57
holda ko‘rsatilsa, “Jim bo‘ling!”, “Bas qiling!”, qo‘l
musht qilib tugilsa, “Qoyil
qildim!” yoki “Qoyil qilaman!” kabi ma’nolarni anglatadi.
Juda qadimdan inson yuz ifodasi va qarashi atrofdagilarga so‘zdan ko‘ra
kuchli ta’sir qilishi aniqlangan. Shu sababli qadimgi Rim va Yunonistonda
notiqlarning nafaqat so‘zdan,
shu bilan birga mimika, pantomimika va jestlar
(gavda, qo‘l va oyoq harakatlari)dan samarali foydalana olishlariga e’tibor
qaratiladi.
Bugungi kunda ham rivojlangan mamlakatlarda
siyosatchilarning yuqorida
qayd etilgan harakatlar bo‘yicha malakalarni o‘zlashtira olishlariga jiddiy e’tibor
qaratiladi.
O‘qituvchi tomonidan mimika, pantomimika va jestlar (gavda, qo‘l va oyoq
harakatlari)dan samarali foydalana olish malakalarini samarali o‘zlashtira
olishi
uning mehnatini qisman yengillashtirish bilan birga, talabalarga ta’sir ko‘rsatishida
muayyan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishiga imkoniyat yaratadi.
Jest (gavda, qo‘l va oyoq harakatlari)
– muayyan hodisa yoki ob’ektga
nisbatan
munosabatning gavda, qo‘l va oyoq
harakatlari yordamida ifodalanishi. Mimika,
pantomimika
va
jestlar
uzatilayotgan
axborotning
hissiy ahamiyatini oshiradi,
uning puxtaroq o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Ko‘zlar ham yuz ifodasini shakllantirishda
muhim ahamiyatga ega. Shu sababli ko‘zlar
yordamida turli ma’nolarni ifodalash malakalarini o‘zlashtira olish ham
mahoratli
pedagog bo‘lish uchun nihoyatda zarur.