53
harakatlarining tashqi belgilarga ko‘ra uning ichki holatini belgilay olish
malakasiga ega bo‘lishi nihoyatda muhimdir.
“Pedagogik texnika” tushunchasi quyidagilarni ifodalaydi:
1) pedagogning o‘z diqqati hamda ta’lim oluvchilar diqqatini maqsadli
boshqarish;
2) pedagogik
faoliyatda jarayonning, ta’lim oluvchilar harakatining sur’atini his
qilish.
O‘qituvchi faoliyatida uning pedagogik texnikaga egaligi quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:
O‘qituvchining pedagogik madaniyatga egaligi, pedagogik
texnika asoslarini
puxta o‘zlashtira olganligi uning yuz ifodasi, erkin, vazmin harakatlari,
gavdani
to‘g‘ri tuta bilishi, yig‘inchoqligi, imo-ishoraning tabiiyligi, ta’lim
oluvchilarga
nisbatan e’tiborida yaqqol aks etadi.
Pedagogik jarayonda o‘qituvchi yuzini o‘rinsiz, qo‘pol tarzida burishtirmasligi,
pala-partishlikka yo‘l qo‘ymasligi, imo-ishoralarning sun’iy bo‘lishidan saqlanishi,
ma’nosiz bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur.
Zero, bularning barchasi o‘qituvchining ta’lim oluvchi oldida hurmat qozona
olmasligiga olib keladi. Yosh o‘qituvchilar pedagogning hatto sinf xonasiga,
auditoriyaga
qanday kirishi, ta’lim oluvchi, talabalarga nazar tashlashi, salomlashishi,
stulni surishi, shaxsiy buyumlari (sumka yoki qog‘oz solingan yig‘majildlarni
qaerga, qanday qo‘yishi, xona bo‘ylab yurishi, yozuv
taxtasidan foydalanishdagi
harakatlari, ta’lim oluvchi, talabalar bilan muloqotda o‘zini qanday tutishi va
Turlari
O‘zini o‘zi hissiy boshqarish
Pantomimika
Mimika
Jest (gavda, qo‘l, oyoq harakatlari)
Nutq
texnikasi