54
b.ham katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega ekanligini yodda tutishlari zarur
Vazmin,
xushmuomala,
o‘ziga ishongan pedagog faoliyatining ilk
bosqichlaridanoq ta’lim oluvchilar mehrini qozona oladi. Buning uchun o‘qituvchi,
eng avvalo, o‘z hissiy holatlarini, tuyg‘ularini boshqara olishi kerak. Pedagogning
ta’lim oluvchilar bilan muloqoti rasmiy xarakterga ega. Qolaversa, u ta’lim
oluvchilar,
ularning ota-onalari, hamkasblari hamda ta’lim muassasasi va yuqori
boshqaruv organlarining nazorati ostida faoliyat yuritadi. Bu esa jismoniy
toliqishni, ruhiy zo‘riqishni, o‘z-o‘ziga nisbatan ishonchsizlikni va tanglikni
keltirib chiqaradi. Natijada o‘qituvchining nutqi qat’iylik
kasb etmaydi, ovozda
nuqsonlar ko‘zga tashlana boshlaydi, oyoq va qo‘llar toliqadi.
Bu kabi salbiy
hodisalarning kelib chiqmasligi uchun o‘qituvchi o‘zini dars boshlanishidan avval
ta’lim jarayoniga ruhan tayyorlashi, bu jarayonda yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan
turli salbiy holatlarga o‘zini psixologik nuqtai nazardan tayyorlashi,
imkon qadar
ruhiy barqarorlikka erishishi talab qilinadi.
O‘qituvchi pedagogik jarayonga o‘zini ruhan tayyorlashda quyidagilarga
e’tibor berishi lozim:
o‘ziga, o‘z imkoniyatlariga ishonish;
xushmuomala bo‘lish va kelajakka ishonch bilan qarash;
o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilish (muskullar zo‘riqishini bartaraf etish,
qomatni rostlash, harakatlarni to‘g‘rilash,
nutqning ravon, aniq bo‘lishiga e’tibor
qaratish va to‘g‘ri nafas olishni o‘zlashtirish);
aqliy va jismoniy mehnatni tashkil etishda o‘zaro uyg‘unlikka erishish,
muayyan davrlarda hordiq chiqarish (mehnat yoki musiqa yordamida dam olish,
badiiy asarlarni o‘qish, yaqinlar, do‘stlar bilan hazil-mutoybani tashkil etish);
pedagogik jarayonning muvaffaqiyatli,
samarali kechishiga o‘zini o‘zi ishontirish;
kasbiy faoliyatni katta ishtiyoq, ko‘tarinki
kayfiyat bilan tashkil etishga intilish;
turli salbiy
ruhiy omillar organizmiga, ruhiy holatiga, xatti-harakatlariga,
ta’lim oluvchilar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan
55
munosabatiga ta’sir etishiga yo‘l qo‘ymaslik;
salbiy ruhiy omillar va jismoniy holatlarni bartaraf etish uchun trening va
avtotreninglardan samarali foydalanish malakasini o‘zlashtirish.
Ruhiy barqarorlikka erishish muayyan shartlar asosida kechadi. Bu o‘rinda
V.A.Suxomlinskiy ruhiy barqarorlikka erishishning asosiy
shartlari quyidagilar
ekanligini ta’kidlaydi:
qosh-qovoqni uyub yurmaslik;
boshqalarning kamchiliklari, nuqsonlarini
oshirib ko‘rsatmaslik;
hazil-mutoyba moyil bo‘lish;
xushmuomala bo‘lish va kelajakka ishonch bilan qarash.
O‘qituvchi tomonidan o‘zlashtiriladigan pedagogik texnika negizida
pantomimika o‘ziga xos o‘rin tutadi.