaga oid 
faoliyatni o‘zlashtirib borish jarayonida vujudga keladi, shuning uchun ham ushbu 
faoliyat kompetentlikning ikkinchi muhim poydevori hisoblanadi.
Tegishli sohaga oid bilim va ko‘nikmalar va shu soha bo‘yicha amaliy 
faoliyat tajribasi bo‘lmasa kompetentlik bo‘lishi mumkin emas. 
Kompetentlik quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: 
− 
har qanday muayyan vaziyatda, uning turli xil jihatlarini hisobga olgan 
holda bilimlarni o‘z o‘rnida va tezkorlik bilan to‘g‘ri qo‘llay bilish; 


45 
− 
qarorlarni qabul qila bilishga qodirlik va tayyorlik, shu bilan birga, 
mazkur vaziyat uchun eng maqbul qaror variantini tanlay olish; 
− 
ijtimoiy harakatlarni tashkil etish va buning uchun barcha imkoniyatlarni 
ishga sola bilish; 
− 
faoliyat doirasida boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlarni aniq 
maqsadlarni ko‘zlagan holda va maqsadga muvofiq, maqbul tarzda o‘rnata olish 
imkonini beradigan kommunikativ ko‘nikmalar;
− 
muayyan ma’naviy qadriyatlarga, dunyoqarashga, umummadaniy va 
axloqiy sifatlarga egalik, faoliyatga intilish hissining mavjudligi; 
− 
o‘zining ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga, faoliyatning yangi 
usullarini egallashga intilish. 
Ba’zi 
tadqiqotchilarning 
fikricha, 
kompetentlik tafakkurning ma’lum bir 
turlarini – izlanuvchanlik, tanqidiy fikrlash, 
refleksivlikni hamda muayyan qobiliyatlarni
talab etadi. 
Kompetentlikning muayyan sohaga oid 
bo‘lishi uning o‘ziga xosligi va aniqligini 
belgilaydi. Shu nuqtai nazarga ko‘ra 
kompetentlik har xil turlarga ajratiladi – ijtimoiy va kasbiy, maxsus va individual, 
axborotga oid va kommunikativ, pedagogik va psixologik, ekologik va hokazo. 
Shu bilan birga, tadqiqot muammosi bo‘yicha ishlarning tahlili ko‘rsatishicha, 
kompetentlikning taklif etilayotgan tavsiflari va tipologiyasi kompetentlik 
yondoshuvi bilan bevosita aloqadorlikda o‘rganilmaydi.
A.A. Cheremisina kompetentlikni shaxsning yaxlit sifati deb qaraydi va 
kognitiv (bilim), motivatsion (moyillik) va faoliyat (tajriba)dan iborat, deb 
hisoblaydi. N.G. Vitkovskaya talabalarning axborotga oid kompetentliklarini 
o‘rganar ekan, unda to‘rtta asosiy komponentni ajratib ko‘rsatadi: 
ma’naviy­motivatsion, kognitiv, texnologik va refleksiv.


46 
I.V. Grishinaning fikricha, kompetentlik shaxsning murakkab va ko‘pqirrali 
ta’limi bo‘lib, funksional jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi 
komponentlardan iborat:
a) motivatsion (maqsad va vazifalarga mos keladigan motivlar majmui); 
b) kognitiv (zarur bo‘lgan bilimlar majmui);
v) operatsion (vazifalarni amaliy hal etish ko‘nikmalari va malakalari 
majmui);
g) shaxsiy (muhim shaxsiy sifatlar majmui); 
d) refleksiv (o‘z faoliyatidan ko‘ngli to‘lish, uni baholash, “susaytirish”, yo‘l 
tutish usullarini tanlash). 
L.G.Antropova 
kompetentlikning 
komponentlaridan 
biri 
bo‘lgan 
kommunikativlik quyidagilarni aks ettiradi, deb hisoblaydi: 
- o‘qituvchining pedagogik muloqatning maqsadlari, mohiyati, tuzilmasi, 
vositalari, o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha axborotga egaligini (kommunikativ 
bilimlar);
- mazkur faoliyat texnologiyalarining o‘zlashtirganligini (kommuni-kativ 
ko‘nikma va malakalar);
- pedagogik muloqotning samarador bo‘lishi muhimligini o‘qituvchi 
tomonidan tasarruf etilishini, o‘z pedagogik faoliyatining kommunikativ jihatlarini 
doimiy ravishda takomillashtirib borishga intilish kabi xislatlarni ta’minlaydigan
mutaxassisning 
individual­psixologik 
sifatlarini 
(kommunikativlikka 
yo‘naltirilganlik);
- inson shaxsiga eng asosiy qadriyat deb qarashni (insonparvarlik), pedagogik 
muloqot jarayonida yuzaga keladigan kommunikativ vazifalarni noan’anviy yo‘llar 
bilan, ijodkorona hal eta olishni (kreativlik). 
Shunday qilib, kompetentlikning mazmuni va qaysi fan sohasiga 
tegishliligidan qat’iy nazar, uning tuzilmasini quyidagi tarkibiy qismlarga ajratish 
mumkin: 
− 
kognitiv (fan sohasiga oid bilimlar majmui bo‘lib, ular asosida 
kompetentlik shakllantiriladi); 


47 
− 
faoliyatga oid (amaliy tajriba); 
− 
operatsion­texnologik (vazifalarni amaliy hal etish ko‘nikmalari va 
malakalari majmui); 
− 
shaxsiy (mazkur fan sohasidagi faoliyat uchun muhim bo‘lgan 
individual­psixologik sifatlar va qobiliyatlar majmui); 
− 
ma’naviy­motivatsion (faoliyatning maqsad va vazifalariga mos keladigan 
qadriyatlarga moyillik, motivlar majmui, dunyoqarash); 
refleksiv (faoliyat va uning natijalarining mohiyatini tushunish, baholash, 
oldindan ko‘ra bilish, kreativlik).
Psixologik jihatdan kompetentlik – atrofdagi olamni tushunish mezoni va u 
bilan o‘zaro ta’sirining mutanosibligi sifatida belgilanadi yoki yanada batafsilroq 
ta’riflansa, faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradigan bilim, 
ko‘nikma va malakalar yig‘indisidir yoki insonning atrof­muhitga hamda 
o‘z­o‘ziga ta’sir etish metodlarini egallaganligidir.
Yangi ijtimoiy­ta’limiy g‘oyalar nuqtai­nazaridan ushbu tushuncha yanada 
rivojlana bormoqda. Kompetentlikni rivojlantirish bosqichlaridan birinchisi – 
uning tarkibiy qismlari doirasini sub’ekt kasbiy faoliyati uchun muhim bo‘lgan 
kompetensiyalarning qo‘shimcha sohalarini kiritish hisobiga kengaytirish bilan 
bog‘liq.

Download 26,13 Mb.
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish