• 6-rasm. Pedagogik muloqot uslublari Turlari
  • 5-rasm. Pedagogik muloqot turlari
  • 2. Demokratik uslub. Unga ko‘ra
  • Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet349/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

    1. Avtoritar uslub. 
    Bunga ko‘ra talabalar tomonidan 
    barcha turdagi faoliyatning tashkil etilishi, mazmuni, 
    shakli, metod va vositalarining barchasi faqat pedagog tomonidan belgilanadi. 
    Turlari 
    Avtoritar
    uslub 
    Demokratik
    uslub 
    Liberal
    uslub 
    6-rasm. Pedagogik muloqot uslublari 
    Turlari
    O‘zaro ijodiy faoliyatga 
    qiziqtiradigan muloqot 
    O‘zaro do‘stona
    munosabatga asoslangan muloqot 
    Muayyan masofani
    saqlagan holda tashkil etiladigan 
    muloqot 
    Qo‘rqitish, tahdid
    qilishga asoslangan muloqot 
    Hazil-mutoyibaga, yumorga
    asoslangan muloqot 
    5-rasm. Pedagogik muloqot turlari


    66 
    Talabalarning har qanday tashabbuslari rag‘batlantirilmaydi, aksincha, buyruq, 
    ko‘rsatma, yo‘llanma berish, shuningdek, jazolash choralarini ko‘rish orqali 
    talabalarga ta’sir etiladi. Hatto talabalarning faoliyatlari ijobiy baholangan vaqtda 
    ham ularga bo‘lgan ta’sir turli kesatiqlar bilan bayon etiladi. Ya’ni: “Sendan ijobiy 
    xatti-harakatni kutmagan edim?!”, “Buni qara-ya, nahotki o‘zgargan bo‘lsang!?”, 
    “Qara-ya, birgina a’lo baho olish bilan o‘zingni yaxshi inson bo‘lib qolgan deb 
    hisoblaysanmi!?” va h.k. mazmundagi rag‘batlar, ular asli ijobiy holatni e’tirof 
    etishga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, talabani yangi yutuqlariga ilhomlantirmaydi. 
    Aksincha, unda ta’lim olishga, ta’lim muassasasiga va pedagoglarga nisbatan 
    sovuqqonlikni yuzaga keltiradi.
    2. Demokratik uslub. 
    Unga ko‘ra
     
    pedagog pedagogik faoliyatni tashkil 
    etishda jamoaning fikriga tayanib ish ko‘radi. O‘quv mashg‘ulotlari va tarbiyaviy 
    ishlarni tashkillashtirishda har bir talabaning 
    fikrini 
    inobatga 
    olishga, 
    ularni 
    umumlashtirgan holda eng samaralisini tanlab 
    olishga intiladi. Muhokamalar chog‘ida barcha 
    talabalarning 
    ishtiroklari 
    ta’minlanadi. 
    Talabalar 
    tomonidan 
    bildirilayotgan 
    tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanadi, mavjud 
    imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bu tashabbuslar amaliyotga tatbiq etiladi. Bu 
    uslubdan foydalanayotgan pedagog zimmasidagi vazifa faqatgina talabalarning 
    faoliyatini nazorat qilish, tuzatishlar kiritishdan iborat emasligini anglab yetadi. 
    Asosiy e’tiborni talabalarning yutuqlarini e’tirof etgan holda yoki ularning xatolarini 
    o‘zlariga anglatgan holda samarali tarbiya chorasini ko‘rishga qaratadi. Har bir 
    talabaning yutug‘i alohida e’tirof etiladiki, bu esa ularni yangi zafarlarga erishishga 
    ruhlantiradi. Ushbu uslubga asoslanib ish ko‘radigan pedagog har bir talabaning 
    qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda bajariladigan ishlarni to‘g‘ri 
    taqsimlashga harakat qiladi, faol talabalarni taqdirlab borishni faoliyatining asosiy 
    yo‘nalishi sifatida belgilaydi. Pedagog talabalar bilan muloqotni o‘rnatishda 
    iltimos, maslahatga tayanib ish ko‘radi. 


    67 

    Download 26,13 Mb.
    1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish