63
Mazkur jarayonda quyidagi vazifalar bajariladi:
Muloqot jarayonida talaba tomonidan bildirilayotgan fikrlar, uning qarashlari
shaxsni yaqindan o‘rganish uchun imkoniyat yaratadi.
Talaba shaxsini yaqindan
bilish, uning ichki kechinmalari, o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ulari, orzu-umid, maqsad va
hayotiy intilishlaridan xabardor bo‘lish pedagogik jarayonning metodik, ruhiy
jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi. Zero, bu jarayonda pedagogik talaba
shaxsiga xos yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlarni
inobatga olgan holda
faoliyatni tashkil etadi.
Muloqot jarayonidagi axborot almashinuvi talabaning o‘zaro ijtimoiy
jarayonlar, shaxs kamolotining kechishiga doir ma’lumotlar almashishini
ta’minlaydi. Pedagog va talabalar o‘rtasida hamkorlikni qaror toptirish esa har
qanday vaziyatda ham ular o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvi samarali ro‘y
berishini uchun sharoit yaratadi. Bu jarayonda pedagog
talabalarning eng yaqin
maslahatchisi, yo‘lboshchisi va rahbariga aylanadi. Muloqot chog‘ida talabalar
tomonidan o‘z shaxsini, “meni”ni, qadr-qimmatini yetarlicha baholash va o‘z
oldidariga hayotiy maqsadlarni qo‘ygan holda olg‘a intilishlarini ta’minlashga
jiddiy e’tibor qaratish lozim. Muloqot jarayonida axborot almashish vazifasining
hal qilinishi quyidagi vositalar asosida ro‘y beradi:
1)
nutq;
Vazifalar
Shaxsni o‘rganish (bilish)
Axborot almashish
Faoliyatni tashkil etish
Hamdard bo‘lish
4-расм. Педагогик мулоқот жараёнда бажариладиган вазифалар
64
2)
paralingvistik tizim (yun. “pará” – “yaqin”, muloqot tarkibida so‘zli,
g‘oyaviy ma’lumotlarni so‘zsiz vositalar bilan uzatilishi);
3)
ekstralingvistik tizim (ingl. “exterior” – “tashqarida”,
nemischa
“linguistik” – gapirayotgan shaxs tomonidan nutqning bevosita ijtimoiy vazifalar
bilan bog‘liq holda
tashkil etishi – nutqiy tanaffuslar, kulgu, yo‘talish, nafas olish, yig‘lash,
tutilish va b.);
4)
muloqotning tashkiliy ko‘lami va vaqti;
5)
ko‘z qarashlar yordamida tashkil etiladigan aloqa;
6)
belgilarning optik-kinetik tizimi (mimika,
pantomimika, jestlar – qo‘l va
oyoq harakatlari).
Pedagog rahbarligi yoki uning yo‘l-yo‘riqlari, ko‘rsatmalariga asosan o‘quv
mashg‘ulotlari va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda ham muloqot muhim ahamiyat
kasb etadi. Ayni shu vaqtda muloqotning faoliyatni tashkil etish vazifasini
namoyon bo‘ladi. Yaqin-yaqingacha faoliyatni tashkil etishda pedagogning
yetakchiligi, uning bevosita rahbarligi ustuvor omil bo‘lgan bo‘lsa, zamonaviy
sharoitda rollar almashinuvi yetakchi o‘ringa chiqdi. Endilikda
aksariyat hollarda
talabalarning o‘zlari ta’lim va tarbiyaviy jarayonlarni mustaqil uyushtirish
imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Biroq, bu degani, ta’limiy va tarbiyaiy ishlarni tashkil
etish davrida pedagogning o‘rni va roli mutlaqo aks etmaydi, degani emas. Pedagog
bu jarayonda rahbar, yetakchi,
maslahatchi, ekspert sifatida namoyon bo‘ladi va
talabalarni pedagogik jarayonlarni ilmiy-nazariy, tashkiliy-metodik jihatdan to‘g‘ri
uyushtirishga yo‘naltiradi.
Pedagogik muloqotni tashkil etishda, ayniqsa, pedagog yordamiga muhtoj
ta’lim oluvchilarga alohida e’tibor berishi, har bir ta’lim oluvchida turli o‘quv
fanlari asoslarini o‘zlashtirishga nisbatan qiziqtirish usullarini,
hamkorlik va
ijodkorlikka asoslangan mehnatni tashkil etishni oldindan o‘ylab qo‘yishi lozim.
Milliy va jahon ta’limi amaliyoti pedagog, o‘qituvchilar tomonidan tashkil
etilayotgan muloqotni bir necha turga ajratish mumkinligi ko‘rsatadi. Ular
quyidagilarir:
65
O‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida muloqotning muayyan turlariga tayanib ish
ko‘radi.
Qolaversa,
pedagog tomonidan jamoa bilan muloqotni uyushtirish
texnikasini doimiy ravishda tahlil qilib borish maqsadga muvofiqdir. Ma’lum
vaziyatlarda pedagog rahbar sifatida talabalar faoliyatlarini boshqaradi. Bu
jarayonda ham muloqot yetakchi omil hisoblanadi. Biroq, muloqotning
samaradorligi rahbar sifatida namoyon bo‘layotgan pedagog tomonidan qanday
muloqot uslubining tanlanganligi bilan belgilanadi. Odatda,
pedagogning rahbar
sifatidagi muloqot usullari quyidagi uch turga ajratiladi:
Pedagogik muloqot uslublari quyidagi mazmunga ega: